6 Ma`ruza: Nafas-olish tizimi



Yüklə 101,6 Kb.
səhifə1/4
tarix30.05.2023
ölçüsü101,6 Kb.
#114388
  1   2   3   4
6 Ma`ruza Nafas-olish tizimi



6 - Ma`ruza: Nafas-olish tizimi.

Reja:
1. Nafas olish jarayoni


2. Nafas olish organlarini tuzilishi va vazifasi
3. Nafas olish mexanizmi. Plevra
4. O`pkada gazlar almashinuvi
5. O`pkaning tiriklik sig`imi

Dars turi: ma`ruza


Zinama-zina usuli
Nafas olish jarayoni.
Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deyiladi. Nafas olish har bir tirik organizmning hayoti uchuy eng zarur fiziologik jarayon hisoblanadi.
Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat:
1. O`pka alveolalari va tashqi muhit o`rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi tashqi nafas olish.
2. O`pka alveolalari va o`pkaning kapillyar qon tomirlari o`rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi.
3. Qon va to`qimalar o`rtasida kislorod va karbonat angidrid almashinuvi (ichki nafas olish).
Nafas olish orqali tashqi muhitdan qabul qilingan kislorod ishtirokida hujayra va to`qimalarda oqsil, yog` va uglevodlar oksidlanib, energiya hosil qiladi. Hujayra va to`qimalardagi barcha hayotiy jarayonlar (qo`zg`alish, harakatlanish, ko`payish) ana shu energiya hisobiga amalga oshadi. Bu hayotiy jarayonlar natijasida hosil bo`lgan karbonat angidrid gazi hujayra va to`qimalardan qonga o`tib, o`pkalar orqali tashqi muhitga chiqariladi.
Nafas olish organlarini tuzilishi va vazifasi.
Nafas olish organlariga: burun bo`shlig`i, hiqildoq, traxeya, bronxlar, o`pkalar va plevra pardalari kiradi (34-rasm).
Burun bo`shlig`i. Burun bo`shlig`i yuqori, pastki va ikkita yon devordan tashkil topgan. Burun bo`shlig`i o`rtasidan ikkiga bo`lingan. Uning ichki yuzasi shilimshih parda bilan koplangan. Bu pardada juda ko`p mayda beznal ar bo`lib, ulardan shilimshiq suyuqlik ajraladi. Shilliq parda mayda qon tomirlari va nerv tolalariga boy. Burun bo`shlig`ining oldingi qismida mayda tukchalar bo`ladi. Ular nafas olinadigan havo tarkibidagi chang zarrachalarini tutib qolib, organizmni himoya qilish vazifasini bajaradi.
Nafas olganda tashqi muhitdan kirgan havo burun bo`shlig`i orqali o`tganda iliydi, namlanadi va chang zarrachalaridan tozalanadi. Shundan keyin bu havo halqum orqali hiqildoqqa o`tadi.
Hikildoq. Hiqildok IV - VI bo`yin umurtqalari ro`parasida joylashgan. U old tomonidan til osti suyagi muskullari va teri, yon tomondan qon tomirlari va nerv tolalari hamda halqonsimon bez bilan chegaralangan.
Hiqildoq havo o`tkazuvchi nafas yo`li vazifasini bajarishdan tashqari, u tovush hosil qiladigan ovoz apparati hamdir. Uning ichki kavani tuksimon shilimshiq pardadan iborat, devori esa tog`ay va muskullardan tashkil topgan. Qisqarishi va bo`shashishi natijasida ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi orqali tovush hosil bo`ladi.

Ichki qavatining o`rtasida tovush boylamlari va muskullari joylashgan bo`lib, ularning harakati, hiqildoq uzuksimon, halkasimon, hiqildoq usti kabi uchta yirik tog`aydan va uch juft mayda tog`aydan tashkil topgan.


Hiqildoqda uch guruh muskullar bo`lib, ularning bir guruhi tovush teshigini kengaytiradi, ikkinchi guruhi toraytiradi, uchinchi guruhi tovush boylamlarini taranglashtiradi. Hiqildoqdan havo uning pastki qismiga tutashgan nafas yo`liga, ya`ni traxeyaga o`tadi.
Traxeya va bronxlar. Traxeya hiqildoqning pastki qismidan, ya`ni VI -VII bo`yin umurtqalari ro`parasidan boshlanib, V ko`krak umurtqasi ro`parasigacha davom etadi va shu joyda o`ng va chap bronxlarga bo`linadi. Uning uzunligi odamning bo`yiga qarab, 9 - 13 sm gacha etadi.
Traxeyaning devori 16 - 20 ta aylanasimon tog`aylar va paylardan tashkil topgan. Aylanasimon tog`aylarning orqa qismi silliq muskullardan iborat. Traxeyaning ichki qavati tuksimon shilliq pardadan tashkil topgan bo`lib, unda mayda bezchalar joylashgan. Ulardan ajralgan suyuqlik havoni namlab o`tkazadi.Tuksimon silliq parda esa havodagi chang zarrachalarini ushlab qolib, tashqariga chiqarib yuboradi.
Bronxlar ko`krak umurtqasi ro`parasida traxeyaning ikkiga (o`ng va chap bronxlarga) bo`linishidan hosil bo`ladi. Bronxlar o`pka to`qimasiga kirib, xuddi daraxt shoxiga o`xshab, juda ko`p mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va bora-bora alveola pufakchalarini hosil qiladi.
Traxeya va bronxlar nafas yo`li hisoblanib, ular havoni ilitib, namlab, mayda chang zarrachalaridan tozalab, o`pka alveolalariga o`tkazadi.
O`pka. O`pka bir juft bo`lib (o`ng va chap o`pka), konussimon tuzilgan. Ular ko`krak qafasining ikki tomonida joylashgan O`ng va chap o`pkaning o`rtasida traxeya, qizilo`ngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda yurak joylashgan.
O`ng o`pka chap o`pkadan kattaroq bo`lib, u yuqorigi, o`rta va pastki bo`laklardan iborat. Chap o`pka esa yuqorigi va pastki bo`lakdan tashkil topgan. O`pkalar pastki tomondan diafragma, orqa tomondan umurtqa pog`onasi, oldingi tomondan tush suyagi va atrof tomondan qovurg`alar bilan chegaralangan.
O`pka to`qimasi daraxtsimon shakldagi o`rtacha, mayda va eng mayda bronxchalardan xamda pufakchasimon alveolalardan tashkil topgan. O`pka to`qimasi bronxlar va alveolalardan tashkil tonganligi tufayli u g`ovaksimon tuzilgan bo`ladi.
O`pkaning nafas olish va chiqarish funktsiyasini asosan alveolalar bajaradi. Ularning devori bir qavatli epiteliy to`qimasidan iborat bo`lib, atrofi mayda qon tomirchalari - kapillyarlar bilan to`rsimon shaklda o`ralgan. Alveolalarning soni ikkala o`pkada 750 mln atrofida bo`ladi. Alveolalarning umumiy qatori 100 m ni tashkil qiladi. Ular yuvasining bunday katta sathga ega bo`lishi o`pka bilan tashqi muhit o`rtasida hamda alveolalar bilan qon o`rtasida gazlar almashinuvi tezlashuvini ta`minlaydi.
O`pkalar tashqi tomondan plevra pardasi bilan o`ralgan. U ikki qavatdan (ichki va tashqi) iborat bo`lib, ular orasida torgina plevra bo`shligi hosil bo`ladi.
Plevra bo`shlig`i ichidagi bosim atmosfera bosimiga nisbatan kam, ya`ni manfiy bo`ladi. Bu esa nafas olgan paytda o`pka to`qimasining kengayishiga va undagi alveolalarga havo kirishiga, nafas chiqarganda esa torayib, alveolalardagi havoni qisib chiqarishga imkon beradi.
O`pkalar katta qon aylanish doirasidan kelgan bronxial arteriya tomiri orqali oziqlanadi. Kichik qon aylanish doirasining tomirlari, ya`ni o`pka arteriyalari va o`pka venalari o`pka to`qimasini oziqlantirishda ishtirok etmaydi. Bu tomirlardagi qon o`pka alveolalariga o`zidagi karbonat angidridni berib, ulardan kislorod qabul qiladi, ya`ni venoz qon arterial qonga aylanadi.
Ovoz apparati.
Yuqorida aytilganidek, asosiy ovoz apparati hiqildoqda joylashgan. Hiqildoqda joylashgan ovoz boylamlari, muskullari bilan birga, ovoz hosil bo`lishida til, lablar, og`iz bo`shlig`i, burun bo`shlig`i va uning yuz, peshana suyaklari orasida joylashgan qo`shimcha kovaklari, halqum, traxeya, bronxlar va o`pkalar xam ishtirok etadi.
Odam gapirmay turganda hiqildoqtsa joylashgan ovoz boylamlarining teshigi ochiq holda bo`ladi (u uchburchak shaklda). Pichirlab so`zlaganda ham ovoz teshigi ochilgan holda bo`ladi. So`zlashganda, kuylaganda ovoz teshiklari yopiladi va o`pkadan nafas bilan chiqariladigan havo katta kuch bilan ovoz boylamlariga ta`sir qilib, ularning tebranishi natijasida ovoz hosil bo`ladi. Ovoz boylamlari o`pkadan chiqariladigan havo ta`sirida bir sekundda 80 martadan 10 ming martagacha tebranishi mumkin. Tebranish qancha ko`p bo`lsa, ovoz shuncha kuchli bo`ladi (35-rasm).
Ovozning o`tkirligi ovoz boylamlarining kalta yoki uzun bo`lishiga bog`liq. Ayollarda ularning uzunligi o`rtacha 18 - 20, erkaklarda 20 - 22 millimetr. Shuning uchun ayollarning ovozi o`tkir bo`ladi. Bundan tashqari, ovozning kuchi hamma odamda bir xil bo`lmaydi. Qo`shiqchilarda ovozning kuchi boshqalarnikiga nisbatan ancha katta bo`ladi.
Ba`zi qo`shiqchilar kuylaganda, shipga ilingan qandilni tebratib yuborganligi tarixda ma`lum. Maxsus tayyorgarliqdan o`tgan qo`shiqchilar xuddi tanbur yoki dutor simining turli joylaridan har xil ovoz chiqqanidek, ovoz boylamlarining turli qismlaridan har xil ovoz chiqarish qobiliyatiga ega bo`ladi.
Har bir kishining ovozi o`ziga xos xususiyatga ega. Hatto chaqaloqning yig`laganidagi ovozi ham o`ziga xos ohangga, xususiyatga ega bo`ladi va shu orqali ona o`z bolasining ovozini boshqa chaqalokdar ovozidan farq qiladi. Albatta hayot davomida odamning turli yosh davrlarida ovozi ma`lum darajada o`zgaradi. Ayniqsa, o`smirlarda (13-16 yoshda) ovozning o`zgarishi juda sezilarli darajada bo`ladi. Chunki shu yoshda hiqildoq va ovoz boylamlarining uzunligi o`g`il bolalarda ikki, qizlarda bir yarim baravar ortadi. Buning natijasida, ayniqsa, o`smir yoshdagi o`g`il bolalarda ovoz qo`pollashib, do`rillab qoladi. Bundan xavotirlanmaslik kerak. Bu fiziologik xususiyatga ega bo`lib, o`smirlik davri o`tgandan keyin ovoz normal ahvolga keladi. Lekin o`smirlik davrida ba`zi gigiena qoidalariga amal qilish zarur, ya`ni qattiq gapirmaslik, baqirmaslik, kuchli ovoz bilan ashula aytmaslik, chekmaslik, spirtli ichimliklar iste`mol qilmaslik, shamollashdan saqlanish, achchiq taomlarga ruju qilmaslik kerak va hokazo. Ba`zilarning fikricha, yosh bola qancha qattiq va ko`p yig`lasa, go`yo uning ovoz apparati shuncha yaxshi rivojlanar emish. Bu noto`g`ri, chunki ko`p va qattiq yig`lagan bola ovoz boylamlarining zo`riqishi natijasida ularda mayda pufakchalar hosil bo`ladi. Buning oqibatida bolaning ovozi qo`pol va xirillagan bo`lib qolishi mumkin. Shuning uchun yosh bolani qattiq va uzoq yig`latmaslik lozim, ya`ni uni tezda ovutish kerak.

Yüklə 101,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə