Kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyasi Reja: Kompyuter tarmoqlarini tasniflanish usullari



Yüklə 32,34 Kb.
səhifə1/6
tarix19.12.2023
ölçüsü32,34 Kb.
#152628
  1   2   3   4   5   6
Kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyasi Reja Kompyuter tarmoql-fayllar.org


Kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyasi Reja: Kompyuter tarmoqlarini tasniflanish usullari

TT va KT fakulteti 303-guruh talabasi Latipov Shahbozning


Kompyuter tarmoqlari fanidan 1-mustaqil ishi


Kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyasi

Reja:


Tayanch iboralar: Bo‘lim, kampus,korporativ, koaksial kabellar, o‘ralgan juft simli kabel, shisha tolali kabellar, EIA/TIA 586, ECMA, Ethernet, Token-Ring.
Tarmoqlarni klassifikatsiyalashdagi yana bir ommaviy usul ularni tarmoq ishlaydigan ishlab chiqarish bo‘linmalarining masshtabi bo‘yicha klassifikatsiyalashdir. Bo‘lim tarmoqlari, kampus tarmoqlari va korporativ tarmoqlar farqlanadi.


Bo‘lim tarmoqlari — bir korxona bo‘limida ishlovchi xodimlarning nisbatan katta bo‘lmagan guruhi foydalanuvchi tarmoqlardir. Bu xodimlar ba’zi umumiy masalalarni yechadi, masalan, buxgalteriya hisobini olib boradi yoki marketing bilan shug‘ullanadi. Bo‘limdagi xodimlar soni
100-150 nafarcha bo‘ladi, deb hisoblanadi.
Bo‘lim tarmog‘ining asosiy maqsadi ilovalar, ma’lumotlar, lazer printerlari va modemlar kabi lokal resurslarni taqsimlashdir. Odatda, bo‘lim tarmoqlari bir yoki ikkita faylli serverga va o‘ttizdan oshmagan foydalanuvchilarga. Bo‘lim tarmoqlari, odatda, qism tarmoqlariga ajratilmaydi. Bu tarmoqda korxona trafigining katta qismi yig‘ilgan bo‘ladi. Bo‘lim tarmoq­lari, odatda, Ethernet, Token Ring tarmoq texnologiyalarining biri asosida yaratiladi. Bunday tarmoq uchun bir yoki ko‘pida ikki xil operatsion sistemalar xarakterlidir. Ko‘pincha bu tar­moqda server ishlatilgan, masalan, Net Ware, ammo foydalanuvchilarning ko‘p bo‘lmaganligi bir rangli operatsion sistemani, masalan, Windows 95 ni ishlatish imkonini beradi.
Bo‘lim sathida tarmoqni boshqarish masalalari nisbatan sodda: yangi foydalanuvchilarni qo‘shish, oddiy buzilishlarni bartaraf etish, yangi uzellarning installatsiyasi va programma ta’minotining yangi versiyalarini o‘rnatish. Bunday tarmoqni ma’muriyat ishlariga faqat qisman vaqtini bag‘ishlovchi xodim boshqarishi mumkin. Ko‘pincha bo‘lim tarmog‘i ma’muri maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmaydi, ammo kompyuterlarni hammadan yaxshi tushunadigan xodim hisoblanadi.
Bo‘lim tarmog‘iga yaqin yana bir tarmoq mavjud — ishchi guruhlar tarmog‘i. Bunga 10-20 nafargacha kompyuteri bo‘lgan kichik tarmoqlar kiradi. Ishchi guruhlar tarmoqlarining xarakteristikalari yuqorida keltirilgan bo‘lim tarmoqlari xarakteristikalaridan farq qilmaydi. Tarmoq soddaligi va bir jinsliligi kabi xususiyatlar bu tarmoqlarda yuqori darajada namoyon bo‘ladi. Bo‘lim tarmoqlari ba’zi hollarda masshtabi bo‘yicha keyingi xil tarmoqlarga — kampus tarmoqlariga yaqinlashishi mumkin.

Yüklə 32,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə