2-ma’ruza. Tarmoq xavfsizligiga zamonaviy taxdidlar reja



Yüklə 334 Kb.
səhifə1/3
tarix26.10.2023
ölçüsü334 Kb.
#131544
  1   2   3
2-maruza


2-MA’RUZA. TARMOQ XAVFSIZLIGIGA ZAMONAVIY TAXDIDLAR
REJA



  1. Tarmoq xavfsizligiga qo’yiladigan talablar.

  2. Tarmoq xavfsizligida xujumlar.



Kalit so`zlar: xavfsizlikka tahdidlar, telekommunikatsiya tarmoqlari, zamonaviy telekommunikasiya tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoya qilish, ruxsat etilmagan foydalana olishlarning oqibatlari turlari.

Telekommunikasiya tarmog’ining asosiy elementi sifatida telekommunikasiya tizimlarining tarmoq xavfsizligini ta’minlash masalasi muhim ahamiyatga ega, chunki xavfsizlikka tahdidlar oqibatlari quyidagilar hisoblanadi:



  • telekommunikasiya xizmatlariga ruxsat etilmagan ulanish, shuningdek, telekommunikasiya tarmoqlaridagi turli firibgarliklar;

  • telekommunikasiya tizimlari alohida elementlarining yoki butun telekommunikasiya tizimlarining ishdan chiqish imkoniyati;

  • telekommunikasiya tizimlarining ishlash samaradorligini kamayishi;

- telekommunikasiya tizimlarining texnik vositalarida olib boriladigan abonentlarning axborotlarini chiqib ketishi;
- telekommunikasiya tizimlarida uzatiladigan ma’lumotlar bazasi axborotlarining chiqib ketishi.
Telekommunikasiya tarmoqlarida tarmoq xavfsizligini ta’minlashning asosiy ob’ektlari quyidagilar hisoblanadi:

  • tarmoqda qayta ishlanadigan va aylanadigan abonentlar axborotlari;

  • tarmoqdagi texnik vositalari;

  • mos DT va operasion tizimi (OT);

  • boshqarish tizimi;

  • ma’lumotlar bazalari ko’rinishidagi telekommunikasiya ma’lumotlari.


2.1-Rasm. Ma’lumot uzatish tarmog’i qurilmalariga bo’ladigan xujumlar
Zamonaviy telekommunikasiya tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoya qilish deganda uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotning ishonchliligi va butunligini ta’minlash maqsadida turli xil vosita va usullarni ishlatish, choralarni ko’rish va tadbirlarni o’tkazish tushuniladi.
Axborotni ximoya qilish – bu:

  • axborotning fizik butunligini ta’minlash, ya’ni axborot elementlarini xalaqitlarga uchrashi va yo’qolishiga yo’l qo’ymaslik;

  • axborot butunligini saqlashda uning elementlarini almashtirishga (modifikasiyaga) yo’l qo’ymaslik;

  • mos vakolatlarga ega bo’lmagan shaxslar yoki jarayonlar tomonidan axborotni ruxsat etilmagan olinishiga yo’l qo’ymaslik;

  • egalariga uzatilayotgan resurslar faqatgina tomonlar kelishgan shartlarga mos ravishda ishlatilishiga ishonch hosil qilinishi kerak, demakdir.





Yüklə 334 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə