Mavzu: Zamonaviy boshlang’ich sinf o’qituvchisining sifatlari Ko‘makova. D. Sh. Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti o’qituvchisi



Yüklə 25,46 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü25,46 Kb.
#142707
  1   2   3
Maqola


Mavzu: Zamonaviy boshlang’ich sinf o’qituvchisining sifatlari
Ko‘makova .D.SH. Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti o’qituvchisi
Mamlakatimizda ta’lim tizimi dunyo mamlakatlari orasida alohida e’tirofga ega. Chunki milliy mentalitetimizdan kelib chiqqan holda tashkil topgan bunday tizim uzoq tarixiy ildiz asosida shakllangan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun”ning qabul qilinishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim bilan birga boshlang‘ich ta’limning ham mavqei oshib bormoqda. Chunki bolalarning ta’limi va tarbiyasi ana shu davrdan boshlab shakllantiriladi. Har bir xalqning, millatning ertangi kuni o‘sib kelayotgan yosh avlodning bugun qanday ta’lim-tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularning har tomonlama yеtuk va barkamol insonlar bo‘lib yеtishishlariga bog‘liq. Bunday mas’uliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon o‘qituvchisi, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan o‘z kasbiy mahoratlarini oshirib borish, ilg‘or pеdagogik tеxnologiyalar mohiyatini anglash va ulardan o‘z darslarida unumli foydalanishni taqozo etadi. Zamonaviy o‘qituvchi yuksak tarbiyaviy va ta’limiy tayyorgalikka ega bo’lgan, ta’lim jarayonida ilg‘or pеdagogik tеxnologiyalarni puxta egallagan, ularni tahlil qilish va amaliyotga joriy eta oladigan inson bo’lishi lozim.
Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarda tafakkur qilish faoliyatini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalari rivojlantiriladi. Xususan, darslar ijtimoiy-foydali bo‘lishi uchun o‘quvchilarda o‘z fikrini grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini tinglayolish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o‘stirish ko‘rsatmasi grammatik materialni o‘rgatishda o‘quvchilarning tilimizdagi har bir so‘z turkumi yoki so‘z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qo‘llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya grammatik to‘g‘ri va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o‘stirishga amalda tatbiq etish uchun o‘rgatiladi. Darsda o‘quvchilar nutqini o‘stirish darsning mazmunida va qo‘llannilgan vazifalar turlarida o‘z aksini topadi. Bu ma'suliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon pedagoglariga, ayniqsa boshlang‘ich sinflarda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarga o‘z kasbiy mahoratlarini doimiy tarzda oshirib borishlari, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to‘liq anglashlari va uni o‘z darslarida mohirona foydalanishlarini taqozo etmoqda. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta'lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin fikrlaydigan erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi, o‘quvchilar esa ishtirokchiga aylanmog‘i kerak. Ana shu vazifani uddalashga innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik zarur. Ularga oddiy, oson va kam vaqt sarflanadigan o‘yin mashqlaridan foydalanib, darslar o‘tish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatlarini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Axborot oqimi keskin ortgan, turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, yangilikni o‘rganishga doim tayyor bo‘lgan, hamkorlikdan cho‘chimaydigan, muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi bo‘lishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qo‘llanishiga yo‘l ochilishi maqsadga erishish yo‘lidagi to‘g‘ri qadamdir. Hozirgi kun o’qituvchisidan ta’lim tizimida yangi texnologiya unsuri bo‘lgan interfaol usullardan keng foydalanish ham talab etiladi.
Bu usullar orqali o‘quvchilarni darslarda yana ko‘proq munozaraga kirishishga chorlash talab etiladi. Bunda o‘quvchilarga erkinlik berish, ularni qo‘llab-quvvatlash lozim. Har bir bolaga fe’l-atvori, yoshi, aql-idrokiga qarab ijobiy munosabatda bo‘lish, o‘quvchi bilan o‘qituvchi hamkorligini ta’minlaydi. Kichik yoshdagi bola ruhiyatida har bir narsa va hodisaga qiziquvchanlik faoliyatini rivojlantirish, ulardagi bilishga bo‘lgan intilish kabi xislatlar rivojlantirilishi kerak. O‘quvchilarni vaqtida rag’batlantirish va maqtab turish lozim, sababi, bolalar maqtovni juda yaxshi ko‘radilar.
Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya berishda, o‘qituvchidan chuqur bilim, katta mahorat, ma’naviyati boy, izlanuvchan, eng muhimi fidoiy bo‘lish talab etiladi. To‘g‘ri va xilma-xillikda tashkil etilgan darslar, o‘quvchilarni faolligi va qiziqishi, bilimini oshirish orqali, barkamollikni shakllantirib boradi.
Hozirgi kunda, biz yangi pedtexnologiyalar, interfaol metodlar, umuman ta’lim jarayonini yuksak samarasini oshiruvchi yo‘l-yo‘riqlar ko‘p bo‘lib, ulardan fanga, mavzuga mosini erkin tanlab, unumli foydalanib, ozgina izlanish orqali o‘ziga xos darslarni tashkil etishimizga imkon beradi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida turli usullardan foydalaniladi. Lekin, bir usul borki, bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi yaqinlikni ta`minlaydi, darsning mana shu jarayoni "o‘yin" deb ataladi. Bunda deyarli barcha o‘quvchilar qatnashadilar va harakat qiladilar. Bu jarayonda o‘quvchilar nimadir o‘rganadilar. Bunda hamma harakat qiladi, a’lochi ham, o‘rta o‘quvchi ham, ulgurmovchi ham sergak tortadi. Chunki sinfda o‘tirgan bolajonlar yaqinginada o‘yinlar olamidan kelgan. Agar o‘qituvchi ta`limiy o‘yinlarni o‘ylab qiziqarli qilib o‘tkazsa bolada "hayratlanish" tuyg‘usi uyg‘onadi, ta’lim-tarbiyaning ana shu jarayoni o‘quvchilarning yodidan chiqmaydi va o‘yindan ko‘zda tutilgan maqsad shakllana boradi. O‘yinlar ikki xil ahamiyatga ega bo‘lib, ular ta’limiy va tarbiyaviydir.

Yüklə 25,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə