5-Mavzu: Atmosfera havosini chang va zaharli gazlardan tozalash usullari. Reja



Yüklə 14,83 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü14,83 Kb.
#163121
  1   2
5-Mavzu Atmosfera havosini chang va zaharli gazlardan tozalash -fayllar.org


5-Mavzu: Atmosfera havosini chang va zaharli gazlardan tozalash usullari. Reja

5-Mavzu:Atmosfera havosini chang va zaharli gazlardan tozalash usullari.
REJA:
1. Changning asosiy xossalari.
2. Changni tozalash usullari va jihozlari
3.Tozalash qurilmalarining texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlari.
Tayanch atama va iboralar
Chang, tutun, tuman, tozalash usullari, filtrlash, RECHK, toza havo, ishlash samaradorligi, tozalash darajasi, solishtirma yuklanish, chang sig’imi, qurilmaning ishlab chiqarish quvvati, aerodinamiq qarshilik, qurilmaning solishtirma energiya sarfi, tozalangan havoning narxi, quruq va ho’l tozalash usullari, chang cho’ktirish kameralari, siklon, scrubber.
Havo yoki gaz tarkibidagi qattiq zarrachalarga, chang deyiladi. Chang zarrachalarining o`lchami 5-10 mkm atrofida bo`lishi mumkin. Ularning kelib chiqish sabablariga ko`ra 2 guruhga bo`lish mumkin.
1.Tabiiy changlar, ya`ni inson ta`sirisiz hosil bo`ladigan changlar. Bu guruhga yer ustki qatlamining bir joydan ikkinchi joyga ko`chishi natijasiqa o`simlik va hayvonot olamida paydo bo`ladigan changlar, vulqonlar otilishi natijasida paydo bo`ladigan changlar, koinot changlariva boshqagi tabiiy changlar kiradi.
1. Sun`iy changlar, yani sanoat kоrхоnаlаridа va qurilishda insonning bevosita ta`siri natilasida hosil bo`ladigan changlar.
Bu guruhga qurilish sanoatida, yer qazish, beton qorish ishlarida sement, ohak ishlab chiqarish, engil sanoati va kimyo sanoatiqa paxtaga ishlov berish paytida ajralib chiqadigan changlar kiradi. Bu changlarni havoga tarqalib ketishi atrof muhitni ifloslanishiga va turli kasalliklarning paydo bo`lishiga sabab bo`ladi.
Kimyoviy va mineralogik tarkibiga qarab changlar quyidagi 5 asosiy guruhlarga bo`linadi.
1. Organik changlar. Bu guruhga yog`och, ko`mir, torf, o`simliklar va hayvonot changlari (masalan, paxta, pilla, qog`oz va boshqa xom-ashyolarga ishlov berish paytida hosil bo`ladiganchanular) kiradi.
2. Anorganik changlar. Kvars, sopol, marmar, sement, ohak, tuproq, ma`danlar va boshqa materiallarga ishlov berish paytida hosil bo`ladigan changlar ushbu guruhga kiradi.
3. Zaharli changlar.
4. Portlovchi changlar
5. Yonuvchi changlar
Zarrachalarning o`lchamiga qarab, changlar 3 guruhga bo`linadi.
1. Ko`zga ro`rinuvchi changlar. Bunday chang zarrachalarning o`lchami 10 mkm dan katta bo`lib, ular o`z oq`irligi bilan bemalol cho`ka oladi.
2. Mikroskopik changlar. Ularning o`lchami 0,25 - 10,0 mkm atrofida bo`lib, yerga asta-sekinlik bilan cho`kishi mumkin.
3. Ultramikroskopik changlar. O`lchami 0,25 mkm dan kichik bo`lgan bu changlar havoda muallaq turadi va ularni tlektron miqroskoplar yordamida ko`rish mumkin.O`lchami 10 mkm dan kichik dispers sistemalarga, ayerozollar deb ataladi. Chang va ayerozollarning o`lchami qancha kichik bo`lsa, ular nafas olish yo`llari orqali organizmga tez singib boradi.
Chang zarrachalarining solishtirma yuzalari kattaligi tufayli ular tez yonuvchan va portlash xususiyatiga ega. Agar yuzasi 1 sm2ga teng bo`lgan qattiq jismni yuzalari 0,1 mkm2ni tashkil etadigan kublarga bo`lsak, unda kublarning umumiy yon yuzalari 6 sm2dan 60 m2gacha bo`lishi mumkin. Demak, chang zarrachalarining harakatlanishiga ularning o`lchami, massasi, zichligi va solishtirma yuzasi katta ta`sir ko`rsatadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida 1 m3 havo tarkibida 100 mg va hatto undan ham ortiq chang zarrachalari bj`lisi tabiiy holdir. Shuning uchun gaz, buq` va changlarning xavfigiga qarab, ish joylarida ularning havodagi ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiya (RECHK) lari belgilab qo`yilgan bo`ladi.Changlarning kimyoviy tarkibiga qarab, ish joylari uchun 10/mg3 gacha va aholi yashaydigan hududlar uchun esa 0,5mg/m3gaca RECHK lari belgilangan.
Agar havo tarkibida uglerod oksidining miqdori 50, 100 va 200 mg/m3ni tashkil etsa, unda ishchiga mos ravishda 1 soat, 30 daqiqa va 15 daqiqa ishlashga ijozat beriladi.
Qurilish sanoatida ishlatadigan sement tarkibida xrom (У1) mavjud Uning hatto 0,001 %miqdorda mavjudligi alltrgiya kasalligini qo`zq`tadi. Xromdan terini oshlashga ham keng qo`llaniladi. Demak, korxonalarda zararli moddalarning RECHK lariga ahamiyat berish katta ahamiyatga ega.
Shuni ham alohida ta`kidlash kerakki, korxonalarda change havo yoki gazlarni tozalash uchun chang zarrachalarining tabiani va o`lchamlariga qarab, tozalash usuli va qurilmalari tanlab olinadi.
Mа’lumki, ishlаb chiqаrish kоrхоnаlаridа mаtеriаllаrni yanchish, аrаlаshtirish, uzаtish vа quritish jаrаyonlаridа zаrrаchаlаrining o’lchаmi 3-70 mkm аtrоfidа bo’lgаn chаnglаr pаydо bo’lаdi. Yoqilg’ilаrni yoqish pаytidа tutunlаr, bug’lаrni kоdеnsаtsiyalаshdа esа tumаnlаr pаydо bo’lаdi. Tutun vа tumаnlаr tаrkibidаgi qаttiq vа suyuq zаrrаchаlаrning o’lchаmi 0,3 – 5,0 mkm аtrоfidа bo’lishi mumkin.
Shuni аlоhidа tа’kidlаsh kеrаkki, zаrаrli mоddаning insоn оrgаnizmigа singib bоrishi turli kаsаlliklаrni pаydо bo’lishigа sаbаbchi bo’lаdi. Shuning uchun аtmоsfеrа hаvоsini tоzаlаsh kаttа аhаmiyatgа egа.
Bundаn tаshqаri, hоzirgi pаytdа аtmоsfеrа hаvоsining sun’iy iflоslаnishi insоn fаоliyati bilаn chаmbаrchаs bоg’liq bo’lib, uning tаbiiy iflоslаnishidаn ustunlik qilmоqdа. Bu esа аsmоsfеrа hаvоsini tоzаlаb turishni tаqаzо etаdi.
Ma’lumki atmosfera havosiga chiqariladigan barcha chiqindilar havo tarkibini buzib ko’pgina kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun atrof-muhit musaffoligini saqlash katta iqtisodiy-ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega.
Atmosfera havosini zaharli gazlardan tozalash asosan 2 usulda amalga oshiriladi:
1. Atmosfera havosini quruq usulda tozalash.
2. Atmosfera havosini ho’l usulda tozalash.
Atmosfera havosiga chiqariladigan quruq chang zarrachalarning o’lchamlariga qarab, havo changdan quyidagi tozalash qurilmalari yordamida tozalanadi.
1. Chang cho’ktirish kameralari.
2. Siklonlar.
3. Skrubberlar.
4. Filtrlar.
5. Elektr filtrlar.
6. Absorberlar.
Ushbu tozalash qurilmalarining ishlash prinsiplari va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan tanishib chiqamiz. Ularning orasida chang cho’ktirish kameralari alohida o’rin egallaydi.

Og’irlik kuchi ta’sirida changli havoni chang zarrachalaridan tozalash uchun davriy yoki yarim uzluksiz ishlaydigan tozalash qurilmasi chang cho’ktirish kamerpasi deyiladi.


Ularning turli ko’rinishlari 1-4 rasmda ko’rsatilgan.
Changli havo oqimi kameralarda ma’lum tezlik bilan harakat qilib, chang zarrachalari o’z og’irlik kuchlari ta’sirida chang yihgich kameralaridan biriga tushadi, tozalangan havo esa qurilmadan chiqib kyetadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, chang cho’ktirish kameralari changli havo tarkibidan o’lchamlari 100 mkm dan yuqori bo’lgan qattiq chang zarrachalarini ushlab qolishga mo’ljallangan va ular birinchi bosqichda havoni tozalash uchun ishlatiladi. Tozalash kamerasida changln havo oqimining tezligi 1 m/s bo’lganda, changli havoni tozalash darajasi 60-80% ni tashkil etishi mumkin. CHangli havo oqimining tezligi 3 m/s ga egganda tozalash darajasi 40-50% dan oshmaydi, chunki tezlik oshganda chang yig’gich kamerasidagi cho’kkan chang zarrachalari yana harakatga kelib, tozalangan havo bilan aralashadi va ikkilamchi ifloslanishni vujudga keltiradi. SHuning uchun changli havo oqiminint tezligi 3 m/s dan oshmasligi kerak.
Changli havo oqimini sekin harakatini ta’minlash uchun chang cho’ktirish kameralarning hajmi ancha kattaroq qilib yasaladi. SHuning uchun bunday qurilmalar oddiy tuzilishga ega bo’lsalarda, ammo katta joyni egallaydilar.
Ishlab chiqarish korxonalarida ko’p polkali chang cho’ktirish kameralardan foydalaniladi (2-rasm). Kamera gorizontal polkalar bilan bir necha polkalarga bo’lingan.
Kamerada changli havo oqimi sekin harakat qiladi va chang zarrachalari polkalarga urilib, o’z og’irlik kuchlari ta’sirida cho’kadi. Ushbu kameralarda chang zarrachalarining cho’kish vaqti ancha kamayadi. Kameradan changlarni chiqarish uchun polkalar ma’lum burchak ostida qiya qilib o’rnatiladi va ular maxsus silkituvchi qurilmaga ulanadi. Silkituvchi qurilmaning asosiy vazifasi polkalarni silkitib, ularning sirtida cho’kkan chang zarrachalarni tushirishdan iborat.
To’siqli chang cho’ktirish kameralarida (3-rasm) changli havo oqimi to’siklarga urilib, chang zarrachalari o’z og’irlik kuchlari va inersiya kuchlari ta’sirida chang yig’gich kamerasiga kelib tushadi. Ushbu tozalash qurilmasi ham dag’al tozalash kurilmalari guruhiga mansub bo’lib, ularda havoni tozalash darajasi 50-60 % ni tashkil yetadi.
Chang cho’ktirish kameralarining ishlash samaradorligini oshirish (havoni tozalash darajdsini oshirish) maqsadida, ularning ichida vertikal to’siklar o’rnatiladi (4-rasm). Chang zarrachalari to’siqlarga inersiya kuchlari bilan urilib, og’irlik kuchlari ta’sirida chang yig’gich kameralardan biriga kelib tushadi. Agar bunday to’siqlar xalqa yoki sim parda shaklida o’rnatilgan bo’lsa, (4-rasm), unda changli havo oqimi ularga urilib filtrlanish jarayoni ruy beradi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, chang cho’ktirish kameralarning aerodinamik qarshiligi 100 Pa ni tashkil yetadi. Ammo ularda changli havo oqimining tezligi 0,6-0,8 m/s dan oshmasligi kerak. Aks holda chang cho’ktirish kamerada yig’ilgan chang zarrachalari toza havo bilan aralashib tozalash qurilmasidan chiqib ketadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan chang cho’ktirish kameralari changli havoni chang zarrachalaridan tozalashning quruq usuliga mansub bo’lib, ular paxta tozalash zavodlarida, to’qimachilik va ip yigiruv fabrikalarda (havoni, qum, barg, kalta tolalardan tozalashda),yog’ochni qayta ishlash korxonalarida (havoni yog’och qipiqlaridan tozalashda), sement, ohak, marmar, granit va boshqa qurilish materiallar ishlab chiqarish korxonalarida (ularning changlaridan havoni tozalashda) keng ishlatiladi. Ushbu qurilmalar dag’al tozalash qurilmalar guruhiga mansub bo’lib, havoni yirik chang zarrachalaridan tozalashda birinchi bosqichda ishlatiladi.
Siklonlar
Siklonlar quruq chang ushlagichlar guruhiga kiradi. Aslida “Siklon” yunon so’zidan olingan bo’lib, “aylanma harakat” ma’nosini bildiradi. Siklon 1886 yilda nemis ixtirochisi M.S.
Mard tomonidan yaratilgan edi. Siklon changli havoni qatiq chang zarrachalardan markazdan qochma kuchlar ta’sirida tozalaydiga qurilmadir.
Siklon siliddrik va konussimon qismlardan iboratdir. (6 va 7-rasmlar). Changli havo siklonga tangensial yunalishda 20-25 m/s tezlik bilan kiradi. So’ngra pastga qarab spiralsimon aylanma harakat bilan yo’naladi.
Natijada markazdan qochma kuchlar (F) hosil bo’ladi:


Yüklə 14,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə