4 dekabr 2015 yil Romitan maishiy xizmat khkda “Ommaviy madaniyat va uning salbiy oqibatlari”, “Yoshlarni ommaviy madaniyat ta’siridan himoya qilishda jamoatchilikning roli” mavzusida o`tkazilgan davra suhbati o`tkazildi



Yüklə 61,5 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü61,5 Kb.
#139955
ommaviy madaniyat


“Yoshlarni ommaviy madaniyat ta’siridan himoya qilishda jamoatchilikning roli”
4 dekabr 2015 yil Romitan maishiy xizmat KHKda “Ommaviy madaniyat va uning salbiy oqibatlari”, “Yoshlarni ommaviy madaniyat ta’siridan himoya qilishda jamoatchilikning roli” mavzusida o`tkazilgan davra suhbati o`tkazildi.
Tadbirda Buxoro davlat universiteti AL va KHK bo`limi boshlig`i A.Sh.Rashidov va Psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi O.R. Avezov, o‘qituvchilar J.R. Amanov, kollej o‘qituvchilari va o‘quvchilari .
Davra suhbatini kollej direktori Sh.Xo‘jaqulov ochib berdi va “Ommaviy madaniyatning mohiyati va uning yoshlar qalbi va ongiga tahdidi” mavzusida ma’ruza qildi. U o`z ma’ruzasida bugungi kunda ommaviy madaniyatning jamiyatimiz hayotiga, yoshlarimizning kelajagiga salbiy ta’siri va bu yo`lda mamlakatimizda o`zlarining g`ayriinsoniy va umumiy aytganda ahloqiy buzuq g`oyalarini tarqatishga harakat qilayotgan turli xil oqimlarning g`arazli maqsadlari yoshlarni chalg`itish, ular yordamida mamlakatni o`z taraqqiyot yo`lidan chetlatib yuborishga harakat qilayotganliklarini ta’kidlab o`tdi.
Buxoro davlat universiteti AL va KHK bo`limi boshlig`i A.Sh.Rashidov “Yoshlarni “ommaviy madaniyat” ta’siridan himoya qilishda jamoatchilikning roli” haqida ma’ruza qildi. U islom dini qadriyatlari milliy qadriyatlar bilan tarixan bog`lanib ketganligi, jamiyatda ma’naviyatni qaror toptirish va insonni ruhan poklash dinning asosiy funktsiyalaridan biri ekanligini ta’kidladi. Hozirda yoshlarimizning “ommaviy madaniyat” ta’siriga tushib qolmasligi uchun bola tarbiyasini uning go`daklik chog`idan boshlash kerak ekanligini, bunda ota-onaning roli judayam katta ekanligini aytdi. Yoshlarga “ommaviy madaniyat”ning salbiy g`oyaviy ta’sirida internetning, telefonning juda katta ahamiyati borligi haqida ham to`xtaldi. U so`zini o`tmishda o`tgan aziz avliyolar, mutafakkir olimlarning so`zlaridan misol keltirib o`zbek xalqining ma’naviyati qay darajada boy ekanligini farzandlarimizga tushuntirib o`tishimiz har bir insonning vazifasi ekanligiga to`xtaldi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi O.R.Avezov so`zga chiqdi. “Diniy ekstremizm mohiyati va g`oyaviy ildizlari” haqida ma’ruza qildi. U O`z so`zida bugungi kunda insoniyatga xavf solayotgan diniy ekstremizmning ildizlari va mohiyatiga to`xtaldi. Mamlakatimizda o`zlarining g`ayriinsoniy va g`ayriislomiy g`oyalarini tarqatishga harakat qilayotgan diniy ekstremistlarning g`arazli maqsadlari yoshlarni chalg`itish, ular yordamida mamlakatni o`z taraqqiyot yo`lidan chetlatib yuborishga intilishlari haqida gapirib halqaro terrorizm mohiyati terroristik tashkilotlar faoliyatiga to`xtalib o`tdi.
Buxoro davlat universiteti Psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi O.R. Avezov davra suhbati davomida “Ommaviy madaniyat va uning salbiy oqibatlari” mavzusida ham ma’ruza qildilar.“Ommaviy madaniyat” G‘arb dunyosida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Uni G‘arbda «populyar» yoki qisqartirilgan holda, «pop-kultura» (ya’ni «ommaviy madaniyat») deb atashadi. Garchi «madaniyat» deb atalsa-da, aslida, tub mazmun-ma’nosiga, maqsad-niyatiga ko‘ra «ommaviy madaniyat» chinakam madaniyatning kushandasidir.
Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda «antikultura» («g‘ayri madaniyat») degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun «Pop (ommaviy) madaniyat» tushunchasi, nochorlikdan qo‘llanilmoqda. Chunki, «ommaviy madaniyat», aslida madaniyatsizlik, ya’ni ma’naviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. «Ommaviy madaniyat» shu boisdan, eng avvalo, yuksak iste’dod va o‘lmas ma’naviy-axloqiy g‘oyalar bayroqdori bo‘lgan mumtoz madaniyatga, san’atga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashib, uni inkor yetib kelyapti. G‘arb dunyosining o‘zidagi faylasuflar, sotsiolog olimlar, «Bizga «To‘qqizinchi simfoniya» (Betxoven) kerak yemas!» yoki «Mona Liza» ni loyga qorishtiramiz!» kabi jaholat parastlikka asoslangan xitoblar «ommaviy madaniyat» tarafdorlari va muxlislariningdasturiy qarashlari negizini tashkil yetadi, deb yozadilar.
Taassufli jihati shundaki, gohida g‘oyatda iste’dodli insonlar ham «ommaviy madaniyat» targ‘ibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda.Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining «Mona Liza» («Jakonda») asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga mo‘ylov chizgan va «Mo‘ylovli Jakonda» asarini yaratgan. Tadqiqotchilarning fikricha, mana shunday «achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi» - «ommaviy madaniyat» faoliyatining yeng yetakchi belgilaridan biridir. «Ommaviy madaniyat» namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni «isyon ifodasi» deb bilishadi. «Nimaga qarshi isyon» degan savol tug‘iladi. Agar «pop-madaniyat» dunyoga «ehson» eta­yotgan «pop-art» («tasviriy san’at» desa ham bo‘ladi), «pop-muzika», «pop-adabiyot» natijalariga qarab hukm yuritadigan bo‘lsak, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor yetadi: yuksak madaniyatni, ma’naviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi... Ular uchun yezgulikning o‘zi yo‘q. Jumladan, san’at – alohida iste’dodlar tomonidan yaratiladigan ma’naviy boylik, mo‘’jiza yekanligi kabi ijodningoliy mezonlari «pop-madaniyat» tarafdorlarining o‘ta darajada g‘ashini keltiradi. Ularcha, hamma san’atkor bo‘lishi mumkin. Hammanarsasan’atatalishimumkin.«Pop-art» ommaviy san’at shu xulosa manbaida vujudga kelgan.
Yüklə 61,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə