|
Abu Rayhon Beruniy asarlarida xronologiyaga oid ma’lumotlar
|
tarix | 13.10.2023 | ölçüsü | 30,36 Kb. | | #127652 |
| Abu Rayhon Beruniy asarlarida xronologiyaga oid ma’lumotlar Maqola
Abu Rayhon Beruniy asarlarida xronologiyaga oid ma’lumotlar
Denov tadbirkorlik va pedagogika istituti
2-bosqich talabasi
Mustafoqulov Otabek Panji o’g’li
E-mail
Mustafoqulovotabek001@gmail.com
Tel:+998953333251
Denov tadbirkorlik va pedagogika istituti
2-bosqich talabasi
Saidmurodov Javohir
E-mail
Saidmurodovjavohir699@gmail.com
Tel:+998932223526
Annotatsiya: O’rta Osiyoda yetishib chiqqan buyuk allomalardan biri bu Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi. O’rta asrlarda Abu Rayhon Beruniy ilm-fan sohasida yuksak marralarni zabt etdi.Beruniy falakiyot, riyoziyot, geodeziya, jug'rofiya va mineralogiya va tabiiy fanlarni yaxshi bilgan, shuningdek, tarixchi, xronolog va tilshunos sifatida ham ajralib turardi.
Kalit so’zlar: Abu Rayhon Beruniy, riyoziyot, mineralogiya, geodeziya, qadimgi, tarix, xronologiya, oy, calendar, xalq, metrologiya.
Abu Rayhon Beruniy Sharqning eng yorqin va
ulug' siymolaridan biri hisoblanadi. Uning «Al-osor al-boqiya ani-l-qurun
al-holiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»), («Xronologiya»),
«Qonuni Mas’udiy» asarlarida xronologiya faniga oid ko'plab ma’lumotlar
berilgan.1
Asar Yevropada XIX asrning 2-yarmida maʼlum boʻlgan. Nemis sharqshunosi E.Zaxau 1876—78 yillarda asarning arabcha matnini, 1879-yilda ingliz tilidagi tarjimasini ("Sharq xalqlarining tarixi" nomi bilan) nashr ettirgan. Koʻpincha ilmiy adabiyotda "Xronologiya" deb ham ataladigan boʻlgan. Eronlik olim Sayrafiy 1943-yilda Tehronda fors tilida chiqargan. Asarning ruscha tarjimasi 1957-yilda, oʻzbekcha tarjimasi 1968-yilda Toshkentda Beruniy "Tanlangan asarlari" turkumida (1 jild) Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan nashr qilingan.2
Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»
asarida arab, eron, so'g'd. xorazm, vunon kalendari hamda asosiy vaqt
birliklari, turli vaqt o’lchovi tartiblari haqida batafsil ma'lumot bergan.
Olim har bir xalqning o‘z tarixi borligini ta'kidlar ekan, ularning nafaqat
tarixi, balki vaqt hisobi hamda kalendarlari ham bir-biridan farq qilishini
ta'kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy «Movarounnahr otashparastlari, ya'ni Xorazm va
So'g'd aholisi ishlatadigan oylarni» bayon etadi, Movarounnahr]iklarning
kalendaridagi oylarining soni va yilning, uzunligiga ko‘ra eronliklar
kalendariga o'xshashi, faqat ovlarning boshlanishi orasida farq borligini
ko'rsatib o’tadi. Abu Rayhon Beruniy xorazmliklar kalendaridagi oylar
va kunlarining nomlarini ham keltirib o‘tadi. Xorazmliklar «isfandorajiy»
(o‘n ikkinchi) oyining oxiriga qo'shiladigan ortiqcha besh kunning
birinchisini oyning birinchi kuni nomi bilan atab, qolgan kunlarga ham
birin-ketin keyingi kunlarning nomlarini berishlarini aniqlaganini
ta'kidlaydi. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asaridan turkiy xalqlar
o'n ikki hayvon nomi bilan ataluvchi muchal kalendari va ularning
nomlari haqida ham ma’lumot olish mumkin. Qolaversa, eronliklarning
kalendaridagi o‘n ikkita oy nomini ham shu asarda uchratish mumkin.
Eronliklar tuzgan kalendarda har bir oy 30 kundan hisoblanib,
qo‘shimcha 5 kun o'n ikkinchi oy oxiriga qo'shilgan. Abu Rayhon
Beruniyning ko‘rsatishicha, bu 5 kun qadimgi eron tilida «panji»,
«andargoh» deb atalgan. Keyinchalik. bu nom arabchalashib, «andarjoh»
deb o‘zgartirilgan. Bu besh kun «o'g’irlangan kun», deb ham atalgan,
ular biror oy kunlari hisoblanmagan. Eronliklar ularni «obonmoh» bilan
«ozarmoh» olrtasiga qo’yib, har bir oy kunlariga berilgan nomlardan
boshqa nomlar bilan ataganlar. Eron kalendarida bir yil uch yuz oltmish
besh kun boMgan. Ular chorak kunlar bir oy boMmaguncha hisobga
olmaganlar. Bu bir yuz yigirma yilda bir marta bo'lgan. Shunda ortiqcha
oyni yil oylari qatoriga qo‘shganlar va u o‘n uchinchi oy bo‘lgan. 0 ‘sha
yilni kabisa yil deb, ortiqcha oy kunlarini boshqa oylar nomlari bilan
ataganlar. Abu Rayhon Beruniyning ma’lumot berishicha, ular dastlab
haftadan foydalanmaganlar. Olim bu haqida shunday ma'lumot beradi:
«Dastlab haftalarni ishlatganlar g’arb tomon aholisi, ayniqsa Shorn
va uning tevaragida yashovchilar bo'lganlar. Bunga sabab. u tomonda
payg'ambarlar yuzaga chiqib, Tavrotd^aytilganidek, birinchi hafta va bu
haftada olam paydo bodganidan xabar berganlar. Keyin bu odat ulardan
boshqa millatlarga tarqalgan».3
Abu Rayhon Beruniy Misr kalendariga ham to'xtalib o’tgan. U
Misr kalendaridagi eski va yangi oy nomlarini o‘z asarida berib o'tadi.
Misrliklar qo'shimcha besh kunni «abag'amno» (kichik oy), kabisali yilni
esa «anqnaqt» (alomat) deb ataganlar. Qo’shimcha kun so’nggi «musriy»
nvining oxiriga qo‘shilgan. Abu Rayhon Beruniy «Shorn mamlakati»
iSiiriya) kalendaridagi o‘n ikki oy nomlari va to‘rt yilda bir marta
be.sliinchi (shubat) oyga bir kun qo‘shib hisoblashlari haqida yozadi.
Ilu manbaga ko‘ra «Shorn mamlakati» kalendaridagi oy nomlari keng
Inrqalgan, hatto arablar ham «dala ishlariga tegishli vaqtlarni» shu oylar
biIan belgilar ekan.4
Abu Rayhon Beruniy «Qonuni Mas’udiy» asarida qadimgi arab
kalendaridagi o‘n ikkita oy nomini keltiradi, lekin ularning faqat
ikkiiasining lug'aviy ma’nosini berib o'tadi. «Qadimgi xalqlardan
qolgan yodgorliklar»da zamonaviv arab kalendaridagi o'n ikkita oy va
vetti liafta kunining nomi va o'z ta’riflari ham keltiriladi. Abu Rayhon
Beruniyning vozishicha. arablar yahudiylardan yilga qo‘shimcha oy
qo'shishni o'rganganlar va bu oyni «ayyom an-nasi» deb ataganlar. Abu
Kayhon Beruniy o'z asarida milodiy yil hisobiga ham to‘xtalib o'tadi.
I i mazkur kalendarni «rumiy kalendari» deb ataydi va bu kalendarga
hirmchi marta kabisa yilini Yuliy Sezar kiritgan, deb yozadi. Olim
milodiy yil hisobini qadimgi xalqlarning qator yil hisoblari bilan
qiyoslaydi. «Qonuni Ma’sudiy» asarining ikkinchi kitobi xronologiya
masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda «Qadimgi xalqlardan qolgan
vodgorliklar» asarida ko'rilgan masalalar to'ldirilib, davom ettiriladi.
Asarda Eron, Bobil, Rum podshohi va arab xalifalari hukmronlik qilgan
yillarining xronologik jadvallari keltirilib, ularning nomlari yunoncha
iranskripsiyada berilgan. Shuningdek, mazkur asarda insoniyat
lomonidan qo'llanilgan eralar, jumladan Yazdigard, Iskandar, Filipp.
«Buxtunassar» (Nabonassar) erasini aniqlash masalalari xususida ham
so'z boradi.5
Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida bu o'lkada yashovchi
xalqlarning urf-odatlari, geografiyasi va u bilan bog'liq astronomiyasi
ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek, olim burjlar. oy fazalarining o'zgarishi,
hind eralari. Oy va Quyosh kalendarlari va oltmish yillik Yupiter
davriyligi nomlarini keltirib o'tgan.6
Xulosa
Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy o’rta asrlarda yashab ijod qilgan. Bir qancha sohalarda ilmiy o’rganishlar olib borgan va asarlar yozgan hisoblanadi. Asarlari ichida xronologiya uchun yozgan asari “qadimgi xalqlardan yodgorliklar” hisoblanadi. “Qadimgi xalqlardan yodgorliklar “ asarida turli xalqlar vaqt o’lchov birliklarini to’g’ri tavsiflab bergan. Abu Rayhon Beruniyning asarida shuni ta’kidlash kerakki, bizga yaqin va uzoq bo’lgan xalqlarning taqvim tizimini o’rganib ularga sharhlar bitgan. Bular arab, eron, so'g'd. xorazm, yunonlarning calendar tizimi hisoblanadi. Bu calendarlarning Abu Rayhon Beruniy tomonidan o’rganilishi o’rta asr o’rta osiyo ilm-fanida yangi marraning zabt etilishi bo’ldi.
Foydalanuvchi adabiyotlar
Beshimov, M. BERUNIY “QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR” ASARINING AHAMIYATI. Buxoro.2021.
Pirmat Shermuhamedov. "Dahoning tugʻilishi yoxud Abu Rayhon Beruniy qismati". Toshkent sh.1999
Иофе В.Г.,Чориев З.У. Хронология ва метрология. - Т., 2003.
Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: А.Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2006.
A.Do’stov. Xronologiya va metrologiya. O’quv qo’llanma. Qarshi- Nasaf-2020.
Dostları ilə paylaş: |
|
|