Ziyonet doc


Demokratiya haqida mulohazalar



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

Demokratiya haqida mulohazalar. 
Milliy istiqlol bilan bog’liq bo’lgan butunlay yangi tarixiy-ijtimoiy voqelik, 
demokratiya deganda domlalarimiz uqtirgan, falsafa fanida aniq mazmunga ega 
bo’lgan «xalq hokimiyati» degan ancha sodda va yuzaki tushuncha mohiyatini 
xiyla chuqurlashtirdi. Darhaqiqat, bungacha uning asl mazmuni, jamiyat 
taraqqiyotida tutgan o’rni, inson haq-huquqlarini belgilashdagi vazifasi xususida 
ko’p ham o’ylamaganmiz. Chunki bizda bunday sharoit ham, zarurat ham yo’q 
edi. 
«Qizil imperiya» demokratiyani o’zicha tushundi va bizni ham o’z 
tushunchasi doirasida tarbiyaladi. Qarashlarimiz uning ta’sirida shakllandi. 
Ongimiz va tafakkurimizga inson manfaatlariga, uning yashash huquqiga zid 
bo’lgan g’oyalar singdirildi. Inson o’ylamaslik, fikrsizlik qobig’ida qolib 
ketaverdi. 
Demokratiya – kishilik tarixida insonning ongli hayoti boshlangan 
davrdan boshlab, uning erk-irodasini, xohish-istagini belgilaydigan mezon bo’lib 
kelmoqda. Albatta, bu borada kishilik jamiyati shakllanish davridan tortib to 
tsivilizatsiyalashgan turmush tarzi, har jihatdan chuqur ildiz otgan davlatchilik va 
shu asosda ma’lum tartib-qoidaga kirib qolgan aniq yo’nalishlar o’rtasida katta 
farq bor. Chunki asrlar mobaynida odamlar dunyoqarashi o’zgarib, talab- 
extiyojlari oshdi. Hayotga munosabatlari yangicha tus oldi. U har bir davrning 
o’ziga xos mahsuli sifatida yangidan-yangi shaklga kira boshladi. 
Demokratiya bevosita jamiyat taraqqiyoti, uning siyosiy, huquqiy, 
ma’naviy va boshqa jihatlari bilan birga ana shu jamiyatni tashkil etgan aholi 
umumiy dunyoqarashini o’zida mujassam etadi. Boshqacha qilib aytganda, 
aholining turmush tarzi, an’analari va urf-odatlari asosida shakllangan ma’naviy-
ruhiy olami jamiyatda qaror topadigan demokratik jarayonlar mazmunini 
belgilaydi. Aks hodda, demokratiya davlat mafkurasi asosida qurilsa, uning o’z 
manfaatlariga mos keladigan siyosatiga xizmat qiladi. Agar demokratiya siyosiy 
«o’yin»lar holatiga kirsa, mamlakatda parokandalik, anarxiya vujudga keladi. 
Zero, har qanday davlat o’z huquqiy asosiga, siyosiy rejimiga boshqaruvdagi aniq 
tamoyillariga ega bo’lmasa, fuqarolar esa o’z haq-huquqlarini ximoya qilish bilan 
birga jamiyat va davlat oldidagi, o’z mamlakati istiqboli yo’lidagi vazifalari va 
burchlarini to’la anglab olmagan taqdirda demokratiya o’zining tom ma’nodagi 
mazmuniga va jahon tajribasida tan olingan mohiyatiga ega bo’la olmaydi. 


112 
Jahon davlatchiligi tarixi turli davrlarda turlicha davlat tizimlarini va 
boshqaruv yo’nalishlarini ko’rgan. Demak, inson va jamiyat, davlat va fuqaro 
o’rtasidagi munosabatlar turli davrlarda turlicha tus olgan. Ana shundan kelib 
chiqib er sharining turli mintaqalarida xalqlar dunyoqarashi, turmush tarzi, 
an’analari va urf-odatlari asosida turlicha siyosiy rejimlar, tartib-qoidalar va 
rusumlar dunyoga kelgan. 
Jahon davlatchiligi tajribalari tobora boyib, xalqning o’zligini anglash 
jarayoni tobora tezlashib borgani sayin demokratiyaning shakli, mazmuni va 
uning jahon taraqqiyotida tutgan o’rni xususidagi munozaralar avj oddi. Ayniqsa XX 
asr kishilik tarixida keskin burilish yasadi. Er kurrasida ikki qarama-qarshi 
ijtimoiy-siyosiy tuzumning paydo bo’lishi dunyo davlatchiligi tajribasida va 
jahon xalqlari tafakkurida turlicha bir-biriga zid bo’lgan g’oyalarni keltirib 
chiqardi. Ana shu g’oyalar, tabiiy ravishda, o’zlari hukmron bo’lgan hududda 
odamlar ongini o’zgartirib yubordi. Aniqrog’i, ular tafakkuriga singib ketdi. Ikki 
lager o’rtasidagi bunday siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va mafkuraviy raqobat 
kuchayib, bir-birini maxv etishga urinishlar inson huquqlarini ma’lum bir tartibga 
solib turish, uni himoya qilish maqsadiga yo’naltirilgan bir qator xalqaro 
tashkilotlarning paydo bo’lishiga ehtiyoj tug’dirdi. 
Totalitar tuzumda inson huquqlarining cheklanganligi, mafkuraviy 
yakkahokimlik jamiyat ma’naviy taraqqiyotini cheklab qo’ydi. Bu–birinchidan. 
Ikkinchidan, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida ozodlik uchun kurash, milliy 
davlatchilikka zamin yaratish va shu asosda inson huquqlarini himoya qilish, har 
tomonlama barkamol demokratik jamiyatni vujudga keltirishga intilish kuchaydi. 
Natijada ana shu qit’alarda milliy ozodlik harakatlari avj oldi. Bu harakatlar 
zamirida insoniyatning azaliy orzu-umidi–ozodlik va hurriyatga erishish, erkin 
yashash ehtiyoji yotardi. 
Qadim Sharqda azaldan huquqiy demokratik davlatchilik va fuqarolik 
jamiyatining turli elementlari mavjud edi. Bunga uzoq o’tmishimizdan 
qoraxoniylar, Xorazmshoh, temuriylar va boshqa qator sulolalar davlatchiligini 
misol keltirish mumkin. Bu davrlar haqiqat va adolat g’oyasi nihoyatda baland 
ko’tarilgani va butun mamlakatda aniq tartib-intizom o’rnatilgani natijasida inson 
hayoti, aholi turmushi kafolatlanganligi bilan alohida ajralib turadi. Agar ana shu 
davrlarda so’z va fikr erkinligi, g’oyalar xilma-xilligi mavjud bo’lmaganda edi, 
bu qadimiy makonda fan, madaniyat va ma’naviyat rivojlanmagan, jahon 
taraqqiyotiga bu darajada kuchli ta’sir ko’rsatmagan bo’lur edi. 
Sharq uyg’onish davri va keskin yuksalish paytlarida dunyoviy ilmlar bilan 
islom madaniyati nazariyasi va falsafasi uyg’un holda taraqqiy topdi. Uning 
natijasida vujudga kelgan ma’naviy-axloqiy an’analar turmush tarzimizga aylanib 
qoldi. Aks holda islom dinining buyuk namoyandalari, ulamo va fuzalolarining 
dunyo tan olgan asosiy ko’pchiligi qadimiy Turon zaminida etishib chiqmas edi. 
Bu bizga «din – af’yundir» deb o’rgatib kelgan, bizni xudosizlikka, imonsizlikka 
va e’tiqodsizlikka da’vat etgan, jaholat yo’lini tutgan yolg’on mafkuraning 
yolgon umridan darak berganidek, islom dini va Sharq turmushi falsafasining 
abadiyatini, haqiqati va qadriyatlarining boqiyligini ham ko’rsatadi. Soxibqiron 
Amir Temurning birgina «Kuch – adolatda» degan shiorida huquqiy demokratik 


113 
davlatning ham, fuqarolik jamiyatining ham ayrim belgilari, insonning yashash 
huquqi, uning barcha erkinliklari ham mujassam bo’lgan. Ayni paytda xuddi ana 
shular hozirgi zamon demokratik harakatlar ilg’or tajribalarining o’q ildizini, 
bosh yo’nalishini tashkil etadi. 
Albatta bu ancha-muncha munozarali masala. Mamlakatimizda yangi 
tarixiy sharoitlarda yangicha davlatchilik qaror topayotgan bir paytda 
demokratiya, fuqarolik jamiyati, aholi va jamiyat, fuqaro va davlat o’rtasidagi 
munosabatlar turli soha mutaxassislari o’rtasida turlicha talqin etilmoqda. Biroq har 
qanday xulosalardan qat’i nazar, shu narsa aniqki, qadimiy Sharq davlatchiligida 
inson erki, haq-huquqlari ko’p jihatdan himoya qilingan hamda o’z davriniig 
talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, inson ozodligi va xatti-harakatlari erkinligi 
ta’min etilgan edi. Bu ayni demokratik jamiyatning muhim va asosiy belgilaridan 
hisoblanadi. 
Endi biz butunlay yangi tarixiy sharoitlarda yashayapmiz. Jahon demokratik 
jarayonlari tobora chuqurlashgan, uning imkoniyatlari ancha kengaygan, 
odamlarning onglilik darajasi birmuncha oshgan bir paytda yashayapmiz. Jahon 
voqealaridan va ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridan xabardor bo’lish va bu 
jarayonlarning mamlakatlararo, mintaqalararo va qit’alararo ta’siri tobora 
kuchayib borayotgan bir sharoitda kun kechiryapmiz. Bularning barchasi inson 
ongi, tafakkuri va qalbini hech qachon chetlab o’tmaydi. Endi demokratiyaning 
shunchaki oddiy «erkinlik», «hurriyat», «ozodlik» degan tushunchalari va ayni 
paytda «xalq hokimiyati» degan mazmuni ham birmuncha o’zgarmoqda. 
Odamlar ongi va tafakkuri kengaygani sayin, ularning demokratiyaga 
munosabatlari ham o’zgarmoqda. Ayni paytda demokratiya imkoniyatlari tobora 
kengayib, miqyosi oshib bormokda. 
Bizning yaqin o’tmishimizda «qizil imperiya» demokratik harakatlar 
tamoyillariga mos keladigan inson erki va yashash huquqini ancha-muncha 
chegaralab qo’ygan edi. G’oyatda zo’ravonlikka tayangan siyosat tabiatan 
ozodlikni yoqtirmas va tom ma’nodagi demokratiyani tan olmas edi. Amerikalik 
siyosatchi Diana Revich ta’biri bilan aytganda, «Totalitar siyosiy tuzumlar 
sustlik va loqaydlik kayfiyatini rivojlantiradi. Tuzum itoatkor va labbaygo’y 
fuqarolarni shakllantirishga intiladi. Bundan farqli o’laroq, demokratik 
jamiyatning fuqarolik madaniyati aloxida shaxslar va guruhlarning erkin 
ravishda ixtiyor etgan faoliyati tufayli shakllanadi. U mushtarak manfaatlar 
zamirida birlashgan guruhlarni boshqalar bilan muzokaralar olib borish, kelishuvga 
erishish va konstitutsion tizim doirasida ish olib borishga o’rgatadi. Ittifoq tuzish 
sari intilar ekan, o’zaro farqlar mavjud guruxlar tinch yo’l bilan munozara olib 
borish, o’z maqsadlariga demokratik yo’l bilan erishish va pirovardida xilma- 
xilliklar mavjud dunyoda qay tariqa yashash kerakligini o’rganadilar». 
Demokratiya bir yo’la qurilgan bino yoki doimiy bir xil tarzda o’zgarmay 
turadigan buyum emas. Balki, u doimiy harakatdagi jonli hodisadir. Ayni paytda u 
jamiyat taraqqiyoti va mavjud siyosiy rejim ta’sirida o’zini o’zi to’ldirib, boyitib, 
yangi tarixiy sharoitlarda yangicha mazmun kasb etib boruvchi voqeliqdir. 
Muxtasar qilib aytganda, demokratiya tajribaga asoslangan va doimiy 


114 
mazmunan boyib, shaklan barkamollashib, mohiyatan chuqurlashib boradigan 
uzluksiz harakatdagi faoliyatdir. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə