Alisher navoiyning “arba’IN” asariga qisqacha sharh nilufar Mamatqulova



Yüklə 320,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix09.04.2023
ölçüsü320,34 Kb.
#104808
  1   2   3
alisher-navoiyning-arba-in-asariga-qisqacha-sharh



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 
ǀ
ISSUE 5 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 186
ALISHER NAVOIYNING “ARBA’IN” ASARIGA QISQACHA SHARH 
 
Nilufar Mamatqulova 
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar insituti O'zbek tili kafedrasi o'qituvchisi 
ANNOTATSIYA
Maqolada qirq hadisni o’zida jamlagan “Arba’in” asarining Alisher Navoiy va 
Abdurahmon Jomiy tarjimalaridagi sharhlari haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so’zlar:
hadis, tarjima sharhi, muqaddima, asar 
BRIEF OVERVIEW OF ALISHER NAVOI'S WORK "ARBA'IN" 
 
ABSTRACT 
The article discusses the comments of Alisher Navoi and Abdurahman Jami on 
the translation of Arba'in, which contains forty hadiths. 
Keywords:
hadith, translation commentary, introduction, work 
Ma’lumki, Alisher Navoiy qalamiga mansub she’riyatning barchasi “Xazoyin ul-
maoni” tarkibiga kiritilmagan. Ularning ayrimlari mustaqil asarlar sifatida taqdim 
etilgan. Ana shunday asarlardan biri “Arba’in”ni misol qilib keltirish mumkin. 
“Arba’in” yoki “Arba’in hadis”. “Qirq hadis” deb atalgan mazkur asarning yozilish 
tarixi to'g'risida Alisher Navoiyning o'zi asarning muqaddimasi hamda ustozi 
Abdurahmon Jomiy haqidagi “Xamsat ul-mutahayyirin” asarida shunday hikoya 
qiladi:
“Ul vaqtdakim (ya’ni 886-hijriy – 1481-melodiy yilda – B.V.) alar (ya’ni
Abdurahmon Jomiy – B.V.) “Arba’in hadis”ni forsiy nazm bila tarjima qilib erdilar va 
ma’hud odat bila borcha ashobdin burunroq faqirg'a iltifot qilib, musavvadasin
berdilar, chun mutolaasig'a mashg'ul bo'ldum…, hamul “Arba’in”g'a turkicha til bila 
tarjima orzusi ko'ngulga tushti. Alardin ruxsat sharafiga musharraf bo'lg'ondin so'ngra 
hamul kun ul samin javohir nazm silkiga kirdi” Demak, Alisher Navoiyning 
“Arba’in”i 886-hijriy – 1481-melodiy yilda yozilgan bo'lib, unda Rasululloh 
Muhammad (s.a.v.)ning qirqta saheh hadislari she’riy tarzda-to'rt misradan iborat qit’a 
shaklida sharh qilingan.
Hadislarni sharhlashdan kuzatilgan asosiy maqsadni Alisher Navoiy “Arba’in” 
uchun masnaviy shaklida yozilgan kirish qismida shunday bayon etgan:
Ul Rasuleki kalomi faseh,
Elga yetkurdi ham hadisi saheh.
To ulus jahldin xalos bo'lub,
Ilm xilvatgahiga xos bo'lib


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 320,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə