14-mavzu: mttda o`yinlarni tashkil etish va o‘tkazish



Yüklə 23,09 Kb.
tarix03.06.2022
ölçüsü23,09 Kb.
#88623
MTT o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish


14-mavzu: MTTda o`yinlarni tashkil etish va o‘tkazish.

Reja:
1. O’yin haqida ma’lumot.


2. MTT da o’yin faoliyati.
3. O’yin turlari.
4. Qurish va yasash o’yinlari.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, o’z-o’zini nazorat.


O'yin inson o'zligining namoyon bo'lishi, uning takomillashuv usulidir. O'yin kattalar hayotida muayyan o'rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni ≪bolalikning hamrohi≫ deb atash qabul qilingan. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo'lgan holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo'ladi. Bola shug'ullanadigan ko'pchilik jiddiy ishlar o'yin shaklida bo'ladi. O'yinda shaxsdagi barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o'ylaydi. O'yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo'ladi. O'yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san'atshunos olimlar diqqatini o'ziga tortib kelgan bo'lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o'z o'yinlarida ovchilik, urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o'sha davrdagi ba’zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o'yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi. YAKomenskiy, K.D.Ushinskiy, AS.Makarenko, P.F.Lestgaflarning g'oyalari hozirgi zamon bolalar o'yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. ≪Bolalar o'yini ko'p asrlik tarixga ega,- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - U insonning o'zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan≫. Yan Amos Komenskiy o'yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to'g'ri keladigan zarur shakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, o'yin - bolaning barcha qobiliyat ko'rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o'yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola o'yin davomida tengqurlari bilan do'stlashadi. Y.A.Komenskiy o'yinga quvnoq bolalik va bolani uyg'un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o'yinlariga e'tiborli munosabatda bo'lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi. P.F.Lestgaft bolalar o'z o'yinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Shunday qilib o'yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o'yinda tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg'or olim va pedagoglar o'zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar.


Tarbiyachilar bolalar o'yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishi lozim:
1. o'yin bilan mehnat o'rtasida to'g'ri munosabat o'rnatish
2. o'yinda bolalarning bo'lajak mehnat ahliga xos bo'lgan jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash.
Shu tariqa o'yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo'lgan ijtimoiy faoliyatdir;
o'yin doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o'zgarishi bilan uning mazmuni ham o'zgaradi; o'yin ma’lum maqsadga yo'naltirilgan ongli faoliyat bo'lib, uning mehnat bilan ko'p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O'yin faoliyati asosida boladagi o'quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik yaxshi o'ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi o'qiydi.
Ilk yoshli bolalar o'yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o'yin bo'lib, u narsa-buyum-o'yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo'l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir. Keyingi bosqich aks ettirish o'yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o'yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta'lim-tarbiyaviy ishlarini ma'lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o'z o'yinlarida qo'llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o'yini mazmun jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi.
Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o'yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo'lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi. Navbatdagi bosqich rolli o'yin bo'lib, unda bolalar o'zlariga tanish bo'lgan kattalar mehnati va kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradilar. Bolalar o'yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to'g'risidagi ilmiy tasavvurlar har xil yosh guruhlarida bolalarning o'yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi.
Shunday qilib MTMning pedagogik jarayonda o'yinning tutgan o'rni juda katta bo'lib, o'yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berishda keng foydalaniladi.
Zero:
- o'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo'ladi;
- o'yin Maktabgacha taiim yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir;
- o'yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;
- o'yin bolalarga ta'lim va tarbiya berishning metod va usulidir;
- o'yin bolalarni o'quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir.
Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari o'yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o'yinning mazmuni, tashkil etilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o'yinining rivojlanish darajasiga ta’sir etish mumkinligini ko'rsatdi. Bolalar o'yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko'ra xilma-xildir. Ijodiy o'yinlarni bolalar o'zlari o'ylab topishadi. Unda oldindan belgilangan qoidalar bo'lmaydi. O'yin qoidasini bolalar o'zlari o'yin jarayonida belgilashadi. Qoidali o'yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali o'yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o'yinlar, harakatli o'yinlar, musiqaviy o'yinlar, ermak o'yinlar. Bolalarga ta'lim-tarbiya berish maqsadida kattalarning o'yinni tanlay bilishi, unga to'g'ri rahbarlik qilish “MTM ta'lim va tarbiya dasturfda belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta'minlaydi. O'yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o'yinni maktabgacha yosh davrida yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O'yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o'tishini ta'minlovchi sifatlar shakllanadi, ruhiyatida sezilarli o'zgarishlar yuz beradi. O'yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o'zaro ta'sir etgan holda shakllanadi. O'ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarak-atrof to'g'risidagi tasavvurini, kattalarga va o'rtoqlariga bo'lgan munosabatini bilib olish mumkin. Shaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning o'yiniga qiziqishini, tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmun jihatidan boy o'yinlar yaratilishi kerak. Bolalarning ijodiy o'yinlarini rivojlantirish uchun esa o'z navbatida yaxshi tashkil etilgan bolalar jamoasi zarur bo'ladi. O'yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, MTMning ta'lim-tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama tarbiyalashda katta o'rin tutadi, O'yinda bola organizmiga xos bo'lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o'yin munosib o'rin egallaydi.
O'yin ta'lim va mashg'ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan uzviy bog'liq bo'lib juda katta ta'lim- tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o'yinlarda muhim bilim egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi, tafakkurini, xayolini, diqqatini, xotirani faollashtirishni talab qiladi, bola masalalarni mustaqil hal qilishga o'rganadi, o'ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq va osonroq usul o'ylab topadi, o'z bilimlaridan foydalanish va uni so'z bilan ifodalashga o'rganadi. O'yinda aks ettirilayotgan narsani bilib olishga qiziqish uyg'onadi. Ko'pincha o'yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Ijodiy o'yinni tor didaktik maqsadlarga bo'ysundirib bo'lmaydi, bu o'yin yordamida juda katta tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.
Qoidali o'yin bolaning sensor rivojlanishini, tafakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqati va xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish imkonini beradi. Har bir qoidali o'yin ma'Ium didaktik maqsadga ega bo'lib, bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo'Iadi. Ta'limning o'yin shaklida bo'lishi muhim ahamiyatga ega bo'lib bolani umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo'Iadi. Ta'limning o'yin shaklida bo'lishi muhim ahamiyatga ega bo'lib, bolaning yosh xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o'yin bolaning aqliy faolligini oshiradi, o'yinda bola mashg'ulotdagiga nisbatan murakkabroq masalani hal qilishi mumkin. Bu ta'lim butunlay o'yin shaklida bo'lishi kerak degan gap emas. Ta'lim turli usullar va metodlarni qo'llashni talab etadi. O'yin ta'lim shakllaridan biri bo'lib, boshqa bir metod bilan qo'shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat, so'zlab berish va hokazolar.
Bola o'ynayotib o'z bilimidan foydalanishni, uni har xil sharoitda ishlata bilishni o'rganadi. Ijodiy o'yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba qilishiga keng yo'l ochiladi. O'yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O'yin jarayonida yuz bergan kechinmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun o'yin bolada yaxshi hislarni, ulug'vor orzular va intilishlarni, sog'lom qiziqishlarni tarbiyalashga yordam beradi. O'yin mustaqil faoliyat bo'lib, bu jarayonda bolalar o'z tengdoshlari bilan aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy kechinmalar birlashtiradi. Shuning uchun o'yin do'stona munosabatlarni tarbiyalashda, jamoa hayoti malakalarini, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirishda muhimdir. Birgalikdagi o'yin bilan birlashgan kichik bolalar jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir bolani faol o'yinga jalb qilish, bolalar o'rtasida do'stlikka, haqqoniylikka, o'rtoqlarini javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar o'rnatishdan iborat. O'yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o'z o'yinlarida har xil kasbdagi kishilari aks ettiradilar. Bu bilan ular kattalarning harakatlariga taqlid qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga, mehnatiga bo'lgan munosabatlarini ham aks ettiradilar. O'yin bolada ko'pincha mehnat qilish xohishini uyg'otadi, o'yin uchun kerakli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur qiladi. O'yinda hozirgi zamon bolalariga xos bo'lgan texnikaga qiziqish paydo bo'ladi va rivojlanadi, bolalar har xil mashinalar yasaydilar va texnik o'yinchoqlar bilan o'ynaydilar. O'yin estetik tarbiyaning muhim vositasidir. O'yinda ijodiy xayol, fikrlash qobiliyati yuzaga keladi va rivojlanadi. Yaxshi tanlangan o'yinchoq badiiy didni tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o'yinlarda harakatning go'zalligi va maromi bolalarni o'ziga maftun qiladi. O'yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o'z-o'zidan amalga oshmaydi. O'yin befoyda, hatto zararli bo'lishi, ba'zan yomon hislarni qo'zg'atishi mumkin. Tarbiyachi o'yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojiantirish vazifasini amalga oshirish uchun unga muntazam ravishda ta'sir etib borishi zarur. Bu vazifani hal etishda o'yin boialar bog'chasidagi ta'limtarbiyaviy ishning hamma tomonlari bilan bog'Iangan bo'lishi kerak. O'yinda bolalarning mashg'ulotlarda olgan bilim va malakalari aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali esa bola hayotga o'rgatiladi. Ikkinchi tomondan, o'yinda tarbiyalangan sifatlar faoliyatning boshqa turlariga ko'chiriladi.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yini xilma-xildir. Ularni o‘yin turlarini asosan quyidagi klassifikatsiya qilish mumkin. 1) syujetli va rollarga bo’lib o’ynaladigan o‘yinlar; 2) Didaktik o‘yinlar; 3) Xarakatli yoki qoidali o‘yinlar; 4) Aralashtirilgan o‘yinlar; 5) qurish va yasash o‘yinlari. Syujetli va rollarga bo’lib o’ynaladigan bog’cha yoshi bolalarni eng asosiy o‘yin formasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar kuprok «bog’cha-bog’cha», «poezd-poezd» kabi kizikarli bulgan o‘yinlar o’ynaydi. Lekin turli yoshdagi bolalarning o‘yinlari bir xil bo’lsa xam syujeti xar xil bo’ladi. Masalan: kichik gurux bolalari «bogcha-bogcha» o‘yinini uynar ekan ular peshinga ovkat pishiradilar, nonni kesadilar, idishni yuvadilar. Ammo kesilgan non kugirchoklarga berilmaydi, pishirilgan ovkat tarelkaga suzilmaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berishda didaktik o‘yinlarni roli katta. Didaktik o‘yinlar maktabgacha ta’lim muassasasida maxsus dastur asosida olib boriladigan mashgulotlarni muvaffakiyatli utkazishga, katta gurux bolalarini maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayyorlashga katta yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlari ichida xarakatli yoki qoidali o‘yinlar xam muximdir. Chunki harakatli o‘yinlar bolalarni jismoniy jixatdan chiniktiradi, dadil, kurkmas, epchil bulishga undaydi. Psixologiya qabul qilinganidek, rolli o‘yin faoliyati syujet va mazmundan tashkil topadi. Odatda syujet deganda, o‘yin faoliyatida bolalar aks ettiradigan voqelikning doirasi tushuniladi. o‘yin syujeti turli davrga, sinfiy xususiyatga, oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiqarish sharoitlariga bog‘liq holda yaratiladi. Bola munosabatga kirishadigan voqelik doirasi qanchalik tor, cheklangan bo‘lsa, o‘yinnnig syujeti shunchalik xira va bir xil ekanligini aks ettiradi. O‘yinlarning syujeti xilma-xilligiga qaramay, ularin maxsus guruhlarga biriktirish imkoniyati mavjuddir. Masalan, yirik psixolog E.A.Arkin o‘yinlarning quyidagi tasnifini tavsiya qiladi: 1) ishlab chiqarishga (texnikaga); sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, kasb-hunarga oid o‘yinlar; 2) maishiy va ijtimoiy siyosatga ro‘zg‘or: bog‘chaga, maktabga, kundalik turmushga oid o‘yinlar; 3) harbiy : urush-urush o‘yinlari; 4) drammalashtirilgan: kino, spektakl va boshqalarga oid o‘yinlar. Biz shu tasnif haqida L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin singari psixologlarning tanqidiy mulohazalariga to‘la qo‘shilamiz, chunki harbiy va drammalashtirilagn o‘yinlarni ham ijtimoiy-siyosiy guruhga kiritish mumkin. Bizningcha, D.B.Elkoninning tasnifi ma’quldir. U maktabgacha yoshdagi bolalarga xos rolli o‘yinlarning syujetiga ko‘ra uchta guruhga ajratishni tavsiya qiladi: 1) maishiy mavzu syujetiga oid o‘yinlar;
2) ishlab chiqarish syujetiga maaluqli o‘yinlar; 3) ijtimoiy-siyosiy syujetli o‘yinlar. Muallif ayrim o‘yin turlari maktabgacha yoshdagi bolalarning barcha bo‘g‘inlariga mosligini, syujetlar maishiydan ishlab chiqarishag qarab va undan ijtimoiy-siyosiy voqealarni aks ettirishga qarab rivojlanishini alohida uqtiradi. Uning fikricha, o‘yin syujetidagi bunday izchillik bolaning bilim saviyasi, turmush tajribasi kengayishi, uning katta yoshdagi odamlar turmushiga chuqurroq kirib borishi bilan bog‘liqdir. Darxaqiqat, o‘yin syujetining o‘sishi turmushning tobora yangi qirralarini aks ettirish bilan cheklanib qolmay, muayyan syujetning o‘ziga xos boshqa ko‘rinishlari bilan boyishi sababli ham amalga oshadi. Bolalarga tashabbuskorlik, jamoaizm, burch xislarini ustiradi. Bunga «Kim birinchi», «koptok», «ok kuyonchautiribdi», «etib ol» o‘yinlari kiradi. Xarakatli o‘yinlar asosan sayr va jismoniy tarbiya mashgulotlarida utkaziladi. Drammalashtirilgan o‘yinlarni xam bolalar sevib uynaydilar. Bu o‘yinlar turli xil ertak va xikoyalar saxnaga kuyiladi,rollarni esa bevosita bolalarni uzlari ijro etadilar. Masalan: «Kizil shapkacha», «Tormok», «SHolgom» drammali o‘yinlar bolalarni nutki xayol va kobiliyatlarini tarkib toptiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlari orasida kurish-yasash o‘yinlari xammaga ma’lum bir maksadga karatilgan buladi. O‘yin faoliyati bolalarni individual ravishda urganish imkonini beradi. Ayrim bolalar jamoa bulib uynashni yoktiradilar bu psixologik bolani umumiy tarakkiyotiga ta’sir etadi. SHuning uchun tarbiyachilar jamoa o‘yinlarga tortishlari kerak. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik proseslari bilan birlikda individual ( shaxsiy) xislatlari ham shaklllanadi. Mana shu nuqtai nazardan o‘yin maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim – tarbiya ishlari orasida eng asosiy, markaziy o‘rinda turadi. Demak, maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim – tarbiya ishlarini muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalarning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga bog‘liqdir.
Xarakatli o‘yinlar asosan sayr va jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida o’tkaziladi. Drammalashtirilgan o‘yinlarni ham bolalar sevib o’ynaydilar. Bu o‘yinlar turli xil ertak va xikoyalar saxnaga qo’yiladi,rollarni esa bevosita bolalarni uzlari ijro etadilar. Masalan: «Kizil shapkacha», «Tormok», «SHolg`om» drammali o‘yinlar bolalarni nutqi xayol va qobiliyatlarini tarkib toptiradi. Bolalar yil davomida egalagan bilim va ko’nikmalari quydagi o’yin mashiqlar orqali ifodalaydi. “Topgan –topoloq”, “Bayroqchaga qarab yur “, ”Yil fasilari” “Munchoqlarni ip’ga tizing “, “Poezd tuzing”, “Garaj” , “Toping nechta o’yinchoq”, “ Kim ziyrakroq”, “ Mozaika”, “Kun qisimlari” .

Nazorat savollari:


1. O’yin deb qanday faoliyatga aytiladi?
2. MTT da o’yin faoliatining roli qanday?
3. O’yin turlarini sanab bering.
4. Didaktik o’yinlar qanday o’yinlar hisoblanadi?
Yüklə 23,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə