5-Ma’ruza
Grafik modellashtirish. 3D Max, CATIA, KOMPAS, Solid Works,
AutoCAD, Parasolid, Solid Edge, CorelDraw amaliy dasturlari misolida
grafik modellashtirish
Reja:
1.Zamonaviy 3D modellashtirish dasturiy paketlari tahlili
2.
Auto cad grafik dasturida mahkamlash detallarini modellashtirish
1.Zamonaviy 3D modellashtirish dasturiy paketlari tahlili
3D-
modellashtirish
o‘zida maxsuslashtirilgan dasturiy ta’minotdan
foydalanib, 3D-modelni (yoki uch o‘lchovli obyekt ko‘rinishidagi karkas model)
ishlab chiqish tartibini ifodalaydi. Uch o‘lchovli model chiziqlar va egri sirtlar
bilan o‘zaro bog‘langan ko‘pgina nuqtalar yordamida yaratiladi. Uch o‘lchovli
modellashtirish qo‘llaniladigan sohalar doimo kengayib bormoqda. U quyidagi:
o‘yinlar, ya’ni realistik personajlarning modellashtirilishi amalga oshirilishi;
tibbiyot — inson tanasi organlarining alohida modellarining yaratilishi;
muhandislik —
transport vositalari, yangi qurilma va inshootlar modeli ishlab
chiqilishi; kinomatografiya — turlicha maxsus effektlar va xayoliy personajlar
yaratilishi kabi sohalarni qamrab olmoqda. Shuningdek, reklama sohasida ham 3D-
modellashtirishdan yetarlicha foydalanib kelinmoqda.
Autodesk 3D Studio Max dasturlari interfeysi
Bugungi kunda o‘yinlarga haddan tashqari qiziqish kuchayishi shu narsaga
olib keldiki, 3D-dasturiy vositalarini ishlab chiquvchilar
ancha takomillashgan
ilovalarni yaratishga majbur bo‘lmoqdalar. Uch o‘lchovli modellashtirishning
yangi imkoniyatlari multfilm qahramonlarini yaratishga ketadigan vaqtni sezilarli
darajada kamaytirdi. Dasturiy vosita obyektga harakatni oson berish va bunga
minimum vaqt sarf etish imkonini beradi. Tajribali foydalanuvchi o‘zining
loyihasini yaratish uchun ko‘p hollarda bir qancha uch o‘lchovli modellashtirish
dasturlaridan foydalanadi. Yuqorida nomlari keltirilgan dasturlardan birgalikda
foydalanish realistik o‘yinli sahnalar yaratish va mahsulotni mukammal
ko‘rinishga olib kelish imkonini beradi. Amalda barcha 3D-dasturiy vositalari
nisbatan bir-biriga o‘xshash interfeys va modellashtirish
uchun uskunalarga ega,
ammo dasturlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan, shuningdek, yoritishdagi hisoblash
algoritmlari, animatsiyalarni yaratish va tasvirni vizuallashtirish bo‘yicha ham
farqlanadi.
Autodesk Maya dasturlari interfeysi
3D-dasturiy vositalarining qay biri yaxshi yoki yomonligi bo‘yicha omma
tomonidan qabul qilingan javobning o‘zi yo‘q. Har bir foydalanuvchi ushbu
savolga o‘zi uchun ma’qul bo‘lgan 3D-dasturiy vositani muhim deb biladi.
Foydalanuvchi o‘zi ishlaydigan 3D-dasturiy vosita bilan qanchalik darajada yaxshi
ishlay olishi va uning ijodiy (asboblarni bilishdan tashqari badiiy ko‘nikmalarni
egallash, ranglar uyg‘unligi, kompozitsiyani bilish maqsadga muvofiq)
imkoniyatlariga juda ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun dizayner qanday dasturni
afzal ko‘rishni o‘zi hal qiladi. Uch o‘lchovli modellashtirish dasturiy vositalari
imkoniyatlarini batafsil o‘rganish uchun uch o‘lchovli elementlardan tarkib topgan
3D-sahna yaratish kerak bo‘ladi. 3D-dasturiy vositalarning har biri o‘zining
muayyan sohadagi afzalliklariga ega. Uch o‘lchovli
modellashtirishga
mo‘ljallangan asosiy dasturlarning qisqacha tavsifi:
1. Autodesk 3D Studio Max — ancha keng tarqalgan, shuningdek,
grafik paketni o‘zlashtirish nisbatan oson. Qo‘shiladigan modul VRay real
obyektlar
va
interyerlarni
yaratish
imkonini
beradi.
2. Autodesk Maya — boshqa dasturlar bilan
taqqoslaganda bir qator
afzalliklarga ega bo‘lgan jiddiy grafik paket hisoblanadi. Unga quyidagilar:
subdiv primitives yordamida modellashtirish, materiallar bilan qulay ishlash,
modellashtirilgan
obyektga
turli
effektlarni
chizish
imkoniyati,
animatsiyalarning rivojlangan tizimi va boshqalar tegishli bo‘ladi. Realistik
interyerlar, personajlar, shuningdek, kinofilmlar va kompyuter o‘yinlari
sanoatida
vizual
effektlar
yaratishda
keng
ishlatiladi.
3. Maxon Cinema 4D — qulay interfeysga ega bo‘lgan nemis grafik paketi.
Tezkor xotiraning kichik yuklanishida murakkab sahna uchun soyalarni
hisoblash bo‘yicha o‘zining noyob algoritmiga ega. Modul Body Paint 3D
modelni bevosita ko‘rinadigan ekranga bo‘yash imkonini beradi.
4. NewTek LightWave 3D — juda ham qulay animatsion asboblar va yuqori
sifatli renderingga ega bo‘lgan grafik paket.
Televizion formatda uch
o‘lchovli grafika yaratish uchun qulay.
Mukammal dasturlardan tashqari, amaliy paketlar deb ataluvchi dasturlar
ham mavjud. Ular tor ixtisosli funksiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib,
yuqorida keltirilgan muharrirlardan birida mukammal sahnani yaratishga yordam
beradi. Masalan, Curios Labs Poser dasturi allaqachon
tayyorlangan personajlar
bilan ishlashga va boshqa grafik muharrirga import qilishga yo‘naltirilgan. DAZ
Bryce — virtual tabiiy landshaftlarni yaratishga mo‘ljallangan grafik paket.
Tajribali foydalanuvchi o‘zining loyihasini yaratish uchun ko‘p hollarda bir qancha
uch o‘lchovli modellashtirish dasturlaridan foydalanadi. Xususan, ZBrush dasturi
juda qulay hisoblanadi. Ushbu dastur grafik planshetlardan foydalanib, obyektlarga
turli xil cho‘tkalar bilan chizish orqali ularni modellashtirish imkonini beradi.
Personaj modelini uch o‘lchovli modellashtirish dasturlaridan birida yaratib,
so‘ngra Zbrush dasturiga import qilish va ishni oxirigi yetkazish (ajinlar,
burushgan joylarni qo‘shish va boshqalarni amalga oshirish) mumkin.