108
Beshinchi qoida –
bozor iqtisodiyotiga o’tishda ob’ektiv iqtisodiy qonunlar
talablari hisobga olingan holda «inqilobiy sakrash»larsiz, ya’ni evolyutsion yo’l
bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi qoidasidir.
Ana shu muhim qoida – tamoyillar O’zbekistonning mustaqil rivojlanish va
taraqqiyot yo’liga asos qilib olindi hamda yangi ijtimoiy-siyosiy tizimga tadrijiy
o’tish jarayonlarining negizini tashkil etdi. Istiqlol davrining o’tgan o’n yili
shuni yaqqol isbotlaydiki, rivojlanishning mashhur besh tamoyilining amalga oshi-
rilishi mamlakatda
ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor
munosabatlarini joriy etish yo’lidan izchil harakat qilishni to’la ta’minladi.
Prezvdent Islom Karimov o’zining «O’zbekiston
iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish yo’lida» nomli kitobida iqtisodiyotni tubdan isloh qilish
kontseptsiyasini yana ham chuqurroq ko’rsatib beradi. Unda nazariy,
ilmiy va
hayotiy jihatdan muhim xulosalar asoslanib, bozor munosabatlariga bosqichma-
bosqich o’tishning O’zbekiston uchun afzalliklari maxsus yoritib beriladi.
Jumladan, «bir bosqichni
tamomlagandan keyingina, zarur shart-sharoitlarni
yaratib, yangi bosqichga o’tish mumkin, chunki har bir bosqichda
tafakkurimizni o’stirib, eri-shilgan real natijalar bilan odamlarni yangi tuzumning
afzalligiga ishontiribgina islohotlarni oxirigacha amalga oshira olamiz.
Iqtisodiy
strukturasi rivojlangan, samarali ijtimoiy munosabatlarga ega bo’lgan
jamiyatni qura olamiz».
Ushbu kitobning ikkinchi qismida Islom Karimov mamlamlakatni
iqtisodiy rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalar – xususiylashtirish va
raqobatchilik
muhitini
shakllantirish
jarayonlarini
chuqurlashtirish,
makroiqtisodiy
barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash, ijtimoiy
kafolatlari kuchli bo’lgan demokratik davlatni shakllantirish
kabilarni belgilab,
muammolarning nazariy, ilmiy va amaliy echimini topib beradi. Shunday ekan,
mazkur masalalar rivojining ustuvor yo’nalishlari quyidagicha bo’lishi hayot
mantig’ining tadrijiy o’zgarishlariga ham ayni muvofiq keladi:
Dostları ilə paylaş: