6- ma’ruza: nazorat qilish va baholash usullari reja



Yüklə 27,28 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü27,28 Kb.
#135831
  1   2   3   4
6- ma’ruza nazorat qilish va baholash usullari reja-fayllar.org


6- ma’ruza: nazorat qilish va baholash usullari reja




6- MA’RUZA: NAZORAT QILISH VA BAHOLASH USULLARI 

REJA: 

1. Nazorat va uning turlari.

2. O‘quv jarayonida nazoratni tashkil etish usullari.

3. Ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va natijalarini baholash.

4. Reyting tizimi.

5. Assisment – nazorat qilishning zamonaviy usuli sifatida.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash 

tashhislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning ancha


qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi 
bo‘lib kelgan. SHunga haramay, bugun ham baholashning mazmuni, texnologiyalari
haqida qizg‘in munozaralar davom etmoqda. Avval bo‘lgani kabi pedagoglar baho 
nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ularning fikrlaricha, bahoning:
1)

ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasini qat’iy belgilovchi – sifat


ko‘rsatkichi, yoki;
2)
u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi, kamchiliklarini ko‘rsatuvchi 

ko‘rsatkich ekanligi aniq belgilanishi zarur.


Ta’limni baholashda ziddiyatli harashlarning tug‘ilishini buyuk pedagog 
YA.A.Komenskiy ham ta’kidlab o‘tgan edi. U pedagoglarni o‘zlari ega bo‘lgan baholash
huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta’lim oluvchilarga nisbatan nazoratning 
ob’ektiv bo‘lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal) 
nazorat bo‘lmasligi lozim, Didaktik nazorat ta’limning o‘ziga xos metodi sifatida aniq
ifodalangan ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lishi o‘z-o‘zini nazorat 
qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta’lim oluvchining o‘zi uchun zarur va foydali
bo‘lishi lozim. 
Ta’lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat va
baholashdan emas, balki baho yordamida o‘qishga undashning murakkab shakllaridan 
voz kechishni talab qiladi. O‘quvchilarning o‘quv mehnatini rag‘batlantirishning yangi
usullarini izlash, ta’lim va tarbiya sohasida kuch to‘plab borayotgan shaxsiy foyda
tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi. Tashhislash tizimida baho
rag‘batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga ega. Birinchi navbatda, baholovchi 
fikrlar (ballar) qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tashhislash natijalari shaxsning yetuklik
darajasini belgilashga ko‘maklashadi, bu esa raqobatli ta’lim sharoitlarini yaratishda 
muhim omil sanaladi. Ta’lim (shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan
boyitilgan baho o‘tmishda o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan ta’limning zaruriy 
vositasidan shaxsiy reyting – shaxsning jamiyatdagi mavqei ko‘rsatkichini tadrijiy
aniqlash usuliga aylanadi. 



Yüklə 27,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə