26- mavzu. Soliqlarning asosiy elementlari va ularning mazmun mohiyati. Reja



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü95,5 Kb.
#140175
  1   2   3   4   5
26- mavzu. Soliqlarning asosiy elementlari va ularning mazmun mo


26- Mavzu. Soliqlarning asosiy elementlari va ularning mazmun mohiyati.
Reja:

  1. O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va yig‘imlar tizimi

  2. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning asosiy elementlari.

  3. Soliq imtiyozlari va ularning qo’llanilishi.

  4. Soliqlarning boshqa elementlar.



Tayanch so’z va iboralar: soliq ob'ekti, soli bazasi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq davri
Soliq sub’ekti – soliq munosabatlarining ishtirokchilari; soliq ob’ekti – soliq solinadigan daromad, oborot yoki mol – mulk; soliq bazasi – soliq Kodeksida belgilangan imtiyozlar va chegirmalar chegirib tashlangandan so’ng qolgan daromad.
1.Soliqlarning va yig‘imlarning turlari
O‘zbekiston Respublikasi hududida soliq kodeksining 17- moddasiga asosan quyidagi soliqlar belgilangan:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
51) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soli'g'i1
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi soliq Kodeksida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.
Chet davlatlar avtotransport vositalarining O'zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig'imni hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig'imlarni hisoblab chiqarish va to'lash tartibi soliq kodeksi bilan tartibga solinadi.2
Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari
Soliq kodeksining 18-moddasiga asosan maxsus soliq rejimlari belgilab berilgan. Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin.



Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə