|
 1-Amaliy mashg’ulot Reja va tayanch so’z – iboralar
|
tarix | 21.03.2023 | ölçüsü | 16,8 Kb. | | #102887 |
| 1-amaliy
1-Amaliy mashg’ulot
Reja va tayanch so’z – iboralar:
- Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) hayoti, faoliyati: jomiyshunoslik tarixiga bir nazar; Hirot, Samarqand Ulug’bek madrasasi; Xoja Ahror Vali muloqotlari; Xurosonda naqshbandiya murshidi ekanligi; Husayn Boyqaro, Alisher Navoiylar bilan ijodiy va ustodlik munosabati;
«Xamsat-ul mutahayyirin».
- Ilmiy-adabiy merosi: she’rlar devoni, «Haft avrang», «Bahoriston», aruz, qofiya, muammo va musiqaga oid risolalari; «Nafahot ul-uns» va uning Alisher Navoiyga ilhom bag’ishlagani – «Nasoyim ul-muhabbat».
Abdurahmon Jomiy va o’zbek adabiyoti.
Husayniy-Sulton Husayn Boyqaroning (1438-1506) shohlik davri (1469-1506), ma’rifatparvarligi, ilmiy –adabiy muhitni tashkil etishdagi mavqei.
Husayniy she’riyati va «Risola» si. She’riyati manbalari-devon va ularning nusxalari; mavzu doirasi, badiiyati, o’ziga xosligi-bir bahrda yozilgani sabablari. Alisher Navoiyning Husayniy she’riyatiga munosabati. Z.M.Bobur va Husayn Boyqaro.
Xulosa.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Abdurahmon Jomiy Samarqandda bo’lgan-mi?
Abdurahmon Jomiy haqida o’zbek tilida yozilgan ilk nasriy asarning nomi va uning muallifini bilasiz-mi?
Abdurahmon Jomiy xamsanavislik an’anasiga qanday yangilik kiritdi?
Abdurahmon Jomiy yozgan badiiy nasriy asarning nomi, yozilish sababi va ahamiyati nimada?
O’zbek adabiyoti namoyandalarining Abdurahmon Jomiyga munosabati qanday?
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar
Alisher Navoiyning «Xamsat ul-mutahayyirin» asarini o’qing va qaydlaringizni daftarda yozing.
Abdurahmon Jomiy haqida akad. A.Qayumov va prof. R. Vohidov-larning yozgan risolalarini mutolaa qiling.
Abdurahmon Jomiy «Tanlanma asarlari»ga kiritilgan asarlarini o’qing.
Abdurahmon Jomiyning Alisher Navoiy haqida, Alisher Navoiyning esa Abdurahmon Jomiy haqida yozgan she’riy tavsiflardan ayrimlarini yodlang.
Abdurahmon Jomiy xotirasi abadiylashtirib, uning nomi bilan ataladigan joylarni aniqlang.
Adabiyotlar
Абдураҳмон Жомий. Танланма асарлар. Т., БАН, 1971.
Абдураҳмон Жомий. Юсуф ва Зулайхо. Т., БАН, 1983.
Алишер Навоий. Хамсат ул-мутаҳаййирин. МАТ, 15-том, Т., «Фан», 1999.
Алишер Навоий. Хамса. МАТ, 7-11-томлар.Т., «Фан», 1990-1993.
Афсаҳзод А. Рўзгор ва осори Абдураҳмон Жоми. Душанбе, «Дониш», 1980.
Валихўжаев Б. Абдураҳмон Жоми ва адабиёти ўзбек. «Жоми ва робитаҳои адаби» мақолалар тўплами. Душанбе, «Дониш», 1989, 33-45-бетлар.
Валихўжаев Б. Малик ул-калом мавлоно Лутфий. Самарқанд, 1999.
Валихўжаев Б. Султон Ҳусайн Бойқаро Ҳусайний шеърияти. Самарқанд, 2000.
Воҳидов Р. Шарқнинг буюк алломаси. Т., «Фан», 1989.
Қаюмов А. Назм ва тафаккур қуёши. Т., «Фан», 1992.
Dostları ilə paylaş: |
|
|