5-mavzu: bilish nazariyasi tоshkеnt to'qimаchilik vа yengil sаnоаt instituti



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə1/4
tarix06.06.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#115741
  1   2   3   4
4-mavzu


5-MAVZU: BILISH NAZARIYASI
TОSHKЕNT TO'QIMАCHILIK
VА YENGIL SАNОАT INSTITUTI
«FАLSАFА» FАNI
Reja:
1. Bilish - gnoseologiyaning asosiy kategoriyasi.
2. Bilish bosqichlari.
3. Falsafada ong va ruxiyat muammosi. 4. Ong va in'ikos. Ijtimoiy ong shakllari. 5. Haqiqat tushunchasi va uning shakllari.

Ong psixik inikosning o`ziga xos, yuksak shaklidir.

  • Ong psixik inikosning o`ziga xos, yuksak shaklidir.
  • Ammo, bu psixika va ong tushunchalarini aynanlashtirish uchun asos bo`la olmaydi.
  • Gap inson psixikasi haqida ketganda ham, u ong tushunchasiga nisbatan keng qamrovlilik kasb etishini unutmaslik lozim.
  • Z.Freyd fikricha, psixika ongsizlik, ong osti hodisalarini va ongning o`zidan iborat uch qatlamda tashkil topgan.
  • Inson hayoti, faoliyatida ong bilan bir qatorda ongsizlik va ong osti hodisalari ham muhim ahamiyatga ega.

Falsafada ong va ruxiyat muammosi

ONG & RUHIYAT

  • Psixologlar fikricha, inson farzandining kamol topa borishi bilan bir qatorda ko`plab funksiyalar ong nazorati ostidan chiqib avotomatik harakter kasb etishi bilan harakterlanadi.
  • Biron bir narsaga birinchi marta qo`l urganimizda bizda barcha harakatlarimiz ongning qattiq nazorati ostida bo`ladi.
  • Vaqt o`tishi bilan esa ko`pgina harakatlarni ongsiz tarzda, anglamagan holda bajara boshlaymiz. Bunday holat inson faoliyatining xilma- xil sohalari, yo`nalishlarida, ularga ongning faol tarzda aralashishini, ya`ni qayta faoliyatini o`z nazoratiga olishi mumkinligini inkor etmaydi.
  • Hatti- harakatlarning ongsizlik sohasiga ko`chishi, bir tomondan, ong “yuki”ning yengillashuviga xizmat qilsa, boshqa tomondan, ongning asosiy kuchi, quvvati, “diqqatni” inson, hayoti uchun muhim bo`lgan harakat, jarayonlariga qaratilishiga imkoniyat yaratadi.

ONG & RUHIYAT

  • Ongsizlik doirasiga ong nazoratidan tashqarida qolgan sezgi, tasavvur, instinkt va intuitsiya kabi hodisalar ham kiradi.
  • Ongsizlik ong mavjudligi va rivojlanishining tabiiy sharti deyish mumkin.
  • Ong osti hodisalari ham psixik jarayonlarning muhim bo`g`inidir.
  • Z. Freyd fikricha, ular ongsizlik bilan ong o`rtasidagi chegaraviy sohadir.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə