Muloqot psixologiyasi



Yüklə 8,25 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü8,25 Kb.
#153752
Muloqot psixologiyasi 2


Muloqot psixologiyasi

1. Bola tili deganda nimani tushunish mumkin?


2. Maktabgacha yoshdagi bolalar qanday muloqotda bo`ladilar?
3. O`smirlar bilan o`spirinlar muloqoti o`rtasida qanday farq bor?
4. Kattalar bir-birlari bilan muloqotda qaysi usullaridan foyda- lanadilar?


1. Bola tili deganda nimani tushunish mumkin?
Kattalar o'yinchoqlar tilidan bola bilan muloqotda bo'lishlari muhim ahamiyatga ega. O'yinchoq o'ynaganda bolalar uni qimirlatishga va og'ziga solishga, ichini ochib ko'rishga harakat qiladilar. 9 oylik bolalarga endi o'yinchoqdan tashqari qog'oz, qalam ham berish kerak. Shunda bolada yozma nutqni, rasmlar chizish elementlarini shakllantirish mumkin bo'ladi. O'yin orqali bolalarda sezgi, idrok, xotira, fikrlash, fantaziya, hayolot kabi ruhiy jarayonlar, ruhiy xususiyatlar shuningdek, xarakter xislatlari, qobiliyat turlari, temperament (mijoz) tiplari rivojlanadi. Bolalarning nutqini, muloqotini rivojlantirishda kattalar muhim rol o'ynaydilar. Bolaning ongini o'stirish uchun o'yinchoqlar va o'yin turlaridan ko'proq foydalanish yaxshi natija beradi.

2. Maktabgacha yoshdagi bolalar qanday muloqotda bo`ladilar?
Maktabgacha yoshdagi bolalar o'yinda taqlid qilish orqali kattalaming hattiharakatlari, o'zaro munosabatlarini ifodalaydilar. Bu ularda muloqot rivojlanishiga yordam beradi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda o'yin faoliyati o'ziga xos xususiyatga ega.
Ular ko'proq harakatli, sport xarakteridagi o'yinlami o'ynaydilar.O'smirlarda, ayniqsa, 5—6-sinf o'quvchilarida o'yinga bo'lgan ehtiyoj saqlanib qoladi. Tanaffus paytlarida, darsdan bo'sh vaqtlarida o'smirlar o'yin faoliyati bilan ham shug'ullanadilar. Ularda o'yin orqali muloqot shakllari rivojlanadi.Umuman o'yin faoliyati bolalar hayotida muhim o'rin egallaydi.
3. O`smirlar bilan o`spirinlar muloqoti o`rtasida qanday farq bor?
Rahbarlar har bir suhbatdoshning yoshini, tajribasini, malakasini hisobga olgan holda munosabatda bo'lishi maqsadga muvofiq. Masalan, o'smirlarga, o'spirinlarga alohida, kattalarga alohida, ishchilarga, oliy ma’lumotlilarga alohida muloqotda bo'lish kerak.
Rahbarlar har bir suhbatdosh bilan uning individualligini hisobga olgan holda munosabatda bo'lishi lozim. Chunki har bir xodimning o'ziga xos temperamenti (mijozi), xarakteri (tabiati), qobiliyati (iqtidori, layoqati), odatlaribor. Ulami o'zgartirish juda qiyin, shuning uchun rahbarlar xodimlarni doimo kuzatishlari, ularning ruhiy xususiyatlarini o'rganishlari lozim. Shunda ular bilan to'g'ri muloqotda bo'lishlari oson bo'ladi. Rahbar xodimlariga doimo jonkuyar, g'amxo'r, vaqti kelganda talabchan, to'g'ri munosabatda bo'lishi kerak.
4. Kattalar bir-birlari bilan muloqotda qaysi usullaridan foyda- lanadilar?
Bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlarda rivojlanib boradi:
1) e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo'ladi;
2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug'iladi;
3) awalgi barcha ehtiyojlarning kattalar tomonidan hurmat
qilinishiga ehtiyoj tug'iladi;
4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o'zaro
bir-birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi.
Yüklə 8,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə