4- amaliy mashg`ulot. Mavzu: Umurtqali hayvonlar sinflari yuzasidan masala va mashqlar yechish Darsning maqsadi



Yüklə 68,03 Kb.
səhifə1/2
tarix27.09.2023
ölçüsü68,03 Kb.
#124103
  1   2

4- AMALIY MASHG`ULOT.
Mavzu: Umurtqali hayvonlar sinflari yuzasidan masala va mashqlar yechish


Darsning maqsadi: Umurtqali hayvonlar haqida chuqur bilimga ega bo`lib, masala va mashqlar yechishni o`rganish
Darsning jihozi: Uslubiy q`ollanmalar, umurtqali hayvonlarning turli sinflariga mahsub hayvonlar rasmlari, plakatlar, slaydlar, h`ol preparatlar, mulyajlar, kodoskop, kompyuter, proyektor, electron darslik va filmlar.


Asosiy ma’lumotlar.
Umurtqali hayvonlar zoologiyasi sistematik zoologiyaning yakunlovchi qismidir. Hayvonot olamining kenja olami bo`lgan umurtqali hayvonlar xordalilar tipiga kiradi. Xordalilar tipiga bizga juda yaxshi ma’lum bo`lgan baliqlar, baqalar, kaltakesaklar, qushlar, sut emizuvchilar bilan bir qatorda uncha tanish bo`lmagan, faqatgina rasmlar va filmlar orqali tanish bo`lgan assidiya, lansetnik kabi hayvonlar ham kiradi. Bu hayvonlar eng yuksak darajada tuzilgan va murakkab guruhi bo`lib, xilma-xil sharoitda yashaydi. Xordalilarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati nihoyatda katta ekanligi barchamizga ma’lum. Ularning ko`pchiligi xonakilashtirilgan bo`lib, ko`pchiligi yovvoyi xolda ovlanish ahamiyatiga ega. Shuning uchun ulardan rejali foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Xordalilarning foydasi bilan bir qatorda zarari ham mavjud. Masalan ayrim turlar xo`jalikka ziyon keltirsa, ko`plari vabo, tulyaremiya, ensefalit, brutselyoz singari xavfli kasalliklarni tarqatuvchilardir. Xordalilardan xilma-xil tadqiqotlarga material sifatida ham foydalaniladi.
Xordali hayvonlarning barchasida ko`pincha bor-bo`yiga tortilgan o`q va uning o`simtalaridan iborat bo`lgan ichki skleti bor. Xorda embrional rivojlanish davrida bohlang`ich ichak sistemasining yuqori tomonidan ajralib chiquvchi tor sifatida paydo bo`ladi. Xorda entodermadan hosil bo`ladi. Ba’zi xordali hayvonlarda xorda lichinkalik davrida mavjud bo`lib, ba’zilarida umrbod saqlanadi. Ko`pchiligida umurtqa pog`onasining rivojlanishi tufayli xorda reduksiyalanadi. Demak yuqori tuzilgan xordalilarda xorda embrional organ hisoblanadi.
Deyarli barcha xordalilarda nerv nayining oldingi qismi kengayib, bosh miyani hosil qiladi. Ovqat hazm qilish nayining oldingi qismida jabra yo`riqlari deb ataluvchi tehsiklar yo`rdamida tashqi muhit bilan bog`lanadi. Xordalilardagi yana bir xarakterli xususiyat ikkilamchi og`izning, ya’ni anal teshigining bo`lishidir. U gastrulaning gastroporga qarama-qarshi bo`lgan tomoni devorining yorilishidan hosil bo`ladi. Xordalilar tana bo`shlig`i ikkilamchi tipda ya’ni selomdan iborat. Tuban xordalilarda organlar metameriyasi kuzarilsa, yuksak tuzlishga ega vakillarida tuzilish murakkablashjganligi sababli metameriya yaxshi kuzatilmaydi. Xordalilarda ikki tomonlama (bilaterial) simmetriya aniq ko`zga tashlanadi.
Umumta’lim maktablarida zoologiya va umumiy biologiyani o`qitishni takomillashtirish bo`lajak biolog o`qituvchiga chuqur bilimga ega bo`lishini talab qiladi. Bo`lajak biolog o`qituvchi hayvonlarning tuzilishi, organlar sistemasining funksiyasini, fiziologiyasini, hayvonlar ekologiyasini va etologiyasini chuqur bilsagina bu fanni o`qitish davomida umurtqali hayvonlarning sinflariga doir masala va mashqlarni tuza olish ko`nikma va malakasiga ega bo`ladilar.
O`qituvchi zoologoyadan masala va mashqlar tuzib, uning yechish yo`llarini o`quvchilarga taqdim qilish orqali ularning bilish faoliyatini faollashtiradi, mustaqil ishlashga yo`naltiradi va ijodiy faoliyatni tarkib toptirishga erishadi.
Umurtqasizlar zoologiyasidan masala va mashqlar yechishda ham induksiya, deduksiyaga amal qilgan holda mantiqiy va ijodiy yo`nalishda tuzilgan bo`lishi lozim. Mantiqiy masala va mashqlarni yechish jarayonida o`quvchilar mantiqiy fikr yuritish operatsiyalaridan foydalanadi. Masalan:
1-mashq. Faraz qiling sizga sut emizuvchi hayvonlar bosh skeletlari­ning majmuasi berildi, ularning qaysi muhitda yashaganligi va qanday oziq turi bilan oziqlanganligini aniqlash so’raldi. Siz avvalo nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va qanday aniqlashni tavsiya etgan bo’lardingiz? deyilgan masala­ni yechish uchun o`quvchilar sut emizuvchilarning turkumlari­ning vakillari, ularning tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlarni tahlil qilishi, ularni o`zaro taqqoslashi, o’xshashlik va farqlarni aniqlab, xulosa chiqarishi lozim.


Yüklə 68,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə