1. Quyidagilar



Yüklə 76 Kb.
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü76 Kb.
#131127
  1   2
qishloq xojaligi iqtisodiyoti


1Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida 20 mln gektardan ortiq, shu jumladan 3,2 mln gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlaridan foydalanib, aholining ehtiyoji uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xomashyo yetishtirilmoqda.
Sug‘oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holati va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida davlat dasturlari doirasida keng ko‘lamli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Natijada 2008 — 2017-yillar mobaynida 1,7 mln gektardan ortiq sug‘oriladigan maydonlarning suv ta’minoti hamda 2,5 mln gektar maydonlarning meliorativ holatining yaxshilanishiga erishildi.
Biroq, global iqlim o‘zgarishi natijasida so‘nggi yillarda davriy ravishda kuzatilayotgan suv tanqisligi va ichki irrigatsiya tarmoqlarining asosiy qismi yaroqsiz holatga kelganligi sug‘oriladigan ekin yerlarining meliorativ holati yomonlashishiga va yillar davomida foydalanishdan chiqib ketishiga olib kelgan.
Respublikada yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bosqichma-bosqich qayta foydalanishga kiritish, yer osti suv zaxiralaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ichki irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali suv yo‘qotilishini kamaytirish, shuningdek, bu ishlarda salohiyatli investorlar ishtirokini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
2020 — 2030-yillarda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
2019 — 2022-yillar davomida qishloq xo‘jaligi yerlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning prognoz ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish va davlat-xususiy sheriklikni joriy etish bo‘yicha ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruhi) 5-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Ishchi guruhi (J.A. Qo‘chqorov, A.J. Vaxabov, J.A. Xodjayev)ga:
xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda eksperiment tariqasida 2019-yilda Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida Konsepsiyani amalga oshirish tajribasini yaratish;
eksperiment natijalari asosida 2019-yil 1-noyabrga qadar Konsepsiyani amalga oshirish tajribasini boshqa hududlarda joriy etish, shu jumladan yer va suvdan foydalanish sohasida davlat-xususiy sheriklikning aniq shartlarini, qo‘shimcha imtiyozlar, alohida imtiyozli kredit liniyalarini hamda foydalanishga kiritilgan yer va suvdan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilsin;
zaruratga ko‘ra, mazkur Farmonning 2 — 4-ilovalarida belgilangan muddatlar va hududlarni o‘zgartirish hamda ularga qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilansinki, Konsepsiyani amalga oshirish doirasida irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini tiklash, rekonstruksiya qilish, suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda suvsizlikka chidamli ekinlarni ekish orqali foydalanishga kiritish uchun investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida 50 yilgacha bo‘lgan muddatga:
qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar, shuningdek, lalmi va o‘rmon fondi yerlari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga;
yaylov, bo‘z, ko‘p yillik daraxtzorlar va boshqa yerlar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan investorlarga beriladi.
4. Konsepsiyani amalga oshirish doirasida yer maydonlarini foydalanishga kiritishda:
yerdan foydalanuvchilarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish, erga ishlov bermasdan ekin ekish va yerlarni ikkilamchi ijaraga berish huquqi beriladi;
2---
Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə