1-mavzu. Boshqarish to‘G‘risida tushuncha. Boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari. Avtomatik boshqarish sistemalariga misollar


Boshqarish to‘g‘risida tushuncha. Boshqarish nazariyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/8
tarix20.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#128430
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu (ABN АТТ)

1. Boshqarish to‘g‘risida tushuncha. Boshqarish nazariyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.

Bordiyu, texnik qurilmaning ish jarayonini xarakteristikalovchi kattaliklar ish jarayonida belgilangan qiymatlaridan sezilarli darajada og‘sa, unday hollarda qurilma sozlovchi yoki boshqaruvchi a’zolari bilan ta’minlanadi. Sozlovchi a’zo yordamida bir xilda o‘zgartirmay yoki kerakli tarzda o‘zgartirib chiqishdagi o‘zgaruvchini sozlaydi yoki boshqaradi. Bunday texnik qurilmalar sozlovchi yoki boshqaruvchi ob’ektlar deb ataladilar.

Avtomatik sozlash deb mashina va apparatlarda inson ishtirokisiz qandaydir fizik kattalikni belgilangan bir xil qiymatda ushlab turishga aytiladi. Bunday avtomatik tizimlar uchun eng xislatli narsa shuki, ularda mavjud bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi ta'sirlarni tizim juda minimal xatolikka erishguncha dahlsizlashtirish lozim.

Avtomatik boshqarish deb mashina va apparatlarda inson ishtirokisiz qandaydir fizik kattalikni belgilangan qonuniyat asosida o‘zgartirib turishga aytiladi. Bu tizimlar uchun eng xislatli narsa qandaydir berilayotgan ta'sirlarning o‘zgarishi chiqishdagi parametrni o‘zgarishda aniq aks etish lozimligidir.

Ob'ektga boshqaruvchi ta'sirning oldindan belgilab qo‘yishlar bo‘yicha shakllanishi boshqarish yoki sozlashning qonuni (boshqarish algoritmi) deb ataladi. Chiziqli va egri chiziqli boshqarish qonunlari mavjuddir.

Ob’ekt ustidan sozlash yoki boshqarish operatsiyasini, inson ishtirokisiz, sozlovchi yoki boshqaruvchi qurilma avtomatik sozlash yoki boshqarish asbobi deb ataladi. Shunday asbob va ob’ektlar yig‘indisi avtomatik boshqarish tizimini tashkil etadi.

Boshqarish ob’ekti turg‘un (barqaror), noturg‘un (barqaror emas) va betaraf (dahlsiz) bo‘lishi mumkin. Agar u tashqi ta’sir to‘xtatilganidan so‘ng, statik xarakteristikasi bilan aniqlanadigan, dastlabki muvozanat holatiga qaytsa, turg‘un ob’ekt deb ataladi. Noturg‘un ob’ektlarda tashqi ta’sirlar tugatilgan taqdirda ham chiqishdagi o‘zgaruvi o‘zgaraveradi va u dastlabki muvozanat holatiga qaytmaydi. Dahlsiz ob’ektlarda tashqi ta’sir to‘xtagandan so‘ng ixtiyoriy qandaydir muvozanat holati o‘rin olib, u dastlabki muvozanat holatidan farq qiladi va keltirilgan ta’sirlarga bog‘liq bo‘ladi. Yana shuni aytib o‘tish joizki, bir ob’ekt bir paytning o‘zida ham turg‘un, ham noturg‘un va ham xarakterlovchi daxlsiz holatlarda bo‘lishi mumkin. Maslan, asinxron elektr dvigateli aylanish tezligiga nisbatan sirpanishning kritik qiymatidan kichik birliklarida turg‘un, katta qiymatlarida noturg‘un bo‘lishi mumkin. Agar boshqariluvchi o‘zgaruvchi sifatida chiqishdagi valning burchak og‘ishi olinsa, dvigatel daxlsiz ob’ekt hisoblanadi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə