106
kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakatimizni ozod va obod jamiyatga
aylantiruvchi, vatan ravnaqini ma’naviy ta’minlab beruvchi milliy istiqlol goyasi
shakllandi.
Milliy istiqlol mohiyati va mustaqillik g’oyalarini anglashda tarixiy shaxslar,
buyuk allomalar va sarkardalar, xususan, Ahmad Farg’oniy,
Burhoniddin
Marg’inoniy, At-Termiziy, Imom Buxoriy, Al-Moturidiy, Jaloliddin Manguberdi,
Amir Temur, Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ulug’
ajdodlarimiz
haqidagi tarixiy haqiqatning ro’yobga chiqishi katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning «yangi jamiyat qurishda
ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot va ta’lim-tarbiyaning roli oshirildi. Bu sohani tubdan
isloh qilish va yangilash jarayonlari izchil amalga oshirilmoqtsa.
Mustaqil O’zbekiston jahon hamjamiyatining teng hukuqpi va faol
sub’ektiga aylandi. U Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligida o’ziga xos va o’ziga mos
o’ringa ega bo’lib, mintaqa taraqqiyotida muxim rol o’ynay boshladi. Markaziy
Osiyo davlatlari bilan o’zaro hamkorlik va qardoshlik
munosabatlarini yanada
rivojlantirishning strategik yo’nalishlari ishlab chiqildi.
Bunday keng ko’lamdagi o’zgarishlar va yangilanishlar jarayoni chuqur
asoslangan ilmiy-nazariy taxlilni, nazariy umumlashmalar, xulosalar chiqarishni,
amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni ijtimoiy-gumanitar fanlar oldiga dolzarb
muammo sifatida qo’ymoqda.
Darhaqiqat, yalpi o’zgarishlar jarayonlarining pirovard
natijasida ijtimoiy
ong mazmunida o’zgarishlar yuz bera boshladi. Odamlar tafakkurida, fe’l-atvorida, sa’y-
harakatlarida yangi qadriyatlar qaror topdi. Hayotga munosabatlar tizimi o’zgardi.
O’zbek mentaliteti, milliy xarakter mazmunida yangi jihatlar tarkib topa boshladi. Bu
bevosita siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohada tub yangilanishlarga,
o’zgarishlarga ma’naviy asos bo’lib xizmat qildi.
Mamlakatda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini
shakllantirishning o’zbekona tamoyillari vujudga keddi. Siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy tarixi, qadimiy madaniyat tiklana boshlandi. Xalqning azaliy urf-odatlari,
ma’naviy qadriyatlari uning o’ziga qaytarildi. Dinga
munosabat ijobiy tomonga
o’zgardi.
Dostları ilə paylaş: