107
xalqaro iqtisodiy koordinatsiyalashuv jarayoniga faol kirishdi.
Uning uzviy va
ishonchli bo’g’ini, keng imkoniyatli sub’ektiga aylandi.
Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hammabop tavsiyalari, tayyor
avdozalari bo’lmaydi. Ayniqsa, madaniy, ma’rifiy, tarixiy tajribalari asrlar
mobaynida shakllangan, mustahkam va barqaror an’analar mamlakati hisoblangan
O’zbekistonday qadimiy makonda o’ziga xos va o’ziga mos yo’l tanlanganligi
istiqbolni donishmandlarga xos bashorat qilishning yorqin namunasi edi. Zero, shu
nuqtai nazardan Prezident Islom Karimovning «mustaqil O’zbekiston tug’ilgan
kuniyoq oyoqqa turishga, o’zi yurishga majbur edi», – deyishida chuqur mantiqiy
asos bor edi.
Binobarin, istiqlol yo’li
taraqqiyot
tamoyillarini ishlab
chiqish
jarayonlarida Islom Karimov sobiq sovet tuzumidan meros qolgan tajribalarni,
mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarni chuqur tahlil qilib, «soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va
kuchli
ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion yo’l bilan normal, madaniyatli
taraqqiyotga o’tish – tanlab olingan yo’lning asosiy mazmun va mohiyatidir», –
degan xulosaga keladi.
Ayni chog’da Prezident Islom Karimov «O’zbekiston o’zi uchun tanlab olgan
yo’l ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va
xususiyatlariga eng ko’p darajada mos keladigan bozor iqgisodiyotini
shakllantirishga qaratilgandir. Ayni mana shunday yo’l O’zbekiston
xalqining
munosib turmushini, uning huquqpari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy
an’analari va madaniyatining
qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma’naviy,
axloqiy kamol topishini ta’minlashi mumkin», – deb qatiy ko’rsatib bergan edi.
Prezident Islom Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish
jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O’zbekistonda milliy davlat qurilishi va
iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o’zagi sifatida
quyidagi beshta asosiy
qoidani o’rtaga tashladi:
Dostları ilə paylaş: