1-mavzu. Boshqarish to‘G‘risida tushuncha. Boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari. Avtomatik boshqarish sistemalariga misollar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə1/8
tarix20.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#128430
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu (ABN АТТ)

AVTOMATIK BOSHQARISH NAZARIYASI 1-mavzu. Boshqarish to‘g‘risida tushuncha. Boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari. Avtomatik boshqarish sistemalariga misollar

Ma’ruzachi: S.B. Atajonova

Reja:

1. Boshqarish to‘g‘risida tushuncha. Boshqarish nazariyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

2. Boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari.

3. Avtomatik boshqarish sistemalariga misollar.

Tayanch so‘z va iboralar: avtomatika, texnologik jarayonlar, effektivliq ishlab chiqarish jarayonlari, mashinasozlik avtomatlashtirish, avtomatik tizim, texnik qurilma, sozlash, boshqarish, statika, dinamika, chiziqlantirish.

KIRISH

Fan va texnikaning rivojlanishi uning turli tarmoqlardagi avtomatikaning kirib kelishiga sababchi bo‘ldi. Avtomatlashtirilgan tizimlarning keng tadbiq etilishi va muvaffaqiyatli qo‘llanilishi esa yuqori darajada nazariy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash yo‘li bilangina amalga oishirilishi mumkin.

Tavsiya etilayotgan ma'ruzalar kursi “avtomatik boshqarish nazariyasi” fani bo‘yicha o‘quv dasturiga mos holda tayyorlangan bo‘lib, texnika oliy o‘quv yurtlaridagi “elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalar” yo‘nalishlarida o‘qiydigan talabalar uchun mo‘ljallangan.

Ushbu ma’ruzalar kursi quyidagi masalalrni qamrab olgan: elektr mexanik ob'yektlarni avtomatik boshqaruv tizimlarini ifodalovchi matemetik modellarni tuzish va avtomatik boshqaruv tizim tarkibidagi andozaviy bo‘g‘inlarining statik va dinamik xarakteristikalarining taxlil qilish, elektromexanik avtomatik boshqaruv tizimini sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning tarkibidagi andozaviy bo‘g‘inlar parametrlariga ta'sir ko‘rsatib texnologik jarayon talablariga javob beruvchi optimal boshqaruv tizimini yaratish.

Fan o`qitilishidan maqsad – avtomatik boshqarish tizimlarini o‘rganish differensial tenglamalar vositasida avtomatik boshqaruvni matemetik ifodalash dinamik bo‘g‘inlar hususiyatlarini o‘rganish funksional va strukturaviy sxemalarni tahlil qilish, chiziqli va nochiziqli avtomatik boshqaruv tizimlarini uzatish funksiyalari va chastotali xarakteristikalari, ularning turg‘unligi sintez masalalari va korreksiya qiluvchi bo‘g‘inlarni tanlash, nochiziqli impuls tizimlar bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilimlar darajasini ta’minlashdir.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə