3-Mavzu: O`qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo`llari



Yüklə 301,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix21.12.2023
ölçüsü301,77 Kb.
#153813
  1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu



3-Mavzu: O`qish malakalarining sifatlari va ularni 
takomillashtirish yo`llari
 
Dastur talablarini to`liq bajarish 
va amalga oshirish uchun
, birinchi 
navbatda o`qish ko`nikmalarini to`g`ri va puxta egallash va 
takomillashtirib borish zarur. 
O`qish ko`nikmalari savod o`rgatish jarayonida shakllanadi, o`qitishning 
keyingi bosqichlarida takomillashadi. 
O`qish malakalarining sifatlariga 
badiiy asar matnini to`g`ri, tez, ongli 
va
 
ifodali o`qish kiradi. O`qish darslarida o`quvchilarning o`qish 
malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi. O`qish malakasining 
sifatlari o`zaro bog`liq bo`lib, ularning asosiysi ongli o`qish hisoblanadi: 
o`quvchi matnni tez va to`g`ri o`qisa-yu, anglab o`kimasa yoki uning tez 
o`qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to`g`ri o`qisa-
yu, o`ta sekin o`qisa, nutq birliklari orasida pauzalarga e`tibor bermasa, 
matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va 
to`g`ri o`qish ongli o`qishga xizmat qiladi; to`g`ri, tez va ongli o`qish 
esa ifodali o`qishning asosi hisoblanadi. 
O`qish 
malakalarini 
egallash 
maktabda 
o`qitiladigan 
barcha 
predmetlarni muvaffaqiyatli o`zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. 
O`qish faoliyatning asosiy turi bo`lib, o`quvchilarni g`oyaviy-siyosiy, 
aqliy, estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta 
imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o`qish malakalarini o`stirish va 
takomillashtirish ustida sistematik va maqsadga muvofiq ishlashni talab 
qiladi. 
O`qish malakasini egallash ancha murakkab bo`lib, uni shakllantirish 
uzoq vaqtni talab etadi. Psixolog T. G. Egorov o`zining «Ocherki 
psixologii obucheniya detey chteniyu» nomli asarida o`qish malakalarini 
shakllantirish jarayonini uch bosqichga ajratadi: 
analitik bosqich, 
sintetik bosqich va
avtomatlashgan bosqich. 
Analitik bosqich savod 
o`rgatish davriga to`g`ri keladi,
 
bunda so`zni bo`g`in-harf tomonidan 
tahlil qilish va bo`g`inlab o`qish malakasi shakllantiriladi. Sintetik 
bosqich uchun so`zni sidirg`a o`qish xarakterlidir; bunda so`zni ko`rish 
orqali idrok qilish va uning talaffuzi so`z ma`nosini anglash bilan asosan 
mos keladi. O`qish so`z ma`nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. 


O`quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o`tadilar. Bundan keyingi 
yillarda o`qish avtomatlasha boradi. 
O`qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar 
mazmunini tahlil qilish o`qish malakalarini takomillashtirishga 
yo`naltirilgan 
bo`lsin. 

Yüklə 301,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə