Kasbiy kompetentlik sifatlarini tahlil qilish Reja: Kirish



Yüklə 62,93 Kb.
səhifə4/7
tarix03.03.2023
ölçüsü62,93 Kb.
#101854
1   2   3   4   5   6   7
vazira 2

Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish,
malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.

  • Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.

  • Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik.

    Pedagog­olimlarning ishlarida kompetentlikni pedagogik nuqtai­nazardan yanada kengroq va sinchiklab o’rganish imkonini beradigan turli jihatlari va tarkibiy qismlari ajratib olingan va o’rganib chiqilgan.
    S.E. Shishov tomonidan kompetentlikning quyidagi ta’riflari keltirilgan:
    ­ o’qish­o’rganish tufayli egallangan bilimlar, tajriba, qadriyatlar va moyilliklarga asoslangan umumiy layoqatlilik;
    ­ bilim va vaziyatlar o’rtasidagi aloqani o’rnata bilish qobiliyati, muammoga mos keladigan hal etish yo’lini topish (kompetentlik deb aytish uchun biror­bir vaziyatda namoyon etiladigan taqdirdagina joiz bo’ladi, namoyon etilmagan kompetentlik – kompetentlik emas, yashirin imkoniyatlar bo’lib qolsa ham katta gap).
    L.M. Dolgova, P.V. Simonov va boshqalarning fikricha, kompetentlik − olingan bilimlarga asoslangan holda harakat qila olishlik demakdir. Namunalarga o’xshash harakatlarni ko’zda tutadigan “bilim, ko’nikma va malakalardan” farqli o’laroq, kompetentlik universal bilimlarga asoslangan holda mustaqil faoliyat tajribasini nazarda tutadi. “Kompetentlik – ijtimoiy amaliyot ko’rinishidagi bilim va ko’nikmalarning mavjudligi bo’lib, u ta’lim jarayoni natijalariga ijtimoiy­madaniy talablar va jamiyat tomonidan talablar qo’yiladigan hollarda namoyon bo’ladi”, − deb ta’kidlaydi L.M. Dolgova.
    V.V. Bashevning ta’kidlashicha, kompetentliklar – insonning individual qobiliyati bo’lib, ular shart­sharoitlar o’zgargan paytda ushbu qobiliyatning boshqa shart­sharoitlarga ko’cha olishida namoyon bo’ladi. Qo’llash sohalari ularning maxsusligi va aniqligini belgilaydi (matematik, tillar bo’yicha, siyosiy va boshqa kompetentliklar). Jamiyatni o’rganish sohasida samarali faoliyat ko’rsatuvchi odam quyidagilarga qodir bo’lishi kerak, ya’ni kompetentli odam:
    1) o’zi tushib qolgan vaziyatni tadqiq eta olishi;
    2) boshqa odamlar bilan muloqot o’rnata olishi;
    3) qarorlar qabul qila olishi;
    4) qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo’yicha individual va jamoaviy harakatlarni tashkillashtira olishi;
    5) faoliyatning yangi usullarini egallay olishi.
    Shunday qilib, kompetentlikni layoqatlilik, tayyorlik, imkoniyatga egalik va shu bilan birga, ma’lim bir harakatlar natijasi sifatida talqin etish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, kompetentlik – faoliyatga doir kategoriya bo’lib, sub’ektning qo’yilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan kasbiy, ijtimoiy va boshqa faoliyati jarayonida namoyon bo’ladi.
    Kompetentlik – individning umuman jamiyatda va xususan kasbiy sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun zarur bo’lgan, atrofidagi ob’ektlar va sub’ektlar bilan o’zaro hamkorligi bo’yicha ma’lum bir malakalari va kasbiy tajribalari shakllanganligining muayyan darajasi demakdir.
    N.G. Vitkovskayaning ta’riflashicha, kompetentlik − qo’yilgan muammolarni hal etishga qaratilgan insonning ichki (bilim, ko’nikma va malakalari, ma’naviy sifatlari, psixologik xususiyatlari) va tashqi (moddiy­texnik, ijtimoiy) imkoniyatlarini safarbar qila olishga qodirligidir.
    Psixologik nuqtai­nazardan, A.K. Markovaning fikricha, kompetentlik – muayyan insonning xarakteristikasi, ya’ni kasbiy talablarga munosibligi darajasi bo’yicha insonning individual xarakteristikasi demakdir.

    Yüklə 62,93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə