2-mavzu: Turon kurashni va uning rivojlanish tarixi



Yüklə 232,03 Kb.
səhifə1/5
tarix12.05.2023
ölçüsü232,03 Kb.
#109890
  1   2   3   4   5
2 maruza


2-mavzu: Turon kurashni va uning rivojlanish tarixi

Reja:
1.Turon milliy yakkakurashining kelib chiqish tarixi.


2. Mustaqillik yillarida turon yakka kurashining rivojlanishi.
3.Turon yakkakurashining falsafiy asosi, sportchilarning axlоqiy, irodaviy sifаtlаrini tаrbiyalаsh o‘zini tutish etikasi.


Tayanch so’z va iboralar: turon, iroda, etikasi, vosita, texnika, taktika, vosita, tur, tura, thora, pahlavon, jangchi, koinot.
1.Turon milliy yakkakurashining kelib chiqish tarixi.
Qadimgi manbaalarda e’tirof etilishicha, ulug‘ hoqon Fariuddinning Tur Salm, Eraj ismli o‘g‘illari bo‘lib, shoh o‘z saltanatini farzandlariga taqsimlab berib, farzandlariga tegishli hududlar, keyinchalik ularning nomiga muvofiq, TURON, SAMRON, ERON, tarzida yuritila boshlandi. Firdavsiyning «Shohnoma» sida ham yuqoridagi nomlar qahramonlar sifatida zikr etilgan.
Tur,Salm, Eraj siymolariga «se xurshedrux»uch quyoshchehra» deb nisbat bergan Firdavsiyning Tur tasarrufidagi Turon yerlari xususida qator manbaalarda shunday ma’lumotlar bor «Tur-shoh Fariuddinni katta o‘g‘lining nomi»; Movorounnahr Turon o‘lkasining viloyatlaridan biri bo‘lib, sharqi Farg‘ona, garbi Xorazm shimoli Samarqand bilan chegaralan.
«Farangi Onandroj» Turon deb nomlanuvchi o‘lka atamasi, tarixi va ma’nosini ikki qator izoh bilan cheklash tarixiy haqiqatdan ko‘z yumish bo‘lardi. Turon atamasi lug‘atlarda ko‘p uchraydi. Shuning binobarida ularda turli – tuman yashirin ma’nolari izohlandi. TURON atamasi pahlaviy (qadimgi fors) tilida Tura (Thora) so‘ziga muvofiq bolib, “Pahlavon” ma’nosini anglatadi (tarixda G‘arbiy Sibr yerlari Tura deb nomlangan). “AVESTO” kitobining «Got» va «Yasia» (46;12) “Farvaridin”, “Yasht”(143;13;123) bo‘limlarida bu so‘z (Turon) xalq, toifa (qabila) sifatida kelgan. Shuningdek, Avestoda, haqiqat asrlar mobaynida insoniyatning oliy maqsadi, inson qadru-qimmatining mislsiz o’lchovi bo’lib keldi, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy yetuklik jangovar san’at namoyondalari, Afrosiyob, Bahrom kabi pahlavonlar jasurligi jangovar san’atni puxta egallaganlar va xalq ichida hurmat qozonganlar.
Keng maydon jang maydoni, kuch sinashish, maydonda o‘zini himoya qilish,munosib qarshilik ko‘rsatish, jasur pahlavonlar bahodirlar maydoni, kim kuchli bo‘lsa, o‘shanikidir bu so‘zlar Avestoda yozib qoldirilgan bo‘lib chuqur tarixiy ma’noga ega.
Lug‘atlarda lug‘aviy ma’nosi shunday: Tur, jasur tengsiz, bahodir, pahlavon fatx etuvchi(fotix) deb izohlangan. Sanskrit (qadimgi hind) tilida Tur istiloxi jasur, shijoatli, ma’nolarini bildirgan.
Abulqosim Firdavsiy, Batlimus, Ptilomey Kladviy, qadimgi yunon olimi Almages, Abu Abdullo Muhammad ibn Yusuf Xorazmiy XI- X asr, o‘rta asr tarixchisi Tabariy ( XVII asrda yashagan, Xoji Zayn ul – Obiddin, Shirvoniy) IX asrda yashagan Ibn Farigun, Manuchehr Damgoniy (X-XI asr) kabi ko‘plab olimlar asarlarida TURON so‘ziga izohlar berib asl ma’nosi math ettirilgan.
Uch ming yillik tarix mujassam jangovar san’at, Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng “Turon” deya nom oldi. Tarixiy negizga ega, Turon so‘zining ma’nosi – epchil, jasur, qo‘rqmas, dovyurak tengsiz pahlavon, bahodir demakdir. Qadimiy O‘zbekiston hududida o‘z so‘zlashuviga ega bo‘lgan qabilalar yashagan, epchil, mard, dovyurak ma’nosiga ega bo‘lgan Turon so‘zi o`rniga boshqa sinonim so‘zlar ishlatilgani uchun bu so‘z ishlatilmay qolgan.
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning “Biz kim, mulki turon amiri turkistonmiz!” so‘zlari tarixiy buyuk hikmatli so‘zga aylandi, bu so‘zlarda shunday ma’no borki, ajdodlarimiz qoldirib ketgan Turon so‘zining ma’nosini beruvchi insoniylik, oliyjanoblik, haqqoniylik, mehribonlik, chidam, og‘a-inilik, vijdon, o‘zaro hurmat bizlarga qarata aytilgan.
Greklarning buyuk faylasufi Geradotning “Tarix” kitobida jangovar san’atning namoyondasi To‘maris puxta tayyorlanganligi jang qilish bobida tengsizligi muhim o‘rin egallab tarixda nom qoldirgan. Alpomish, Kuntug‘mish, Go‘ro‘g‘li turkumidagi dostonlarda, qizlarning jangovar tay-yorgarligi erkaklar barobarida, kuch sinashib bellashganini guvohi bo‘lamiz.
Mashhur tarixchi Shahobiddin Muhammad an Nasafiy tarixda buyuk ishlari mardliklari, qahramonliklari jasur, kuchli, jang san’atini juda puxta bilgan Jaloliddin Manguberdi haqida asarni umrining oxirgi yillarida yozishga kirishgan.
1249 yilda vafotidan sal oldin tugatadi, asarda 1118 yildan boshlangan 1231 yilda Xorazm, Movorounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron kabi davlatlar aniqrog‘i Jaloliddin Manguberdi haqida voqealarni batafsil bayon etgan.
Yoshligidan juda epchil, chaqqon jismoniy jihatdan baquvvat, ot minish va ot ustida yaxshi tura olgan, mohir jangchi bo‘lib, jang qilish, kurashish bobida tengi yo‘q, jang san’atini mohir ustasi sifatida jahonda nom qoldirgan. Manbaalarda yozilishicha Jaloliddin Manguberdi bir o‘zi 8-9 nafar jangchiga teng kelgan u jang qilishni va muntazam ravishda jangovarlik san’atini oshirishirib, puxta tayyorlangan zabardast, helbat jangchi bo‘lgan. Uning mohir sarkardaligini ko‘pgina tarixchilar o‘z asarlarida ta’kidlab o‘tganlar. Jumladan Al Maqsidiy, Abul Fido, Ibn Xoldin, Al Xazarjiy, Ibn Shodon, As Safadiy manbalarida, Jaloliddin Manguberdi qo‘shini ularning jangovar tayyorgarligi va janglardan oldin jang qilish taktikasi yo‘sinlarini jangchilarning maydon tortib borayotganda jasurligi, dovyurakligi, shamshirlar, tayoqu,arqonlar ularning harakatlari, jang vaqtidagi holatlari zikr etilgan. Jaloliddin Manguberdi Xorazmshohlar davlati namoyondasi mard, jasur, qahramon, vatanparvar, fidoiy xalqi uchun, or nomusi uchun kurashgan o‘rta asrning yetuk jangchisi, kurashlarda janglarda, jangovar qo‘shinning muntazam tayyorgarligini ta’minlagan jangovarlik san’atining yetuk namoyondasi hisoblanadi.
Jaloliddin Manguberdi “O‘rta asr yo‘lbarsi” deb nom olgan. Tarixchilar ko‘pgina asarlarida, Jaloliddin Manguberdi jang qilish vaqtidagi holati jismoniy, ruhiy, tetik jismonan baquvvat, jasur bahodirligi bilan iz qoldirgan deya ta’rif berishi bejiz emas albatta.
V.Batrol, Tolstov "Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab" asarida bu davr tarixi Jaloliddin Manguberdini jasoratiga dovyurak jangchiligini,mislsiz qobiliyat, puxta o‘zlashtirilgan jang qilish (taktikasini) bilgan tarixda o‘chmas iz qoldirgan deya uning faoliyatiga yuksak baho bergan. Jaloliddin jangchilariga alohida-alohida guruhlarga bo‘lib, jang qilishni o‘rgatgan, qo‘l ostidagi jangchilarining yetuk puxta o‘rganishi, dushmanni yengish uchun qilich, tayoq, o‘tkir uchli nayzadan foydalanishgan va janglarning turli xil ko‘rinishlarini o‘rgatgan, lashkarlarni, jangchilarni har oyda bir necha marta ko‘rikdan (sinov mashqidan) o‘tkazgan.
Abu Ali ibn Sino odam gavdasining mutanosibligi va uning harakati mexanikasini o‘rgandi.U jismoniy tarbiyaning kishi organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini nazariy jihatdan isbotladi (kishi organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi) va uni qo‘llash yo‘llarini ishlab chiqdi. Ibn Sino badan tarbiyani ikkiga bo‘ladi:
- odam ish jarayonida qiladigan harakatlari;
- maxsus badan tarbiya mashqlari harakatlari.
Besh jilddan iborat «Tib» qonunlarida kishi tanasi tuzilishining tavsifi kasalliklari etimologiyasi, sog‘lom hayot kechirish haqida, kasalliklarini tabiat kuchlarini va dori-darmonlar bilan davolashga doir ko‘rsatmalar beradi.
Ibn Sinoning profilaktikaga doir ko‘rsatmalari haqida fikri alohida ahamiyatga ega. U odamlarga butun hayoti davomida sog‘lom yashash va sog‘ligini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan rejasini taqsim etadi. Yosh va sog‘lom yashash, sog‘ligini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan rejani o‘rganadi. Sog‘lom hollarda mos keladigan ovqat tanlab iste’mol qilish me’yori bilan ovqatlanish, suyuq narsalar iste’mol qilish, turar joy va tanani toza tutish shuningdek jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug‘ullanish, uzoq umr ko‘rish vositalari deb hisoblaydi.
Ibn Sino turli mashqlar orasida meyyori bilan uzoq va tez yugurish, kurash tushish, turli xil ko‘rinishdagi mashqlar va ot minishni alohida ta’kidlagan edi. Ibn Sinoning fikricha, mashqlardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, qon aylanishi, nafas olish va organizmda modalar almashinuvini yaxshilashdan iborat. U jismoniy mashqlar bilan erkin va zo‘riqmasdan shug‘ullanishni, bunda organizmlar faoliyatida paydo bo‘lgan nafas olishni tezlashtirmasligi va yurak faoliyatini keskin ravishda normal holatda bo‘lishini tavsiya qiladi. Ibn Sino jismoniy mashqlarni qo‘llash uslubiyatiga doir yetarlicha ko‘rsatmalar bera olgan edi. Jismoniy tarbiyaning miqdorini belgilashga jiddiy e’tibor bilan qarash lozim. Jismoniy tarbiya organlarning turli holatlariga qarab, turlicha bo‘ladi, agar organlar juda mo’tadil bo‘lsa, ular uchun mo’tadil badan muvofiq keladi, kuchsiz organlarni quvvatli qilmoq zarur bo‘lsa, o‘sha organga muvofiq keladigan va maqsadga loyiq bo‘lgan, jismoniy tarbiya tayinlanadi.
Ibn Sinoning jismoniy tarbiya masalalari haqida chuqur ilmiy fikrlari asrlar osha tarbiyachilar uchun dasturul amal bo‘ldi.
Ko‘rinib turibdiki xalq bahodirlari, pahlavon, jangchilar, qo‘qrmas dovyuraklar qadim zamonlardan buyon katta jismoniy kuch, chidamlilik, mardlik, oliyjanobligi bilan ajralib turgan.
Ular vatan himoyasiga otlanganlar, haqiqatni himoya qilganlar. Xalq qahramonlari haqidagi ko‘p afsonalar va ularda yashiringan haqiqatni biz, o‘tmish adabiyotlardan bilib olamiz.
Binobarin xalqimiz tarixi, O‘rta Osiyo turkiy xalqlari o‘tmishida kuch sinashishlar va yengilishni xayoliga keltirmay jang qilgan ota bobolarimiz, avlod, ajdodlarimiz, to‘dasi, urug‘i, jamoasi uchun olib borgan janglar, raqobatlar bellashuvlar, kurashlar, asrlar oshib, jang qilish san’atini yuksalishiga olib keldi.
XIV asr oxiri XV asr boshlarida jangovarlik, jang qilish san’ati izga tushib mukammal olishuv jangovarlik san’ati maromiga yetgan bu davr sohibqiron Amir Temur zamonasida yuzaga keldi.
Turkiy xalqlarning jang qilish san’ati munosib sharoitda qadimdan mashhur bo‘lgan. Bu turdagi yakkamayakka kurashish usuli, Temuriylar hukmronligi davrida (1370-1570) harbiy san’at hamda jismoniy mashqlarning xilma-xil turlari yanada rivoj topdi. Buni isbotlovchi juda ko‘p manbaalar uchraydi.

Amir Temur juda kuchli, jangovorlik san’atini yetuk ijrochisi jasur, jismonan baquvvat, piyoda va ot ustida jang qila oladigan, ov qilishni yaxshi biladigan sovuqqa, kuchli issiqqa, suvda, tog’larda uning yon bag‘rlarida, turlixil ob-havoga vaziyatni bilib, undan tezda chiqa oladigan qo‘shinni tayyorlashda juda katta etibor qaratgan. Jangchi qilich nayza, tayoqlar, xanjar bilan va yaroqsiz holga kelgan vaqtda o‘zini himoya qila olishi, chaqqonlik, chidamlilik, irodalilik, jasorat ko‘rsata olib, jang maydonida o‘zini yo‘qotmasligi, hayqiriq olomon ovozi, raqib tomon ustunlik sari kelayotgan vaqtda o‘zini jonidan, qonidan kechib bo‘lsaham, ortda turgan uni g‘alabasini kutayotgan, qavm-qarindosh, avlodu-ajdodini o‘ylab kelajak sari matonat bilan jang qilish shart edi.
Jangda jangovar tayyorgarligi, bahodirlik, jang san’at usullari, harakatlarini amalga oshirishlari nazarda tutilgan.

Yüklə 232,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə