1. Yonish kameralari haqida Gaz turbina qurilmasi issiqlik almashish qurilmalari Gaz turbina qurilmasi kompressorlari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/3
tarix10.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#109471
  1   2   3
Gaz turbina qurilmalari


GAZ TURBINA QURILMALARI


Reja:


1. Yonish kameralari haqida
2. Gaz turbina qurilmasi issiqlik almashish qurilmalari
3. Gaz turbina qurilmasi kompressorlari
1. Yonish kameralari haqida


Yonish kamerasi GTQning asosiy elementi bo’lib, unda yoqilg’i yonishi hisobiga siqilgan havo kerakli haroratgacha qizdiriladi. Yonish kameralariga quyidagi talablar qo’yiladi:
1) GTQ barcha ish rejimida yonish kamerasida yoqilg’i yonishi barqaror bo’lishi kerak. Alanganing uzilishi, davriyligi va kamayishi taqiqlanadi;
2) turbina oldidagi havo oqimining barcha kesimlarida bir xil harorat maydoni hosil qilinishi shart;
3) uzluksiz ish rejimini ta’minlash uchun maxsus sovitish tizimlari bilan ta’minlanishi shart;
4) GTQ barcha ish rejimlarida kam yoqilg’i bilan ko’p issiqlik olinishi shart;
5) gidravlik qarshiliklar kam bo’lishi kerak;
6) konstruktiv jihatdan sodda, ishlatishga qulay, arzon bo’lishi kerak;
7) yengil va ixcham bo’lishi kerak.

40 – rasm. Gaz turbinali qurilmalarning yonish kameralari.
1 – yuqori bosimli kompressor; 2 – regenerator; 3 – yonish kamerasi; 4 – kompensator; 5 – turbina; 6 – dvigatel vali; 7 – alohida yoqish quvuri; 8 – tashqi yoqish quvuri; 9 – kameraning tashqi korpusi; 10 – ichki korpus; 11 – ichki yoqish quvuri; 12 – alangani o’tkazib yuborish quvuri; 13 - korpus


Yonish kameralari tabiiy gaz va suyuq yoqilg’ilarda ishlaydi. Og’ir xajmiy massaga ega bo’lgan mazutlarni qo’llash ba’zi bir qiyinchiliklar tug’diradi, uning tarkibidagi vanadiy, natriy, oltingugurt kamera ishchi detallarini korroziyaga olib keladi.
Yonish kameralari quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi:

  1. Kamera issiqlik ishlab chiqarish qobiliyati:


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə