1-bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar



Yüklə 34 Kb.
tarix23.09.2023
ölçüsü34 Kb.
#122850
Budjet kodeksi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BUDJET KODEKSI
KUCHGA KIRISH SANASI: 01.01.2014
U 9 bo’lim, 28 bob, 192 moddadan iborat.
Umumiy qism
I bo‘lim. Umumiy qoidalar
1-bob. Asosiy qoidalar
1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va budjet to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar
Davlat budjeti taqchilligi — muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi;
davlat xaridlari — budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari;
dotatsiya — budjet tizimi budjetlariga ularning o‘z daromadlari yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari;
moliya yili — birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti (Davlat budjeti) — davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasi.


50-modda. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalari, kredit liniyalari va chet davlatlarga ajratilgan kreditlar mablag‘larini qaytarish hisobiga to‘lovlar, shuningdek ular bo‘yicha foizli tushumlar;
qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlarini shakllantirish
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlari:
1) belgilangan normativlarga muvofiq:
foyda solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
aksiz solig‘i;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno);
2) bojxona bojlari;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Yüklə 34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə