6-topshiriq Bajardi



Yüklə 216,92 Kb.
səhifə1/7
tarix22.03.2024
ölçüsü216,92 Kb.
#181330
  1   2   3   4   5   6   7

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI Raqamli texnologiyalar VAZIRLIGI
Muhammad al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti

Ilmiy ta’lim fanidan


6-topshiriq

Bajardi: PRE001 – guruh talabasi
Sattorova Zarina Ilhom qizi
Tekshirdi: Zaripova Dilnoza Anvarovna


MUNDARIJA


KIRISH 4
I BOB. INTERNET TARMOG’I VA WEB TEXNOLOGIYALARI 8
1.1-§. Internet tarmog‘i haqida umumiy ma‘lumot 8
1.2-§. HTML gipermurojaatlar tili haqida 9
1.3-§. WEB sahifalar va WEB brauzerlar. 10
1.4-§. CSS (Cascading Style Sheets) haqida 12

KIRISH


Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirish o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.”
O’zbekiston Respblikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Mamlakat birinchi Prezidenti Islom Karimov 2001-yil may oyida Oliy Majlisning V sessiyasida so‘zlagan nutqida kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga, maktablar va oliy o‘quv yurtlari dasturlariga, odamlarning kundalik turmushiga joriy etish bo‘yicha O‘zbekistonning yuksakdarajalarga erishishi yuzasidan aniq vazifalarni qo‘ydi.
Jamiyatni kоmpyutеrlashtirish, axbоrоt tеxnоlоgiyalarini rivоjlantirish bo‘yicha vazifalarni hal etish uchun 2002-yil 30-mayda O‘zbеkistоn Rеspublikasi birinchi Prеzidеnti Islоm Abdug‘aniеvich Karimоvning “Kоmpyutеrlashtirishni yanada rivоjlantirish va axbоrоt-kоmmunikatsiya tеxnоlоgiyalarini jоriy etish to‘g‘risida” gi farmоni qabul qilindi. Farmоnda bеlgilangan chоra-tadbirlarning amalga оshirilishi axbоrоtlashtirishning milliy tizimlari barpо etilishini, iqtisоdiyotga va jamiyatning har bir a‘zоsi hayotiga kоmpyutеr tеxnikasi va axbоrоt tеxnоlоgiyalari оmmaviy jоriy etilishi uchun shart-sharоitlarni ta‘minlaydi, jahоn bоzоrida mamlakatimiz iqtisоdiyotining raqоbatbardоshliligini оshiradi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o’zgarishlar, yangilanishlar, kutilgan va kutilmagan voqea-hodisalar sodir bo’lmoqda. Har bir kunimiz kuchli axborot oqimi ostida kechmoqda. Biz uyda, ishda va jamoat joylarida, eng ko’prog’i ta‘lim jarayonida axborot oqimidan xabardor bo’lish, yangi bilimlar va izlanishlar natijalaridan xabardor bo’lish ehtiyoji vujudga keladi. Zamon shuni taqozo qilayaptiki, insoniyat axborot oqimidan uzilgan holda normal faoliyat yurita olmaydi. Zamonaviy taraqqiyot bosqichida hayotni anglash, uni o’rganish, tahlil qilish va tadbiq qilish axborotlarni yig’ish va o’zlashtirish, saralash va qayta ishlash orqali kechadi.
Insonning bilimlilik darajasi, egallagan ma‘lumoti ham ma‘lum davr mobaynida shaxs tomonidan o’zlashtirilgan axborotlarning ko’p yoki ozligi bilan belgilanadi. Shuning uchun, zamonaviy bilimlar sari yangicha yo’llarni o’rganish, ta‘lim olish jarayonini takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalardan unumli foydalanish - bugungi kunning xaqli ravishdagi talabiga aylandi. O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda “Ta‘lim to’g’risida”gi qonunlari ham pedagog xodimlar, talaba va o’quvchilar zimmmasiga ana shu ma‘suliyatni yuklaydi. Vazirlar Mahkamasining 2001 - yil 23 -maydagi «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish to’g’risida»gi, «Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta‘minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora–tadbirlari to’g’risida»gi, shuningdek, 2002-yil 30-maydagi «Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish to’g’risida»gi qarorlari ta‘lim sohasiga yangidan-yangi kuchlarni jalb qildi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bundan shuni ta‘kidlash mumkinki, bizning yurtimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida e‘tibor qaratilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, bugungi kunda ta‘lim tizimi, fanlarni o’qitish, xususan, informatika fanini o’qitishda o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar va ulardan foydalanish talabalarni bilim darajalarini oshirishga imkon yaratadi.
Bizning bitiruv malakaviy ishimizda ham aynan shu soha - axborot kommunikatsion texnologiyalardan ta‘lim jarayonida foydalanish, xususan web-saytlar, o’quv muassasalari faoliyatida ta‘lim muassasasining saytini tutgan o’rni, o’quv-muassasalari uchun yaratilgan saytlarning tarkibiy tuzilishi hamda ulardan ta‘lim jarayonida foydalanish to’g’risida fikr yuritilgan.
Ilmiy yangiligi:
- o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning didaktik aspektlarining nazariy tahlil qilinganligi;
- o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan informatika fanining o’qitishning nazariy darslarida foydalanish metodikasini ishlab chiqilganligi;
- o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan informatika fanining o’qitishning amaliy darslarida va mustaqil ishlarni bajarishda foydalanish metodikasini ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Agarda o’quv jarayonida darslarni o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanib tashkil etilsa, talabalarning fan hamda internet haqidagi bilimlari tezda shakllanadi, shuningdek ta‘limni boshqaruv ham takomillashadi, talabalarning ko’nikma va malakalari oshadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi shundan iboratki, informatika fanining o’qitishda o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar va ulardan foydalanishni ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
- Respublikamiz va xorijiy mamlakatlarda o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar holatini o’rganish, tahlil qilish va ulardan informatika darslarida foydalanishning didaktik aspektlarini asoslash;
- o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan o’quv jarayonida foydalanishni ishlab chiqish;
- o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanib talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda oddiy hamda tarmoqqa mo’ljallangan test dasturlaridan foydalanish.
Bitiruv malakaviy ishining ob‘ekti - bu o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar mazmuni, talabalarning internet haqidagi bilim, malaka va ko’nikmalari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti – o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar yordamida ta‘limni tashkil etishning didaktik jihatlari va ulardan foydalanish.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Bitiruv malakaviy ishini kirish qismida – Respublikamiz va xorijiy mamlakatlarda o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar holatini o’rganish, tahlil qilish va ulardan informatika darslarida foydalanishning didaktik aspektlarini asoslash;
- o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan o’quv jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish;
- informatika fanining o’qitishning nazariy, amaliy darslarini yangi pedagogik texnologiyalar va o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanib o’qitish texnologiyasini ishlab chiqish;
- o’quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan foydalanib talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda oddiy hamda tarmoqqa mo’ljallangan test dasturlaridan foydalanish kabi umumiy ma‘lumot berilgan.
I bobda – internet tarmog‘i va web texnologiyalar haqida umumiy tushunchalar ya‘ni internet tarmog‘i, HTML gipermurojaat tili haqida hamda CSS (Cascading Style Sheets) kabi web texnologiyalar haqida ma‘lumot berildi.
II bobda – o‘quv muassasasi uchun yaratilgan saytlardan o‘quv jarayonida foydalanishning ahamiyati, informatika amaliy va nazariy darslarida saytlardan foydalanish hamda mustaqil ishlarni bajarishda web saytlarning imkoniyatlari haqida ma‘lumotlar berilgan.
III bobda esa – wordpress dasturida Farg‘ona shaxar 5-umumta‘lim maktabining web saytini yaratish jarayoni eng yoritilgan bo‘lib, web sayt yaratish bosqichlari, ushbu web saytga bog‘langan elektron pochta tizimi, web sayt stillini o‘zgartirish, yangi saxifa yaratish, hamda web saytni ma‘lumotlar bilan to‘ldirish jarayonlariga to‘xtalingan.
Ishning oxirida xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va elektron manzillar ro’yxati berilgan.

Yüklə 216,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə