1-joriy baholash uchun topshiriq. Dars mavzusi: Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot. Fonetika. Nutq tovushlari va tasnifi



Yüklə 378,48 Kb.
səhifə1/3
tarix26.10.2023
ölçüsü378,48 Kb.
#131792
  1   2   3
1-joriy baholash tayyori


Boshlang‘ich sinflarda o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi I fanidan masofaviy sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 1-joriy baholash uchun topshiriq.
Dars mavzusi: Tilshunoslikdan umumiy ma’lumot. Fonetika. Nutq tovushlari va tasnifi.
Nazorat turi: Savollarga javob berish.
1.Tilshunoslik fanining qanday turlari bor va ular o‘zaro qanday farqlanadi?
2.“Jamiyatsiz til, tilsiz jamiyat bo‘lishi mumkin emas”, degan fikrni qanday izohlaysiz
3.Fonetika nimani o‘rganadi?
4.Fonema qanday belgilarga ega?
5.Nutq a’zolarining vazifalari nimalardan iborat?

1.Tilshunoslik fanining qanday turlari bor va ular o‘zaro qanday farqlanadi?
Yer yuzida tillarni o’rganish XVIII asrdan boshlandi. XIX asrning 1 yarmida tillarni bir-biriga qiyoslab tekshirish keng tus oldi. Natijada tillarni tekshirishda qiyosiy usul vujudga keldi, bunda tillarning fonetik, morfologik, leksik xususiyatlari bir-biriga solishtiriladi. Bu usul bilan tillarning faqat hozirgi holatigina emas, balki ularning tarixiy holati ham o’rganiladi. SHuning uchun ham bu usul qiyosiy-tarixiy usul deb ham yuritiladi. Bu yo’l bilan tillarni o’rgangan va ilmiy asarlari bilan tanilgan tilshunoslar sifatida daniyalik Rasmus Raskin (1787-1832), nemis olimlari Frans Bopp (1791-1867) va YAkob Grimmni (1785-1863), rus olimi Aleksandr Vostokovni (1781-1864) ko’rsatish kerak.
Tilshunoslikda tillarning bir necha tasniflari (klassifikatsiyasi) mavjud:
1)areal (geografik), 2)morfologik, 3) genealogik, 4) funktsional.
Bu tasnif tilshunoslikda tillarni qiyosiy-tarixiy usul bilan tekshirishning mahsuli bo’lib maydonga keldi. Bu tasnifga ko’ra, tillar bir umumiy manbadan kelib chiqqanligi, materiali (so’z, undagi tovushlar, qo’shimchalar) jihatidan yaqinligi, o’xshashligiga asoslanib gruppalarga ajratiladi. Bir umumiy manbadan kelib chiqqan tillar qarindosh tillar oilasini tashkil etadi.
Tillar oilasi qarindosh tillarning juda yirik katta gruppasi hisoblanadi. Tillar oilasi ichida bir necha tillar gruppasini ajratish mumkin.

Yüklə 378,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə