Ziyonet doc


Jamiyatni erkinlashtirishning «o’zbek modeli»



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

Jamiyatni erkinlashtirishning «o’zbek modeli» 
Har qanday jamiyatning ma’naviy qiyofasi ayni ana shu jamiyat tizimi
uning qanday g’oyalarga va maqsadlarga ergashayotgani, qanday tafakkur asosida 
qaror topayotgani bilan bog’liq. O’zbekiston tanlagan yo’l inson manfaatlari to’la 
himoya qilingan, uning haq-huquqlari har tomonlama kafolatlangan fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishdir. Bu, albatta, inson ongi va tafakkurini o’zgartirish 
orqali turmush tarzini yangilash singari qator murakkabliklar, qiyinchiliklar
ziddiyatlarni engib o’tishni taqozo etmoqtsa. Ularni nimalarda ko’rish mumkin? 
Birinchidan, 
eskilik va yangilik o’rtasidagi ziddiyatlar. Eski tuzum illatlari 
yashashni istaydi, o’z o’rnini bo’shatishni xohlamaydi. Yangi tuzum g’oyalari esa 
jamiyatni yangilash zaruratini taqozo etadi va bu zarurat hayot-mamot 
mohiyatiga, har bir fuqaro taqdiriga, ma’naviy va ruhiy ehtiyojiga, asrlar 
mobaynida shakllangan tur-mush tarzi va dunyoqarashiga bog’liq bo’lgan, uni 
har jihatdan himoya qiladigan fikr sifatida maydonga keladi. Bu g’oyaning 
yashashi va turmush tarziga aylanishi ayni ana shu eskilik illatlari bilan 
kurashning naqadar og’ir va hatto iztirobliligi bilan belgilanmoqda. 
Ikkinchidan, 
fuqarolar ongi va dunyoqarashining jamiyatni tubdan 
o’zgartirish va yangi mazmun bilan boyitish uchun unchalik ham tayyor emasligi. 
Zotan, 130 yillik mustamlakachilik davri bizni fikrlamay yashashga majbur etdi. 


116 
Fikriy tanballik, fikriy boqimandalik ko’nikmalarini vujudimizga singdirib 
yubordi. Endi esa aqlni ishlatib, o’z kunimizni o’zimiz ko’rishimiz va shu asosda 
o’z iqtidorimizni, yaratuvchilik qudratimizni namoyon etishimiz kerak. Bu 
osonlik bilan yuzaga chiqadigan hodisa emas. 
Uchinchidan, 
inson ozodligi, hur va erkin yashash tarzi bu shunchaki 
«bersang eyman, bermasang o’laman» qabilidagi turmush tarzi emas. Aksincha
inson ozodligi ozod so’z, ozod fikr, erkin xatti-harakat orqali jamiyat erkinligini, 
jamiyat ozodligini va umuman hurriyat mazmun-mohiyatini anglashdan iborat 
bo’lgan siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy-ruhiy hodisadir. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə