1 – mavzu. Kirish. Alyuminiy qotishmalari va ularning xossalari
Alyuminiy va uning qotishmalari
. Quyma alyuminiy qotishmalari.
Deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalari. Alyuminiy qotishmalarini termik
ishlash.
Rangli metallarga mis,
alyuminiy, qalay, qo‘rg‘oshin, rux, nikel, titan,
magniy va boshqalar, shuningdek ularning qotishmalari kiradi. Zamonaviy
mashinasozlikda rangli metallarning
ahamiyati juda katta, ayniqsa energetika,
elektrotexnika, radioelektronika, samalyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatlarida va
aloqa sohalarida rangli metallar va ularning qotishmalari juda ko‘p ishlatiladi.
O‘zbekiston rangli metall rudalarining zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi
davlatlar qatoriga kiradi. Rangli metallarning rudalarida bir vaqtning o‘zida bir
qancha turli metallar: qo‘rg‘oshin, qalay, mis, oltin, kumush, temir, simob va nodir
metallar uchraydi. Bunday rudalar ko‘p metalli rudalar deyiladi.
Shuning uchun
rangli metallarning rudalarini kompleks qayta ishlab bir vaqtning o‘zida hamma
qimmatli metallarni ajratib olishga harakat qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotini rivojlantirishda mis va alyuminiy ishlab
chiqarishni sezilarli
ko‘paytirish, shuningdek qo‘rg‘oshin, qalay, magniy, nikel, titan, volframli,
molibdenli va titanli konsentratlarni, hamda qimmatbaho
metallarni ishlab
chiqarishni kengaytirish muhim axamiyatga ega.
Mashinasozlik texnologiyasi hamda elektrotexnika sanoatida
alyuminiy
keng
doirada ishlatiladi. Alyuminiy mashinasozlik materiallar ichida o'zining muhim
xususiyatlari (solishtirma mustahkamligi, elektr va issiqlik o'tkazuvchanligi hamda
korroziyabardoshligi) bilan ajralib turadi. Alyuminiyning fizik va mexanik xossalari
uni legirlash orqali yaxshilanadi. Konstruktsion materiallar
sifatida alyuminiy
qotishmalari duralyuminiy, siluminiy va magnalinlar,
kukun qotishmalar keng
qo'llaniladi.