53
Beruniyning ushbu asari o’z davrining mutlaq yagona voqeligi emas edi.
Chunki bu paytda podsholiklar va payg’ambarlar hayotiga bag’ishlangan turli-
tuman xotiralar, afsonalar va rivoyatlarga asoslangan ma’naviy-ma’rifiy asarlar,
sayohatnomalar, badialar ko’pdan-ko’p yozilgan edi. Beruniyning daholik
qudrati shundaki, u o’zigacha yaratilgan va mavjud bo’lgan manba hamda
adabiyotlarning eng asosiylarini mumkin qadar chuqur o’rganib, ularning har
biriga
munosib baho berib, eng asosli xu-losalarni ilgari surdi. Bu xulosalar
hozirga qadar ilmiy yangiligi, dolzarbligi, nazariy asoslanganligi, muhim
kontseptual ahamiyatga egaligi va ulkan ijtimoiy mohiyat kasb etganligi bilan
alohida qadrli.
Tarixni o’rganar ekan, insoniyat kelib chiqishi va uning rivojlanish
dinamikasini tahlil qilar ekan, Beruniy haqiqatga ishonmovchi kishilar bilan
munozara qilib, ularni skeptitsizmda ayblaydi va bular «qatiy
hujjatlarni qabul
etishda xuddi sherdan qo’rqib qochgan eshaklardek qochadilar», – deydi.
Sharq tarix falsafasining o’ziga xosligi shundaki, unda turli davrlarda hukm
surgan podsholiklar va ularning sulolalari tarixiy davr sifatida qabul qilinadi va
ana shu davrda yuz bergan barcha voqealar, ma’naviy-axloqiy mezonlar,
madaniy va ijtimoiy taraqqiyot bevosita ana shu podsholiklar va ularning
sulolalari yurgizgan siyosat asosida o’rganiladi.
Beruniy ham ana shu tartibotdan unumli foydalangan. U o’zining «Osor al-
boqiya» deb nomlangan asarida turli davrlarda hukm surgan podsholiklar va
sulolalarning ko’pdan-ko’p jadvallarini kiritgan: Makedoniyalik batlimuslar
(ptolemeylar), rum, xristian, qadimgi Eron, sosoniylar sulolasi podshoxlari, arab
xalifalari (ummaviylar va abbosiylar) kabilarning o’z
davriga xos shajaraviy-
tarixiy jadvalini yaratdi. Ular o’ta aniq va ishonchli manbalardan olingan bo’lib,
podshohlarning hukmronlik qilgan davrlari deyarli to’g’ri ko’rsatilgan. Ular
boshqa tarixiy kitoblar bilan solishtirish natijasida to’la isbot etilganligi bilan
alohida ajralib turadi. Beruniyning ushbu asari insoniyat tarixini o’rganuvchi
mutaxassislar, tarixchilar, sotsiologlar, faylasuflar, etnograflar va demograflar
uchun muhim manba bo’lib xizmat qilmoqda.
Atoqli manbashunos Ismatulla Abdullaev Beruniyning «Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari xususida fikr yuritar ekan, alloma o’z
davrining ijtimoiy muhiti, kishilik tarixiy taraqqiyoti, xalqlar, urf-odatlar,
madaniyatlar va olamni ayaylash borasidagi qarama-qarshi
fikrlarni ancha
chuqur egallaganligini bayon etadi. Jumladan, Beruniy yunonlar, rumliklar,
eroniylar, sug’diylar, xorazmliklar, qibtiylar, xristianlar, yahudiylar, islomgacha
bo’lgan arablar va musulmonlarning vaqt o’lchovlari, yil xisoblari, hayitlari va
muqaddas
kunlarini ijtimoiy-tarixiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan ancha chuqur
o’rgangan. Bu insoniyat tarixini bevosita falsafiy o’rganish, mantiqiy xulocalar
chiqarishga asos bo’lgan.
Beruniyning tarix falsafasi ayni ana shu turli xalqlar, mamlakatlar,
mintaqalarda mavjud turmush tarzi orqali rivojlanish omillari, taraqqiyot
yo’nalishlarini o’rganadi va tegishli xulosalar chiqaradi. Bu bevosita
antropologiya, antropogenez, demografiya va etnografiya bilan bog’liq bo’lgan
qomusiy tadqiqot usulini taqozo etadi.
54
Beruniy qadimgi xalqlar tarixi, ularning ma’naviy-madaniy
yodgorliklari,
ijtimoiy-axloqiy qarashlari xususidagi ushbu asarini qanday maqsadda yozganini
quyidagicha ifoda etadi: «Adiblardan biri mendan (turli) xalqlar haqidagi tarixlar,
ularning boshlanishlari va shoxobchalari, ya’ni oylar va yillari ustida u tarix
egalarining ixtiloflari va bu ixtilof sabablari, mashhur bayramlar, (har xil) vaqtlar
va yumushlar uchun belgilangan kunlar, millatlarning ba’zisi amal qilib, ba’zisi
amal qilmaydigan boshqa (marosimlar) haqida so’radi va meni imkon boricha
ularni juda ravshan bayoy etib, o’quvchi fahmlaydigan, (turli) kitoblarni axtarish va
shu kitob egalarini surishtirishga ehtiyoj qolmaydigan (bir asar yozishga) da’vat
etdi».
Dostları ilə paylaş: