|
4-Mavzu: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va unga o’tish yo’llari
|
səhifə | 1/3 | tarix | 20.06.2023 | ölçüsü | 66,91 Kb. | | #118197 |
| 3 mavzu Bozor iqtisodiyotining mazmuni va unga o\'tish yo\'llari
Amaliy mashg’ulot ishlanmasi (4 soat)
4-Mavzu: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va unga o’tish yo’llari.
REJA:
Bozor iqtisodiyoti tizimi mazmuni
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va kamchiliklari.
Bozor tushunchasi, turlari va uning tuzulishi.
Bozor infratuzulmasi va uning elementlari
O’tish davri iqtisodiyoti nazariyasi uning belgilari turlari va qonuniyatlari
Bozor iqtisodiyotiga o’tish modellari ularning xususiyatlari
Adabiyotlar.
Mc Connell, Bruc. Economics. 17th edition. Mcgraw-hill.Irvin, USA,2009
N.Gregory Mankiw. Principles of Economics, 7th edition. Amazon, USA 2014.
Paul A. Samuelson, William D. Nordhaus. Economics. 19th edition. McCraw-Hill Companies. USA. 2009
O’lmasov A., Vahobov A.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T:. “Iqtisod Moliya” 2014.-480 – bet
Shodmonov Sh.Sh., G’ofurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T:. “Iqtisod Moliya” 2010.-728 – bet
Amaliy mashg’ulot darsining asosiy maqsadi.
Mustaqil O’zbekiston davlati bozor iqtisodiyotiga kirib bormoqda. Ushbu darsda bozor iqtisodiyotining mohiyati, uning asosiy belgilari, bozor tushunchasi va uning tuzilishi to’g’risida gap yuritiladi.
ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR.
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishini va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni taminlaydigan dastak va vositadir.
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va istemolchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisidir.
Bozor ob’yekti – bozorga ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|