Ziyonet doc


Demokratiyaning yangi davri



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

Demokratiyaning yangi davri 
Mamlakatimizda tub islohotlarni boskgama-bosqich amalga oshirish 
tamoyillarining joriy etilishi avva-liga ayrim muxoliflarimizga unchalik ham xush 
kelmagan edi. Ular buni sustkashlikka, ma’muriy-buyruqbozlik tuzumining 
illatlariga, yangi hokimiyat demokratik o’zga-rishlarga qodir emasligiga 
yo’yishdi. 
Aslini olganda, islohotlarni inqilobiy yo’l bilan amalga oshirish bizning 
hayot va tafakkur tarzimizga butkul zid narsadir. Bunday yo’l tutilganda jamiyatni 
mislsiz fojialarga olib kelishi bugun barchaga ayon. Hissiyot aqldan ustun kelgan 
joyda jamiyat inqirozga yuz tutishini, har qanday islohot esa asta-sekinlik bilan 
odamlar qalbi va ongi orqali amalga oshirilgandagina yuksak madaniy va 
ma’naviy mazmun kasb etishini muxoliflar tushunishmas yoki tushuna turib, 
boshqacha maqsadlarni ko’zda tutishar edi. 
Oradan birmuncha vaqg o’tgach, avvalo iqgisodiy islohotlarning dastlabki 
samaralari ko’zga tashlana boshladi. Bu davlat mulkini xususiylashtirihtsan tortib, 
pul va bank-kredit tizimini butunlay yangi izga solish, xorijiy sarmoyalarni jalb 
etish, ishlab chiqarishni tubdan o’zgartirish, sanoatni yangi, ilgor zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlashgacha bo’lgan va boshqa jihatlarni qamrab olgan 
islohotlarni o’zida mujassam etadi. Ayni ana shu yangilanish jarayonida «o’zbek 
modeli» vujudga keldi. 
Xo’sh, O’zbekistonning tub islohotlardagi o’z taraqqiyot yo’li faqat 
shulardan iboratmi? 
Bugun ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida butunlay yangicha 
munosabatlar qaror topdi. Jamiyat taraqqiyotining aholi ma’navay-ruhiy, siyosiy- 
madaniy qarashlaridan kelib chiqqan o’ziga xos yondashish usuli shakllana 
boshladi. Jumladan, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda ham muxim 
bosqich, yangi davr boshlandi. 
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq Prezidentimiz huquqiy demokratik 
davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish masalasini dolzarb 


119 
vazifa qilib o’rtaga tashladi. Ayni ana shu tamoyillar asosida jahon davlatchiligi 
eng ilg’or tajribalariga mos keladigan, dunyo tan oladigan, inson huquqlari har 
jihatdan kafolatlanadigan jamiyat barpo etish ko’zda tutilgan edi. 
Ma’lumki, XX asr 90-yillarining boshlarida mamlakat mustamlaka 
tuzumdan meros bo’lmish og’ir ijtimoiy, iqgisodiy bo’xtonlar girdobida qolgan, 
demokratiya «o’yin»lari avj olgan, aholining ayrim guruxlarida extiroslar 
junbushga kelgan bir payt edi. Biz bu xususda kitobimizning avvalgi 
sahifalarida imkon doirasida to’xtalib o’tdik. Ana shu og’ir vaziyatdan eson- 
omon chiqib olish, Prezident iborasi bilan aytganda «hech qanday larzalarsiz», qon 
to’kmasdan, mamlakatda barqarorlikni saqlab turgan holda asta-sekinlik bilan 
hayotni izga solish yo’li tanlab olindi va qatiyat bilan amalga oshirildi. «Yangi uy 
qurmay turib, eskisini buzmaslik» singari hayot sinovidan o’ggan tajribalar 
yo’lidan borildi. Bu g’oya islohotlarning hamma sohalariga – huquqiy, siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatlariga tegishli edi. Unda siyosatning 
insonparvarlik mazmuni, har bir fuqaro, har bir tirik jon hayotining daxlsizligini 
ta’minlashga mas’ullik, butun mamlakat tinchligi va osoyishtaligi uchun 
javobgarlik hissi mujassamlashgan edi. 
Islom Karimov o’sha paytdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning 
borishi xususida fikr yuritar ekan, jumladan, shunday degan edi: «Dastlabki 
kezlarda O’zbekistonni sustkashlik va konservatizmda ayblashardi. Ammo 
O’zbekiston bugungi kunga kelib, bozor o’zgartishlarining teranligi, ijtimoiy 
yangilanishning sur’atlari va taraqqiyoti yuzasidan sobiq sovet hududidagi aniq 
dasturga ega bo’lmay turib, asossiz va mulohazasiz islohotlar jarayonini 
tezlashtirishga uringan, besabrlik qilgan, soxta obro’ga intilgan ko’pgina 
respublikalardan oldinlab ketdi. 
Ming afsuski, ana shu yuzaki urinishlarning hammasi pirovard natijada 
islohotlarning o’zini ma’lum darajada obro’sizlantirdi. Ularga ortiqcha siyosiy tus 
berdi. Jamiyatdagi ichki qarama-qarshilikni kuchaytirdi. Bu bor va undan hech 
qayoqqa qochib qutulib bo’lmaydi». 
Mana, oradan yillar o’tib, toshqinlar tindi, atay loyqalatilgan suvlar 
tiniqlashdi, bulutlar tarqaldi. Haqiqiy hayot manzarasi aniq-ravshan ko’zga 
tashlandi: siyosatning o’tkinchi hissiyot va tuyg’ulardan xoli bo’lgan, aql-idrok 
va tajribaga tayangan amaliy qiyofasi namoyon bo’ldi. Aytish mumkinki, shu 
holning o’ziyoq yangilikni evolyutsion yo’l bilan amalda joriy qilishning, qatiy 
intizomga tayangan demokratiyaning ma’naviy qiyofasi edi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq birinchi 
sessiyasida (1995 yil 23 fevral) Islom Karimov tomonidan demokratiya haqidagi 
ilmiy-nazariy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan amaliy xulosalar o’rtaga tashlandi. 
Davlat siyosatining demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishga doir strategiyasi 
ishlab chiqildi. 
Bugunga kelib hammamizning demokratiya haqidagi tasavvurlarimiz 
birmuncha kengaydi. U hayotimizning muhim va ajralmas qismi
ma’naviyatimizning ko’zgusi ekanligini tushundik. Hurriyat shunchaki so’zbozlik 
va tadbirbozlik, guruhbozlik yoki ko’cha-ko’yda ayyuhannos solib qichqirish emas, 
ta’bir joiz bo’lsa, haqiqiy demokratiya – qonunlar diktaturasi! 


120 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avgustda bo’lib 
o’tgan VI sessiyasi ijtimoiy hayotimizda demokratik o’zgarishlarning yangi 
davrini boshlab berdi va bu jarayonlarni chuqurlashtirish tamoyillarini yangi 
bosqichga ko’tardi. Buni nimalarda ko’rish mumkin? 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə