4. 2-mavzu: Fizika fanidan 7-sinf darsliklaridagi laboratoriya ishlarini o‘tkazish metodikasi. Reja



Yüklə 18,04 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü18,04 Kb.
#137705
  1   2   3   4   5
4. 2-mavzu Fizika fanidan 7-sinf darsliklaridagi laboratoriya i-fayllar.org


4. 2-mavzu: Fizika fanidan 7-sinf darsliklaridagi laboratoriya ishlarini o‘tkazish metodikasi. Reja

4.2-mavzu: Fizika fanidan 7-sinf darsliklaridagi laboratoriya ishlarini o‘tkazish metodikasi.
Reja:
  1. Laboratoriya ishi: Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlash.


  2. Laboratoriya ishi: Prujina bikrligini aniqlash.


  3. Laboratoriya ishi: Sirpanish ishqalanish koeffitsientini aniqlash.


  4. Laboratoriya ishi: Jismni ko‘tarishda va shu masofaga gorizontal ko‘chirishda bajarilgan ishni hisoblash.


  5. Laboratoriya ishi: Jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga bog‘liqligini aniqlash.





Tayanch soʻzlar: Tekis tezlanuvchan harakat, jism, tezlanish tezlik, bikrlik, koeffitsiyenti, energiya, massa, vaqt, oʻlchov tasmasi.
Annotatsiya
Ushbu mavzuda fizika darsligidagi 7-sinf laboratoriya ishlarining bajarish tartiblari keltirilgan.
Laboratoriya ishi: Tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlash.
Ishning maqsadi: qiya novdan dumalab tushayotgan sharchaning bosib o`tgan yo`li va harakat vaqtini o`lchash orqali tekis tezlanuvchan harakatlanayotgan jism tezlanishini aniqlashni o`rganish.
Kerakli jihozlar: metall nov, po`lat sharcha, shtativ, metall silindr, o`lchov tasmasi, sekundomer.
Ishni bajarish tartibi.
  1. Rasmda ko`rsatilganidek, metall novni shtativga o`rnating, metall silindrni novning quyi uchiga joylashtiring.




  1. Novning yuqori uchidan qo`yib yuborilgan sharcha novning quyi uchidagi silindrga borib urilgunga qadar o`tgan vaqtni sekundomer yordamida o`lchang.


  2. Tajribani 3 marta takrorlang. Har gal sharchaning harakat vaqti t1, t2 , t3 ni o`lchang. Natijalarni jadvalga yozib boring.


  3. O`lchov tasmasi yordamida sharchaning bosib o`tgan s yo`lni o`lchang.


  4. Tekis tezlanuvchan harakatda jism bosib o`tgan yo`l



formulasidan tezlanishni topamiz . Tajribada o`lchangan s yo`lni va har bir t1, t2, t3 vaqtni birma-bir tezlanish formulasiga qo`yib, a1, a2, a3 tezlanishlarni hisoblang.




  1. ao`rt=( a1+a2+a3)/3 formula yordamida o`rtacha tezlanishni hisoblang. Olingan bu qiymat qiya novdan dumalab tushayotgan sharchaning tezlanishini ifodalaydi.
  2. Ushbu tajribani novning qiyaligi uch xil bo`lgan holat uchun bajaring.


  3. formuladan absolyut xatolikni toping.


  4. formuladan o`rtacha absolyut xatolikni xisoblang.


  5. formuladan nisbiy xatolikni toping.


  6. Natijalarni tahlil qiling va xulosa chiqaring.




T/r


s,m


t1,s


t2 ,s


t3,s


a1, m/s2


a2, m/s2


a3, m/s2


a, m/s2


ao`rt, m/s2


ε, %















































Yüklə 18,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə