Mavzu: Zamonaviy boshlang’ich sinf o’qituvchisining sifatlari Ko‘makova. D. Sh. Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti o’qituvchisi



Yüklə 25,46 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü25,46 Kb.
#142707
1   2   3
Maqola

Ta’limiy o’yinlarda bolalarda o‘qituvchi tomonidan berilayotgan bilim, ko‘nikma, malakalar o‘yin orqali o‘zlashtiriladi. Tarbiyaviy o’yinlarda esa, Bolalarga singdirilayotgan bilim, ko‘nikma, malakalar orqali axloqiylik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi sifatlari shakllantiriladi.
Bugungi kunda interfaol metodlar nomi bilan kirib kelayotgan metodlar o‘qituvchi-o‘quvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Qisqa vaqt mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni o‘quvchiga yetkazish unda ayrim faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hosil qilish, ma’naviy sifatlarini shakllantirish, shu bilan birga ularni nazorat qilish hamda baholash, o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat va chaqqonlik talab etadi. Quyida ba’zi interfaol usullarning afzalliklari haqida o’z fikrimizni keltiramiz.
Aqliy hujum - bu metod asosida chegaralangan vaqt ichida aqlning tezkor harakati orqali o‘ziga xos muammo, vazifa xususida barcha ishtirokchilarning imkon qadar ko‘proq g‘oyalarni yaratishi yotadi, ya`ni topshiriq barcha uchun yakka holda bajarilib, fikrlar umumlashtirilib bittasi ustida to‘xtaladi.
Debat – bu usulning maqsadi o‘zaro bahs-munozara asosida mukammal yechim variantlarini yuzaga chiqarishdir. Shu asosda bolalarda og’zaki nutq o’stirish ishlari ham amalga oshiriladi.
GAPNI OXIRIGA YETKAZISH - bu metodda o‘quvchi o‘z g‘oyalarini ifodalash ustida ishlash, keyinchalik esa uni boshqalar bilan muhokama qilish imkonini beradi. Bunda bir jumla yoki so‘z berilib, uni mantiqan oxiriga yetkazish so‘raladi, o‘quvchi esa shu jumlalarga mos so‘z tuzadi.
DAVRA SUHBATI – ta`lim oluvchilar davra stolida o‘tirib, bir-birlarining savollariga konvert orqali javob yozadilar yoki suhbatni olib boruvchi boshlovchi orqali savol-javobga kirishadilar.
GURUHDAGI MUNOZARALAR - qoida tariqasida boshqa texnika turlari bilan aralash qo‘llaniladigan hammaga ma’lum usulidir.
ROLLI O‘YIN - dramma yoki “qoyilmaqom qilib o‘xshatish”. Rollar ishtirokchilarga aynan mo‘ljallanganligini va ularga "go‘yoki chinakamiga" harakatlanish imkonini beradi.

Yüklə 25,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə