3- laboratoriya mashguloti:
Mavzu: Sportchilarning jarohatlanishi. Ochiq va yopiq jarohatlarda 1-tibiiy
yordam.
Reja:
1.
Sportchilarning jarohatlanishi.
2.
Ochiq va yopiq jarohatlarda 1-tibbiy yordam.
Ishning maqsadi
: Talabalargasport mashg’ulotlari vaqtida jarohatlar olish va
ularning sababi ko
Kutilayotgan natija:
Talabalarsport mashg’ulotlari bilan shug’ullanish
natijasida jizmoniy mashqlarning organizmga ta’sirini
bilish uchun sport
mashg’ulotlaridan so’ng organizmning tiklanishini tekshirish usulini o’rganadi.
Kerakli jihozlar va materiallar
: Fonendoskop, ko’rsatkichli tanometr.
Grekchada
"trauma"-
shikastlanish degan ma'noni anglatadi.Organizmga ta'sir
qilish omiliga ko'ra shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi.
1)Mexanik shikastlanishlar (kuchli zarb tegishi, ezilish, cho’zilish).
2) Fizikaviy shikastlanishlar (issiq va sovuq ta'siri, elektr toki ta'siri, radioaktiv
nurlanishlar)
3)Kimyoviy shikastlanishlar (kislotalar, ishqorlar ta'siri).
4)Ruhiy shikastlanishlar (qattiq qo’rqish, vahima qilish).
Shikastlanishlarning og'ir-yengilligi bu omillarning kuchiga va ta'sir qilish vaqtiga
bog'liq. Shikastlanishlar bo'yicha quyidagi tasnif qabul qilingan.
l.Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan shikastlanishlar. Bular o’z navbatida
transport shikasti, temir yo’l,
avtomobil,
tramvay va hokoza,
piyoda ketayotganda,
sport shikasti, sport bilan shug’ullanganda, tabiiy ofatlar ta'sirida
shikastlanishlar, yer
qimirlash,
sel kelish va hokazo, turmushda urush-janjallar oqibatida uchraydigan
shikastlanishlarga bo'linadi.
2.Ishlab chiqarish bilan bogliq bo'lgan shikastlanishlar, ko'pincha sanoat
korxonalarida va qishloq xo’jaligida ko'proq uchraydi.
3.Qasddan
qilingan shikastlanishlar; harbiy holatlarda, o'z-o'zini o'ldirish, birovni
qasddan o’ldirish va hakazo farqlanadi.
Mexanik kuchlarning ta'siriga qarab shikastlanishlar: bevosita va bilvosita
shikastlanishlarga bo'linadi:
1.Bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri shikastlanishlar (og'riq,
qon quyilishi, shishlar)
2.Bilvosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bo'lmagan shikastlanishlar.
Teri va shilliq pardalarning jarohatlanishiga qarab shikastlanishning
quyidagi turlari
farqlanadi: