“
Alpomish” boshqotirmasi.
1.Boysari qizining ismi ?
2. Qaldirg’och akasi Alpomishni o’z
yori tomon otlantirib, elni qaysi tog’dan oshirganligini aytadi ?
3.Boybo’rining otasi kim ?
4.Kashal cho’llaridan birining nomi ?
5.Boybo’ri asli qayerlik edi ?
6.Alpomishga o’z yurtida qo’l bergan piri kim ?
7.Qalmoqlar hukmdori kim ?
1.Alpinbiyning otasi kim?
2.Boybo’ri bilan Boysari farzand talab qilib qaysi pirning ravzasiga boradilar ?
3.Chorvadorlar qanday atalgan ?
4.Yetti Qalmoq alplari onasining ismi kim ?
5.Hakimbek yoshligida otgan kamon o’qi qaysi tog’ning cho’qqisini yulib o’tadi ?
6.Boysarining maslahatgo’y oqsoqoli kim edi ?
7.Hakimbek singlisining ismi nima ?
“
Rabg’uziy” boshqotirmasi
1.Rabg’uziy qayerda tug’ilgan ?
2. Mumtoz adabiyotga Rabg’uziy
dastlab qaysi janrni
olib kirgan ?
3. Rabg’uziy “Qisasi Rabg’uziy” asarini kimning iltimosiga ko’ra yozgan ?
4. “Qisasi Rabg’uziy” asarida gunohkor atamasi qanday atalgan ?
5. Rabg’uziyning asl ismi kim ?
6.Malak ul-mavt bu……
7.Payg’ambarimiz jon berayotganlarida kim “Ey yumshoq to’shakda
yotmagan, ey arpa etmagin to’q yemagin” deb yig’laydi ?
8.Azroil kelganda payg’ambarimizning yonlarida kim bor edi ?
“
Xamsa” boshqotirmasi.
1.”Farhod va Shirin” dostonida Ajam hukmdori kim edi ?
2. ”Farhod va Shirin” dostonida Farhod ikkinchi manzilda nimani yengadi ?
3. ”Farhod va Shirin”
dostonida Farhodning atobegi, ya’ni tarbiyachi ustozi kim edi ?
4. ”Farhod va Shirin” dostonida uch to’siqdan o’tib, tog’dagi g’orda Farhod kim bilan uchrashadi ? 5.1188-yilda Shirvon shohlaridan kim Nizomiyga “Layli va Majnun” dostonini yozishni buyuradi?
“Boburnoma” boshqotirmasi.