Ziyonet doc


Iqtisodiy sohada tarkibiy o’zgarishlar



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

Iqtisodiy sohada tarkibiy o’zgarishlar 
Istiqlol davrida iqgisodiy infratuzilmalar tarkibi tubdan o’zgartirilib, 
mamlakatning ichki ehtiyojlari hamda tashqi integratsiyalashuv maqsadlari 
asosida-gi yaxlit ishlab chiqarish kompleksi vujudga keltirildi. Tarqoq, uzuq- 
yuluq, sobiq ittifoq manfaatlarini ifodalovchi ishlab chiqarish korxonalari 
faoliyatlarini qayta qurish, yangilarini barpo etish asosida mustaqil davlatning 
yagona ishlab chiqarish tizimi barpo etildi. Boshqacha qilib aytganda, mamlakatda 
sobiq ittifoq manfaatlariga yo’naltirilgan koordinatsiyaga barham berilib, ichki va 
teng huquqli, foydali hamkorlik asosidagi xalqaro koordinatsiyalashuv jarayoni 
vujudga keltirildi. Shunday qilib, O’zbekiston mustaqillikka erishgach, uning 
iqgisodini chetdan turib boshqarishga chek qo’yilib, ichki imkoniyatlardan kelib 
chiqib boshqariladigan yagona, mustahkam asoslarga ega tizim yaratildi. Ayni 
paytda jahon iqtisodiy tizimining muhim bo’g’iniga aylana borib, O’zbekiston 


107 
xalqaro iqtisodiy koordinatsiyalashuv jarayoniga faol kirishdi. Uning uzviy va 
ishonchli bo’g’ini, keng imkoniyatli sub’ektiga aylandi. 
Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hammabop tavsiyalari, tayyor 
avdozalari bo’lmaydi. Ayniqsa, madaniy, ma’rifiy, tarixiy tajribalari asrlar 
mobaynida shakllangan, mustahkam va barqaror an’analar mamlakati hisoblangan 
O’zbekistonday qadimiy makonda o’ziga xos va o’ziga mos yo’l tanlanganligi 
istiqbolni donishmandlarga xos bashorat qilishning yorqin namunasi edi. Zero, shu 
nuqtai nazardan Prezident Islom Karimovning «mustaqil O’zbekiston tug’ilgan 
kuniyoq oyoqqa turishga, o’zi yurishga majbur edi», – deyishida chuqur mantiqiy 
asos bor edi. 
Binobarin, istiqlol yo’li taraqqiyot 
tamoyillarini ishlab 
chiqish 
jarayonlarida Islom Karimov sobiq sovet tuzumidan meros qolgan tajribalarni, 
mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni chuqur tahlil qilib, «soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va 
kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion yo’l bilan normal, madaniyatli 
taraqqiyotga o’tish – tanlab olingan yo’lning asosiy mazmun va mohiyatidir», – 
degan xulosaga keladi. 
Ayni chog’da Prezident Islom Karimov «O’zbekiston o’zi uchun tanlab olgan 
yo’l ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va 
xususiyatlariga eng ko’p darajada mos keladigan bozor iqgisodiyotini 
shakllantirishga qaratilgandir. Ayni mana shunday yo’l O’zbekiston xalqining 
munosib turmushini, uning huquqpari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy 
an’analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma’naviy, 
axloqiy kamol topishini ta’minlashi mumkin», – deb qatiy ko’rsatib bergan edi. 
Prezident Islom Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish 
jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O’zbekistonda milliy davlat qurilishi va 
iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o’zagi sifatida quyidagi beshta asosiy 
qoidani o’rtaga tashladi: 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə