|
7-mavzu. Ta’lim metodlari va vositalari Reja
|
səhifə | 1/3 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 12,97 Mb. | | #136661 |
| - Reja:
- 1. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
- 2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.
- 3. Ta’lim metodlarining mohiyati.
- 4. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari.
- 5. Ta’lim vositalari va ulaming funktsiyalari.
- Adabiyotlar:
- 1. Pedagogika. / M.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. – T.: Iqtisod-Moliya, 2008.
- 2. Hasanboyev J. va boshqalar. Pedagogika. – T.: Fan, 2006.
- 3. Podlasiy I.P. Pedagogika. – M.: Vissheye obrazovaniye, 2008.
- 4. Pedagogika / Pod.red. P.I.Pidkasistogo. – M.: Vissheye obrazovaniye, 2008.
- 5. Xodjayev B. О‘quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirish yо‘llari. – T.: TDPU, 2008.
- Ta’lim metodlari.
- Metod sо‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yо‘li, usuli deganidir. Bu sо‘zning etimologiyasi (kelib chiqishi) uning ilmiy kategoriya sifatidagi talqinida ham aks etgan. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”.
- Ta’lim metodlari deyilganda, о‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bо‘yicha о‘qituvchining о‘rgatuvchi ishi va о‘quvchilar о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.
- Qoida – tanlab olingan metod bilan bog‘liqlikda faoliyat usullarini amalga oshirish uchun qulay tarzda harakat qilish zarurligini belgilab beruvchi meyoriy kо‘rsatmalardir.
|
|
|