Ziyonet doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

To’rtinchidan, 
demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish sharoitida 
fuqarolarni ayni demokratik jarayonlarning faol ishtirokchisi, uning faol 
himoyachisi sifatida tayyorlash. Bu o’ta murakkab, vaqt talab etadigan hodisa. 
Chunki mustamlakachilik davri illatlaridan qutulish azobini, fikrlab yashash, aql- 
idrok yo’rig’i bilan kun ko’rish mashaqqatini engish uchun insonda ichki iroda, 
ma’naviy qudrat kerak. Ana shu iroda va qudratni uyg’otish, shakllantirish, unga 
quvvat baxsh etish oson ish emas. 
O’zbekiston fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lini tanlagan ekan, ana shu 
inson ongi va qalbi bilan bog’liq bo’lgan, uni isloh qilish, tirik, mavjud insonni 
«yangi»lash, ma’naviy-ruhiy «ta’mirlash» kabi sermashaqqat yo’ldan bordi. Bu har 
qanday davlatdan juda katta siyosiy qudrat, siyosiy madaniyat va siyosiy iroda 
talab etadigan buyuk hodisadir. 
Prezident Islom Karimov jamiyatni erkinlashtirish, mamlakatni 
modernizatsiyalash haqida gapirar ekan, Konstitutsiya qabul qilingan kunning 13 
yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishdagi ma’ruzasida uchta muhim tamoyilni 
o’rataga tashladi: 
«Birinchidan, 
barchamiz hayotimizda hanuzgacha uchrab 
kelayotgan loqaydlik va beparvolik asoratlaridan butunlay xalos bo’lishimiz zarur. 
Ikkinchidan, 
mamlakatimiz va uning atrofida sodir bo’layotgan voqea- 
hodisalarga doimiy daxldorlik hissi bilan yashashimiz darkor. 
Toki shu yurtda yashaydigan har qaysi inson ana shu murakkab ijtimoiy 
jarayonlardan har tomonlama xabardor bo’lib, ularga nisbatan o’z fikri va 
munosabatiga ega bo’lsin, nima haqiqatu, nima bo’xton va uydirma ekanini 
anglab eta olsin. 
Uchinchidan, 
har bir fuqaro o’zining, oilasining taqdiri va ertangi kuni 
uchun rivojlanish yo’limizda 
FOB 
bo’lib turgan to’siqlarga qarshi qat’iy kurash 
olib bori-shi kerak». 
Siyosiy madaniyat, siyosiy ong va tushunchalar darajasi jamiyat hayotida 
inson ishtirokining qandayligini belgilaydi. Zotan, siyosiy madaniyat va siyosiy 
ong yuksak bo’lgan joyda odamlar hokimiyat ishida faolroq ishtirok etishadi. 
Qarorlar qanday qabul qilinishi, uning ijrosi qanday nazorat qilinayotganligini 
kuzatib borishadi, munosabat bildirishadi. O’z hayotlariga daxldor bo’lgan 
ma’muriy tadbirlarga befarq qarashmaydi. Aksincha, ularni tayyorlashda ishtirok 
etishadi, natijada qarorlar ijrosi uchun o’zlari manfaatdor sifatida mas’uliyatni 
his qilishadi. 
Prezident Islom Karimov aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, 
jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o’rtasida muvozanatni 


117 
ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor 
beradi. Bu mexanizm eng avvalo jamiyatni erkinlashtirish orqali odamlarning 
saylovlarga munosabatini o’zgartirishni, yaqin o’tmishimizda dunyoqarashimizda 
o’rnashib qolgan soxta saylovbozlik va siyosiy o’yinlardan voz kechishni taqozo 
etadi. Odamlar o’z manfaatlarini va maqsadlarini amalga oshirish, haq-huquqlarini 
ximoya qilish uchun saylovlarda ishtirok etish zarurligini anglamog’i lozim. 
Saylash va saylanish huquqi ayni har bir fuqaro siyosiy faolligini, jamiyat 
taraqqiyotiga daxldorligi-ni belgilovchi omil sifatida o’zini ko’rsatmog’i darkor. 
O’zbekistonda saylovlar o’tkazishning demokratik tamoyillari mavjud. Bu 
tamoyillar jahon saylov o’tkazish tajribalari asosvda dunyoga keldi va 
shakllanmoqda. Fuqarolar esa uni to’la-to’kis qo’llab-quvvatlamoqtsa. 
Inson haq-huquqlarini himoya qilish, uning ehtiyojlarini qondirishda davlat 
qurilishi, boshqaruv tizimi va jamiyatni erkinlashtirish aloxida ahamiyatga ega. 
Bunday siyosat xalq taqdirini, turmushi va kelajagini kafolatlagan, uning yashash 
erki va butun ozodligini ta’minlagan bo’ladi. Zotan, uning zamirida sof 
umuminsoniy qadriyatlar va shaxs barkamol turmush tarzining to’la kafolati 
mavjuddir. 
Taniqli davlat va siyosat arbobi Cherchill demokratiya «hokimiyat 
boshqaruvining eng yaroqsiz shakli, lekin insoniyat hozircha undan maqbulroq 
shaklini topa olganicha yo’q», deb aytgan edi. 
Siyosatshunoslarning ayrimlari buni paradoks sifatida tushunishadi. Biroq, 
demokratiyaning bunday – Cherchillcha talqinining ham mantig’i bor. 
Xalqimizda «qars ikki qo’ldan chiqadi» degan naql bor. Yoki odatda ikki va 
undan ko’p g’oyalar mavjud joydagina o’zaro kurash, fikrlar xilma-xilligi va 
qarama-qarshiligi yuz beradi. Deylik, er yuzidan sotsialazmning emirilishi bilan 
kapitalizm o’z qiymatini yo’qotdi. U umrini o’tab bo’lgan eski mafkuraga 
aylanib qoldi. Ikki qarama-qarshi tomonning biri yo’qolsa, ikkinchi tomon o’z 
muvozanatini yo’qotishi tabiiy hodisa. Ana shu mantiqan kelib chiqib ham aytish 
mumkinki, hozir hech qanday «izm»larning qiymati qolmadi. 
Xo’sh, totalitarizm ham, diktatura ham butunlay barbod etilgach, inson 
ozodligi va yashash erki to’la ta’min etilgach, u qonunlar bilan kafolatlangach, 
demokratiyaga extiyoj qoladimi? Demokratiya bunday sharoitda odamlarning ham, 
jamiyatning ham qon-qoniga singib ketgan bo’ladiku. Ana shu xulosalardan kelib 
chiqib aytish mumkinki, demokratiya bu – umuminsoniy qadriyatlar tantanasining 
ostonasidir! 
Agar yaponlardan «Nimaga sizlarda demokratiya haqida munozaralar yo’q» 
deb so’rasangiz, ular «Biz normal yashayapmiz. Bu demokratiya emasmi?» – 
deyishadi. Chunki ular uchun demokratiya kundalak hayotning oddiy xususiyatiga 
aylanib qolgan. 
AQShda esa demokratiya milliy, an’anaviy ramzga aylangan. Bu haqdagi 
munozaralar tor ilmiy doiralardagina dunyoning boshqa mintaqalari bilan qiyosiy 
tarzda o’rganiladi, xolos. 
Shunday hayotiy haqiqat borki, faqat toza havoga muhtoj odamgina 
toza havo etishmasligini muammo qilib ko’taradi. Olamga jar soladi. O’ziga 
o’xshagan odamlar orasidagina munozaralar, asabiy tortishuvlar avj oladi. Unga 


118 
etishgach, kishini hayratga soluvchi osoyishtalik paydo bo’ladi va u kundalik 
turmushning oddiy holatiga aylanib qoladi. 
Eskicha fikr yuritish, eskicha tafakkur tarzi hamma vaqg yangilikning 
yo’lini to’sadi, unga g’ov bo’ladi. Prezident Islom Karimov «Eski sarqitlardan 
judo bo’lish dunyoqarashlar, psixologiyalar, turli da’volar o’rtasidagi ko’zga 
ko’rinmaydigan, lekin tinkani quritadigan kurashlar bilan birga bormoqda. 
Hayotning o’zi ana shu dunyoqarashlar, psixologiyalar, da’volar orasidan o’tishga 
majbur qilmoqda», – deydi. Darhaqiqat, bugun O’zbekiston ana shunday 
murakkab, ziddiyatli bir davrni kechirmoqda. Bu kurashlar qanchalik qiyin 
bo’lmasin, eskicha tafakkurni sindirish, yangilikni qabul qilish qanchalik 
mashaqqatli bo’lmasin, ayni paytda u millionlab kishilarni o’ziga ergashtirib 
olmoqda. Kelajakka qatiy ishonch bilan qaralmoqda. 
Jamiyatni bir holatdan ikkinchi holatga o’tkazishdek tub islohotlar hech 
qachon oson kechmagan. Ana shunday tarixiy jarayonlarda O’zbekistonda 
demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish va jahon tajribasini boyitishda yangi 
«o’zbek modeli» vujudga kelmoqda. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə