Zulfiyaxonimning 108 yilligiga bag’ishlangan tadbir senariysi qancha olis ketsang, shuncha yaqinsan



Yüklə 30,77 Kb.
səhifə2/5
tarix03.03.2023
ölçüsü30,77 Kb.
#101839
1   2   3   4   5
ZULFIYAXONIMNING 99 YILLIGIGA BAG

1-boshlovchi:
Go’zal tuproq uzra quyildi oqshom:
Kunduzolar dam,
Jo’shqinmushoiraetadidavom,
Do’stimkelsen ham!


2-boshlovchi:
Bundauzoqdagido’stbo’laryaqin ,
San’at ,mahoratningmaktabibunda.
Qofiya, so’z ,misrabahslariqizg’in,
Yuraklardavragakiradibunda.


1-boshlovchi: Bahor uzoq kutilgan to’y kabi qorli qish bag’ridan ko’nglimizga yo’l olgan ko’klam. U bejizga suluv ayollar timsolida ta’riflanmagan. Zebolik, ezgulik, mehr- muhabbat – bari bahor tavsifida she’rga aylanadi. Balkishundan, quvnoqqalbshoiramizZulfiyaxonim ham bahorfaslidadunyogakelgandir!
2-boshlovchi: Bugun qalbi qaynoq shoira Zulfiyaxonim tavalludining 108-yilligi munosabati bilan yig’ilganmiz. Faqatgina O’zbekistonda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10- iyundagi Farmoniga binoan qizlarimizga Zulfiyaxonim nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan. Bu mukofot maktab, litsey, kollej va Oliy o’quv yurtlarida a’lo xulqi, zukkoligi, tashabbuskorligini namoyon qilib ta’lim olayotgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san’at, fan ta’lim sohalarida erishayotgan yutuqlari uchun beriladi.
1-boshlovchi: Shu tufayli davraga iste’dodli va iqtidorli qizlarni taklif etganmiz va ularning yaratgan narsalariga qarab, yozgan she’rlaridan ilhomlanib: Siz yuksaksiz, sizga qarab qomatimni rostlayman… misralarini aytgim keladi. Davraga birin- ketin uch nafar Zulfiyaxonimga o’xshash qizlar chiqib kelishadi va ular Zulfiyaxonimning tarjimayi holini so’zlab beradilar.
1-qiz: O’zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova 1915 yili Toshkentda, hunarmand oilasida tug’ilgan. U xotin-qizlar bilim yurtida o’qigan vaqtlaridayoq (1931 -1934) adabiy to’garaklarga qatnashib, she'rlar mashq qiladi. 1935-1938 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida taqsil oldi.1938-1948 yillarda nashriyotlarda muharrir, bo’lim boshlig’i, 1950-1953 yillarda esa "O’zbekiston xotin-qizlari" (hozirgi "Saodat") jurnalida bo’lim boshliq`i, 1953-1980 yillarda esa bosh muharrir bo’lib ishladi. Zulfiya 17 yoshida nashr etilgan "Hayot varaqlari" (1932) nomli birinchi she'rlar to’plami bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi.
Zulfiyaning ijodiy kamolotida o’zbek va rus klassiklari, xalq og’zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an'analarining roli benihoya bo’ldi.
Shoira "She'rlar" va "Qizlar qo’shig'i" (1938) kabi poetik asarlarini ona Vatan va uning dala, cho’llarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bag’ishlaydi. Ayni chog’da, mazkur to’plamlardagi she'rlari shoiraning mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi.
char2-qiz: Urush davrida "Uni Farhod derdilar" (1943), "Hijron kunlarida" (1944) kabi to’plamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan dalolat berdi. Bu to’plamdagi she'rlar Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va g’alabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan xarakterlidir.
Zulfiyaning "Mening Vatanim", "Qo’limda quro-lu ustimda shinel", "Bizni kut" kabi umidbaxsh she'rlari urush davri o’zbek she'riyatining jangovar ruhini ifodalovchi asarlar qatoridan o’rin olgan.
Shoiraning urushdan so’nggi yillarda yaratilgan "Dalada bir kun" (1948), "Tong qo’shiq`i" (1953) kabi she'rlar turkumi, shuningdek, "Men tongni kuylayman", "Yuragimga yaqin kishilar" (1958), "Kuylarim sizga" (1965) to’plamlarida Vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik ko’rsatayotgan kishilar hayoti jo’shib kuylanadi. Uning "So’roqlaydi shoirni she'rim" (1960), "Oydin" (1953), "Quyoshli qalam" (1967) kabi ocherk va dostonlari Hamza, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustozlarning yorqin xotiralariga bag’ishlangan.
Zulfiya H. Olimjonning "Semurq", "ZaynabvaOmon" dostonlariasosidap'esava opera librettosini ham yaratgan.
3-qiz: Zulfiya "O'ylar", "Shalola” kabi she'riy to’plamlari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan.
Hind mavzuidagi she'rlari uchun Javoharla'l Neru nomidagi xalqaro mukofotga, tinchlik va do’stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun esa xalqaro "Nilufar" mukofotiga sazovor bo’lgan.
ShoiraHindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriyakabimamlakatlardabo’ldi. U 1956 yildaOsiyovaAfrikayozuvchilariningDehlidao’tkazilganbirinchikonferensiyasidaqatnashib, mashhur "Mushoira" (1958) asariniyaratdi.
Uningshe'rlarirus, ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, arab, forsvaboshqatillargatarjimaqilingan. Shoira N. A. Nekrasov, M. Yu. Lermontov, Vera Inber, LesyaUkrainka, Edi Ognetsvet, MarvaridDilboziy, Amrita Pritamasarlarinio’zbektiligamahoratbilantarjimaqilgan. Atoqlishoira 81 yoshida, 1996 yilavgustidavafotetgan. U MehnatQahramoni ham edi.



Yüklə 30,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə