26- mavzu. Soliqlarning asosiy elementlari va ularning mazmun mohiyati. Reja


Soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü95,5 Kb.
#140175
1   2   3   4   5
26- mavzu. Soliqlarning asosiy elementlari va ularning mazmun mo

Soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stavkasidan, shuningdek mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq davri uchun soliq summasini hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi.
Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Soliq Kodeksida nazarda tutilgan hollarda bu majburiyat soliq organiga yoki soliq agentiga yuklatilishi mumkin.
Agar soliq Kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar va soliq agentlari soliqlar hamda yig‘imlarni mustaqil ravishda to‘laydi.
Soliqni to‘lash soliqning to‘liq summasi bo‘yicha yoki Soliq Kodeksida nazarda tutilgan boshqacha tartibda amalga oshiriladi.
Agar soliq bo‘yicha soliq davri bir necha hisobot davrini tashkil etsa, ulardan har birining natijalari bo‘yicha joriy to‘lovlar to‘lanadi. Joriy to‘lovlarni to‘lash majburiyati soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi.
Alohida soliq turlari uchun bo‘nak to‘lovlari nazarda tutilishi mumkin. Bo‘nak to‘lovlarini to‘lash majburiyati soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz shaklda to‘laydi.
Soliqlar va yig‘imlarni turlari bo‘yicha hisoblab chiqarish tartibi hamda to‘lash muddatlari Soliq Kodeksining Maxsus qismida belgilanadi.


3.Soliq imtiyozlari va ularning qo’llanilishi.


Soliq imtiyozlari — soliq elementlari ichida markaziy bug’inni egallovchi elementlardan biri hisoblanadi. Soliq Kodeksda, boshqa qonunlarda va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq to’lovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliqni to’lamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda to’lash imkoniyati soliq imtiyozlari deb e’tirof etiladi.
Jahon soliq tizimining asosiy va ajralmas qismlaridan biri soliq imtiyozlaridir. Har qanday davlat uning xo’jalik yuritish tizimi qanday bo’lishdan qat’iy nazar davlat byudjetini daromadlar bilan ta’minlashda asosiy vositalardan biri bu soliqlar va soliqsiz to’lovlardir. Ammo joriy etilgan soliqlar sof fiskal shaklda o’rnatilishi mumkin emas. Chunki faqat byudjet manfaati nuqtai nazaridan o’rnatilgan soliqlarni amal qilishi uzoq vaqtni o’z ichiga olmaydi. Shuning uchun muayyan darajada soliq imtiyozlaridan foydalanish taqozo etiladi.
Soliq to‘lovchiga soliqlarni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi.
Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas.
Ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
Soliq Kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar soliqlar bo‘yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq davrlarida to‘xtatib turishga haqli, bundan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish mustasno.
Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni aniq maqsadlarga yo‘naltirishi sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag‘lar maqsadli ishlatilmagan taqdirda maqsadsiz ishlatilgan mablag‘lar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda budjetga undirilishi lozim. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shagan va mazkur imtiyozlarning amal qilish davrida foydalanilmagan mablag‘lar summasi berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng bir yil davomida ularni taqdim etishda belgilangan maqsadlar uchun yo‘naltirilishi mumkin. Bunda belgilangan muddatda foydalanilmagan mablag‘lar budjetga o‘tkazilishi lozim.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni aniq maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan, berilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi, bundan ijtimoiy soliq va O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirishda (importida) to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining kamaytirilgan soliq stavkalarini belgilash yoki soliq to‘lashdan ozod qilish huquqiga ega.
«Soliq imtiyozlarini hisobga olish soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan va soliq imtiyozlarining har bir turiga maxsus identifikatsiya kodini bergan holda amalga oshiriladi»3;
Soliq imtiyozlarining shartli uchta guruxi mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

  • soliqlardan vaqtinchalik ozod bo’lish;

  • soliqlardan qisman ozod bo’lish;

  • soliqlardan butunlay ozod bo’lish.

Umuman olganda, har bir xukumat soliq imtiyozlari berishdan bir necha maqsadni ko’zlaydi. Jumladan:
kichik va xususiy biznesni rivojlantirish;
moddiy ishlab chiqarishni rag’batlantirish;
nogironlarni ish joylari bilan ta’minlash;
maxalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilinshi jadallashtirish;
erkin almashtiriladigan valyuta jamg’armasini ko’paytirish;
qishloq xo’jaligi xom ashyo mahsulotlarini tayyor mahsulotga aylantirishni rivojlantirish;
mahalliy iste’mol tovarlari ishlab chikarishni rag’batlantirish;
bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat uchun o’ta zarur bo’lgan tarmoq va sohalar tarkibidagi korxonalarni qo’llab-quvvatlash.

Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə