1-mavzu. Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi Reja



Yüklə 167,72 Kb.
səhifə1/6
tarix29.04.2023
ölçüsü167,72 Kb.
#107652
  1   2   3   4   5   6
1-mavzu. Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi


1-mavzu. Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi
Reja
1.1. Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobining vazifalari.
1.2. Kassa muomalalarini hisobga olish
1.3.Kassadagi naqd pullarni inventarizatsiya qilish va natijalarini rasmiylashtirish tartibi


Tayanch so’z va iboralar: pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari, hisob- kitob schyoti, kassa kirim va chiqim orderlari, valyuta muomalalari hisobi, avans hisoboti, to’lov topshiriqnomasi, bank ko’chirmasi, bank korporativ plastik kartochkasi



  1. Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobining vazifalari

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari hisobini to’g’ri va aniq tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriyasi, odatda, barcha to’lov va hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu muomalalarni qonunlarga muvofiq, o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning pul mablag’lari, hoh u o’z mablag’i bo’lsin, hoh qarzga olingan bo’lsin, kassada saqlanuvchi pul qoldiqlari va oborotda foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob- kitob schyotida saqlanishi lozim. Bank korxonaning hisobvaraqlaridan pulni o’tkazish va berish to’g’risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan korxona o’rtasidagi shartnomada ko’zda tutilgan boshqa muomalalarni o’tkazish haqidagi farmoyishlarini bajaradi.
Hisob-kitob muomalalarini bank orqali o’tkazish korxonalarning o’zlari belgilagan ish haqi fondlariga, xizmat safarlari va xo’jalik xarajatlari limitlariga rioya qilishlarini har tomonlama nazorat qilish, korxonaning davlat byudjeti bilan soliqlar, yig’imlar bo’yicha o’z vaqtida hisob-kitob qilishini, mol yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlari va to’lov talabnomalariga o’z vaqtida haq to’lashni kuzatib borish, korxonaga turli maqsadlar uchun, muayyan ta’minot hisobidan ssudalar berish va mazkur ssudalarning belgilangan muddatda qaytarilishini kuzatish va hokazolar imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag’lari, to’lovlar, hisob-kitoblar va kreditlami hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar belgilangan:

  • korxonaning pul mablag’larini samarali boshqarish maqsadlari uchun zarur axborot bilan ta’minlash;

  • mazkur sharoitlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etgan holda naqd pulsiz o’tkazishlar va naqd pullar vositasida zarur to’lovlar va hisob-kitoblami o’z vaqtida amalga oshirish;

  • hisob registrlarida to’lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag’larining mavjudligi hamda harakatini to’liq va tezkor aks ettirish, zero korxona pul mablag’larining harakati korxona amaliy faoliyatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi;

  • pul mablag’laridan korxonada ishlab chiqilgan limitlar va smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish;

  • pul mablag’lari va o’zaro hisob-kitoblar holatining inventarizatsiyasini tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda o’tkazish;

  • kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlarda pullar mavjudligi va butligini nazorat qilish;

  • qisqa muddatli investitsiyalar bilan bog’liq muomalalarni o’z vaqtida hisobga olish.

Bosh buxgalter xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari bilan birgalikda quyidagilarni ta‘minlashi kerak: kelib tushayotgan barcha pul mablag’larining to’liq hisobi, shuningdek, boshqa xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda debitorlik qarzlarini undirish va kreditorlik qarzlarini uzish, to’lov intizomiga rioya etish, pul mablag’lari, to’lovlar bo’yicha o’zaro hisob-kitoblar va majburiyatlar holatini belgilangan muddatlarda inventarlash, amaldagi qonunchilikka muvofiq undirish mumkin bo’lmagan, da‘vo qo’zg’ash muddati o’tib ketgan qarzlarni buxgalteriya balanslaridan o’chirish.
Kompaniyalarning naqd va naqdsiz ko’rinishdagi pul mablag’larini samarali boshqarish uchun zarur axborotlar bilan to’plash va o’rganizsh.

Yüklə 167,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə