Kasbiy kompetentlik sifatlarini tahlil qilish Reja: Kirish



Yüklə 62,93 Kb.
səhifə1/7
tarix03.03.2023
ölçüsü62,93 Kb.
#101854
  1   2   3   4   5   6   7
vazira 2


Kasbiy kompetentlik sifatlarini tahlil qilish
Reja:
Kirish
1.”Kompetentsiya” tushunchasi va unung pedagogik mazmuni.
2. O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish - pedagogik muammo sifatida.
3. O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning yo’nalishlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
Mustaqillik yillari tom ma’noda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallashga intilish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o‘rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan - yangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda. Turli sohalarda yo‘lga qo‘yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi o‘z samarasini berayotgan bo‘lsa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat ko‘rsatishni talab etmoqda.
Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko‘zga tashlanayotganligidir. Globallashuv o‘z-o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni qayta
ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va mahoratga ega kadrlargina ega bo‘ladilar. SHunday ekan, ta’lim muassasalarida kadrlarni tayyorlash jarayonida davrning mazkur talabini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.
Mustaqillik munosabati bilan respublikamizda malakali pedagog mutaxassislarni tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda boshqa huquqiy-me’yoriy manbalarda pedagog mutaxassislar kasbiy kompetentligini shakllantirish uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilayotganligini yana bir bor tasdiqladi.



Yüklə 62,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə