1-mavzu. Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi Reja


-jadval Kassa kirim orderlarini qayd etish



Yüklə 167,72 Kb.
səhifə3/6
tarix29.04.2023
ölçüsü167,72 Kb.
#107652
1   2   3   4   5   6
1-mavzu. Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi

24-jadval
Kassa kirim orderlarini qayd etish
DAFTARI

T/r

Kimdan olindi

Maqsadi

Miqdori (summasi)

Sana

































25-jadval
Kassa chiqim orderlarini qayd etish
DAFTARI

T/r

Kimga berildi

Maqsadi

Miqdori (summasi)

Sana































Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar, to’lovnomalar (schyotlar) va boshqalarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining ijozat beruvchi imzosi bo’lgan hollarda chiqim kassa orderlarida rahbar imzosi bo’lishi shart emas.


Xo’jalik yurituvchi sub’ektning xodimlari ro’yxatida turmaydigan shaxslarga pul tuzilgan shartnomalar asosida har bir shaxs uchun alohida yoziladigan chiqim kassa orderi bo’yicha beriladi.
Kassir pulni faqat chiqim kassa orderida yoki uning o’rnini bosuvchi hujjatda ko’rsatilgan shaxsga beradi. Ayrim hollarda pul ko’rsatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida olinadigan bo’lsa, chiqim orderi matnida pul oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismidan keyin pul olish uchun ishonch bildirilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yozib qo’yiladi. Agar pul vedomosti bo’yicha berilayotgan bo’lsa, pul olinganini tasdiqlovchi imzo oldidan kassir ― “Ishonchnoma asosida” deb yozib qo’yadi. Ishonchnomani kassir olib qoladi va chiqim kassa orderiga yoki ishonchnomaga tikib qo’yadi.
Kassir ish haqi, ish qobiliyatini vaqtincha yo’qotish nafaqasi, stipendiya, pensiya va mukofotlarni har bir oluvchi uchun chiqim kassa orderi tuzmasdan, to’lov (hisob-kitob-to’lov) vedomostlari bo’yicha beradi.
To’lov (hisob-kitob-to’lov) vedomostining yuzida pul berishga ruxsat etuvchi ustxat yozilib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari va bosh buxgalterining yoki ular vakolat bergan shaxslarning imzolari, pul berish muddatlari hamda so’z bilan yozilgan summa bo’lishi shart.
Ish haqi sifatida bir marta to’lanadigan pullar (ta‘tilga chiqayotganda, kasal bo’lganda va hokazo), shuningdek, deponentdagi summalar, bir necha shaxslarga xizmat safari xarajatlari uchun hisobot topshirish sharti bilan beriladigan pullar ham shu tartibda rasmiylashtiriladi.
Kirim va chiqim kassa orderlari buxgalteriya tomonidan siyoh yoki sharikli ruchka bilan aniq va tushunarli yozilishi shart. Hujjatni elektron tarzda to’ldirish va keyin bosib chiqarish ham mumkin. Kassa orderlariga har qanday o’chirib yozish va tuzatishlar kiritish, izohlar yozishga yo’l qo’yilmaydi.
Kassa limiti – bu sizning kassangizda doimo turishi mumkin bo’lgan pul miqdoridir. U har yili yanvar oyida korxonalar va banklar o’rtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi va har qanday paytda naqd pul aylanmasidan kelib chiqqan holda yil davomida qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Agar korxonaning o’rtacha kunlik naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqi summasiga etmaydigan bo’lsa, limit 2 yil muddatga belgilanadi.
Agar siz hisob-kitoblarni naqd pulda amalga oshirmasangiz, u holda kassangiz limiti ham nolga teng bo’ladi, chunki kassada pul qoldirishga sizda ehtiyoj bo’lmaydi.
Limit doirasidan ortiqcha pul mablag’larini mehnatga haq to’lash kunlaridagina (3 ish kuni) saqlash mumkin.
Korxona kassasiga kelib tushgan naqd pul tushumi har kuni to’liq bankka topshirilishi shart - inkassator xizmati orqali yoki korxonaning o’zi uni mustaqil ravishda banklarning kunduzgi va kechki kassalariga topshiradi.
Kassir kassa kirim va chiqim orderlari asosida kassa daftarini yuritadi, unda tashkilotning barcha kelib tushgan va berilgan naqd pullari hisobga olinadi.
Kassa daftaridagi varaqlar oldindan raqamlangan, tikilgan va tashkilot muhri bilan muhrlangan (korxonada muhr mavjud bo’lgan taqdirda) bo’lishi lozim. So’nggi varaqda varaqlar soni, rasmiylashtirilgan sana ko’rsatiladi va rahbar hamda bosh buxgalter imzosi qo’yiladi.
Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog’oz vositasida 2 nusxada yoziladi. Bunda varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida qoladi, qirqiladigan ikkinchi nusxasi esa kassirning hisoboti hisoblanadi. Varaqlarning ikkala nusxasi bir xil raqam bilan raqamlanadi.

Yüklə 167,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə