A. X. Pardayev Z. A. Pardayeva boshqaruv hisobi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə1/197
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#133721
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
Boshqaruv hisobi-hozir.org


Boshqaruv hisobi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI



OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



A.X. Pardayev
Z.A. Pardayeva
BOSHQARUV HISOBI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
sifatida tavsiya etilgan

Toshkent


1
«IQTISOD-MOLIYA» 2019






UO‘K: 657/658(075.8) KBK: 65.290-2ya73
Toshkent moliya instituti rektori

Ulug‘bek O‘ktamovich Azizovning tahriri ostida
Taqrizchilar: i.f.d., prof. A.A.Karimov;

i.f.d., prof, B.A.Xasanov;
i.f.d., prof. Z.N.Qurbonov
P 21 Boshqaruv hisobi: Darslik / A.X. Pardayev, Z.A. Pardayeva;
– T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. – 556 b.
“Boshqaruv hisobi” nomli ushbu darslik iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, u Davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Kitobda asosiy e’tibor boshqaruv hisobini zamon talablari darajasida tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan. Unda boshqaruv hisobini tashkil qilish tamoyillari, xarajatlarni hisobga olishning zamonaviy usullari, byudjetlashtirish, transfert baholarni shakllantirish, segmentar hisobotlarni tuzishga buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari talablaridan kelib chiqib yondashilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik 5A230901 – Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga tavsiya etilgan.

UO‘K: 657/658(075.8) KBK: 65.290-2ya73



ISBN 978-9943-13-858-2 © A.X. Pardayev, Z.A. Pardayeva, 2019

2
© «IQTISOD-MOLIYA» 2019



KIRISH
Talabalar hukmiga havola qilinayotgan ushbu darslik 2002-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Kengashi qaroriga asosan dastlab “Akademiya” nashriyotida, keyinchalik u kitobxonlar tomonidan bildirilgan taklif-istaklar, sohada ro‘y bergan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda 2008-yilda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan qo‘llanma, shuningdek, 2014-yilda “TAFAKKUR” nashriyotida chop etilgan darslik asosida yozilgan.

Bu fanni o‘qitish jarayonini sifat jihatdan yaxshilash, ma’ruza darslarini talabalar bilan interfaol usulda, zamonaviy pedagogik va informatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda, ochiq muloqot shaklida o‘tkazishga qaratilgan.


Darslikning asosiy vazifasi, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (menejeri)ni «Boshqaruv hisobi»ning mohiyati, vazifalari, funksiyalari, obyekti, predmeti, tamoyillari hamda uni xo‘jalik yurituvchi subyektlarda samarali tarzda tashkil qilish va yuritish asoslari bilan tanishtirishdan iborat.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish — boshqaruv jarayonining muhim bosqichidir. U qanchalik samarali bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy faoliyati shunchalik muvaffaqiyatli kechadi. Bu masalaga yondashish borasida ushbu darslik, shubhasiz, katta yordam beradi, degan umiddamiz.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari malakasining darajasi va sifatini belgilovchi asosiy mezon — iqtisodiy o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish qobiliyatida ifodalanadi. Kimki ana shunday qobiliyatga ega bo‘lmasa, undan oqil va malakali rahbar chiqishi dargumon. Aynan shu xulosalardan kelib chiqib, darslikda tadqiqotli, istiqbolli hamda strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish texnologiyalariga katta e’tibor
qaratildi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishning zamonaviy eng qulay va samarali texnologiyasi misollar yordamida bayon qilindi.
Darslikda qanday mahsulot turini qancha miqdorda ishlab chiqish maqsadga muvofiqligini aniqlash, shu bilan bog‘liq xarajatlarni nazorat qilish va boshqarish, ularni hisobga olish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash, belgilangan tannarxdan chetlanishlarni nazorat qilish usullari atroflicha yoritildi. Ishlab chiqarilgan mahsulot bahosini belgilashga ilmiy jihatdan yondashib, uni raqobat va bozordagi talab-taklif o‘rtasidagi munosabat ta’sirini e’tiborga olgan holda aniqlash usullari misollar vositasida ko‘rsatildi.
Shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ta’sir etadigan omillarni o‘rganish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini aniqlash, uni boshqarish hamda unga bahoni belgilash tamoyillari atroflicha yoritilib, xarajatlar tarkibi va tavsifi aniq misollar bilan ko‘rsatildi.
Mazkur darslikni yozishda mualliflar an’anaviy yondashuvdan chetlangan holda, mamlakatimizda jahon amaliyotining eng ilg‘or tajribalaridan kelib chiqib, boshqaruv hisobini yanada rivojlantirishning ayni paytda dolzarb bo‘lib turgan, yangi va istiqbolli yo‘nalishi - sifat ko‘rsatkichi mohiyati, uni baholash mezonlari, shuningdek, investitsiya loyihalari va biznesning tarkibi bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish masalalarini atroflicha yoritishga e’tibor qaratdilar.
Har bir bobning yakunida boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoniga mustaqil fikrlash va mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishga mo‘ljallangan, pedagogik va informatsion texnologiyalardan foydalanib yechilishi kerak bo‘lgan vaziyatli, muammolar va vazifalar, illyustrativ misollar, shuningdek test savollari keltirilgan.
Mazkur darslikning II va III boblari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining o‘qituvchisi
F.A.Astanova bilan hamkorlikda, XII bobi i.f.n., dotsent Umidjon Kostaev tomonidan yozildi.
Ushbu darslikni yaratishda o‘zlarining qimmatli fikrlarini ayamagan i.f.d., professor A.K. Ibragimov, i.f.d., professor B.A. Xasanov, i.f.d., professor Z.N.Qurbonovlarga mualliflar o‘z minnatdorchiliklarini bildiradilar.
Darslik ayrim kamchiliklardan ham holi bo‘lmasligi shubhasiz, shu sababli, uning saviyasini yanada ko‘tarish, mazmunan boyitish va rtivojlantirish borasidagi bildirilgan barcha fikr-mulohazalar, istaklar va takliflarni mualliflar minnatdorchilik bilan qabul qilishadi.
Mualliflar


Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə