Sharq Uyg`onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi



Yüklə 153,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix07.10.2023
ölçüsü153,67 Kb.
#126032
  1   2   3
1-ma\'ruza pdf



Sharq Uyg`onish davrida pedagogik fikrlarning 
rivojlanishi.
Sharq Uyg`onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. 
Sharq Uyg`onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. 
SHarq ilk Uyg‘onish davri IX asrdan boshlanib XII asrgacha davom etdi.
Bu 
davrinig buyuk olimi, 
Abu Abdulloh ibn Muso al-Xorazmiy (783-
850)
osiyolik bir guruh mashhur olimlar singari Bag‘dod xalifalari –
Abbosiylar 
sulolasidan bo‘lmish
al-
Ma’mun (813
-833), al-
Mu’tasim (833
-842) va al-
Vosiq (842-847)
saroylarida yashab, ijod etdi. 
Xorun ar-Rashid (786-
809)
va uning o‘g‘li
alMa’mun (813
-833)
davrida. Bag‘dod SHarqning yirik va 
madaniy markaziga aylandi, ayniqsa, falsafa, riyoziyot, tibbiyot va boshqa fanlar 
rivojlandi. 
Bag‘dodda ochilgan
“Baytul Hikma” (“Donishmandlar uyi”)
ga Xuroson, 
Movarounnahr, Baqtriya, Xorazm, SHosh, Forob, Marv, Qobul va boshqa qo‘shni 
o‘lkalardan kelgan olimu fozillar, shoiru tarjimonlar va hattotlar to‘plangan edi. 
“Baytul Hikma”ning ko‘p yillik faoliyati mobaynida mashhur yunon olimlarinin

bir qancha asarlari arab tiliga tarjima qilindi, shuningdek, riyoziyot, falakiyot, 
jo‘g‘rofiya va boshqa fanlarga doir bebaho asarlar bitildi.
“Baytul Hikma” huzurida yirik kutubxona ochilgan bo‘lib, unda xalifalik va 
qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan
nodir kitoblar jamg‘arilgan edi. Ma’mun 
davrida kutubxonaga “akademiya”ning ko‘zga ko‘ringan olimi sifatida Muso 
alXorazmiy boshchilik qildi. “Baytul Hikma” kutubxonasidan tashqari uning 
ixtiyorida ikki rasadxona ham bo‘lib, ulardan biri Bag‘dodning SHamo
ssiya 
mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tog‘ida barpo qilingan edi. 
Al-Xorazmiy ana shu rasadxonani ham boshqarib, asosan falakiyot ilmi bilan 
shug‘ullanadi. Olim IX asrning 20
-
yillarida o‘zining mashhur astronomiya va 
trigonometriya jadvallariga doir 
“Zij fi ilm al
-
falak”
risolasini yozib tugatadi. 
Al-Xorazmiyning bu asariga tayanib arab tilidagi ilmiy adabiyotlarga birinchi 
bo‘lib Sayyoralar, Oy va Quyoshning harakatlari, sayyoralarning sutkalik 
harakatlari va ularni aniqlash yo‘llari, Oy
va Quyosh gardishining kattaligi, 
sinuslar jadvali va tangens kiritilgan edi. Asar XII asr boshlarida lotin tiliga 
tarjima qilingan. Al-
Xorazmiy “Ziji”ga ko‘pgina olimlar izohlar, tushuntirishlar 
yozishgan. 
Al-Xorazmiy 
“Ziji”
dan tashqari Quyosh soatlari, astrolyabiyaning tuzilishi va 
qo‘llanishiga oid
“Kitob ul
-
amal bil asturlabat” (“Astrolyabiya bilan ishlash 
haqidagi kitob”)
risolasini ham yozib, amaliy falakiyotning rivojiga salmoqli hissa 
qo‘shdi. Al
-Xorazmiyning bu astronomiyaga oid asarlari Quyosh, Oy va 
Sayyoralar harakatini kuzatishda, daryo va ko‘l suvlari harakatini yo‘lga 


solishda, sel va toshqinlarning oldini olishda, olis joylarga dengiz orqali va 
quruqlikda safarga chiqqan vaqtda astronomik chamalashda, suvsiz erlarga suv 
chiqarish va suv insh
ootlarini bunyod etishda, qishloq xo‘jalik ishlarining 
boshlanishi yoki tugallash vaqtini belgilashda, dehqonchilik uchun kerak bo‘lgan 
mavsumiy kalendarlarni tuzishda, xalqning kundalik amaliy maqsadlari va 
hayotiy ehtiyojlariga hojatbaror bo‘ldi.
SHuningdek, al-
Xorazmiyning falakiyot ilmiga oid asarlari ma’lumotlaridan ikki 
asrdan ko‘proq vaqt davomida ko‘plab rasadxonalarda foydalanib kelindi. 
Xususan, SHarqda va G‘arbiy Evropada (Nyuton, Gershel asarlari paydo 
bo‘lganga qadar) asosiy qo‘llanma bo‘lib xi
zmat qilgan. 
Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, al
-
Xorazmiy “Donishmandlik uyi”da falakiyot, 
riyoziyot va boshqa soha olimlari orasida o‘zining ulug‘ salohiyati, qobiliyati 
bilan ajralib turgan. Al-
Xorazmiy bu davrda o‘zining ilmiy faoliyati, tabiiy
-ilmiy 
qa
rashlari bilan ilg‘or ma’rifiy
-pedagogik tafakkur va tabiiy-ilmiy fanlar rivojiga 
keng yo‘l ochdi. Riyoziyotda mavhumlikni (abstraksiyani) kengaytirdi.
Induksiya 
yo‘li
bilan umumiy echish usullarini hal qilib, 
deduksiya
hamda umumiy usullari 
yordamida turli xususiy masalalarni echdi. Uning kashfiyotlari va asarlari 
dunyoviy, ya’ni aniq fanlarni mustaqil rivojlantirishga keng imkon yaratdi.
SHuning uchun ham al-Xorazmiy tabiiy-
ilmiy kashfiyotlari bilan o‘zidan keyingi 
butun ma’naviy taraqqiyotga, tabiiy
-ilmiy tafakkurga, haqiqatni aniqlash 
uslublariga juda katta ta’sir o‘tkazdi. Al
-
Xorazmiy ob’ektiv munosabatlarning, 
tabiiy jarayonlarning eng muhim xususiyatlarini o‘rganish zarurligini, 
atrofmuhitni tadqiq etishda insonning ongi va ilm-fanning ahamiyatini yuqori 
baholadi. 
SHularni e’tiborga olsak, o‘z vaqtida al
-Xorazmiy tabiiy-ilmiy fanlarning, 
ayniqsa, riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiyaning rivojlanishiga, bu fanlarning 
mustaqil taraqqiyotiga to‘g‘ri yo‘nalish berishda o‘zining tutgan yo‘li bilan ilm
-
fan tara
qqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. SHu boisdan ham hozirgi zamon olimlari 
IX asrning birinchi yarmini “Al
-
Xorazmiy davri” deb atayotganlari bejiz emas.
Al-
Xorazmiyning insonparvarlik g‘oyalari olimlarning vazifasi va burchi, ularning 
insoniyat oldidagi mas’uliyati haqida aytgan so‘zlarida ham namoyon bo‘lgan: 
“O‘tmish davrlarda o‘tgan xalqlarning olimlari fanning turli tarmoqlari va 
falsafaning turli bo‘limlari sohasida asarlar yozishda tiyilmas edilar. Bu bilan ular 
o‘zlaridan keyin keladiganlarni nazarda tutardilar va bular tomonidan o‘zlaricha 
(sarf qilingan) kuchlariga munosib mukofot bo‘lar degan umid tutardilar hamda 
shon-
sharaf va yod tutish bilan mukofotlanardilar, rostgo‘y lablardan maqtovlar 
aytiladi deb ishonardilar. CHunki ular fanning maxfiy sirl
arini ochish uchun o‘z 
bo‘yinlariga olgan qiyinchiliklar va mehnatlarini bunga arzimas deb biladilar. 
Ulardan biri o‘zidan avvalgilar qila olmagan ishlarni amalga oshirishda 
boshqalaridan o‘zib ketadi va uni o‘zidan keyin keluvchilarga meros qilib 
qoldirad
i. Boshqasi o‘zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan 
qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo‘lni yoritadi va uni tushunarliroq 
qiladi. YOki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni 
to‘playdigan odam bo‘lib, u
o‘zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo‘ladi, 
takabburlik qilmaydi va o‘zi qilgan ishidan mag‘rurlanmaydi”. Mutafakkirning bu 


so‘zlarini ilk o‘rta asr davrida olimlar va tadqiqotchilar uchun umumiy deb e’lon 
qilgan axloq qoidasi (me’yori) deb qarash mu
mkin. Avvalo, buyuk olimning 
bunday axloq dasturi uning dunyoqarashini belgilab beradi. SHuning uchun 
bo‘lsa kerak, u o‘z hayotini insoniyat baxt
-
saodatiga bag‘ishlaydi.
SHarqning buyuk qomusiy olimi “

Yüklə 153,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə