Amaliy ish mavzu: Paxta tolasining nuqsonlari. Tolaning ifloslik darajasini aniqlash



Yüklə 0,5 Mb.
tarix26.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#131591
1-амалий (1)


1- AMALIY ISH

Mavzu: Paxta tolasining nuqsonlari. Tolaning ifloslik darajasini aniqlash (2-soat)



Amaliy ishning maqsadi: Paxta tolasida uchraydigan nuqsonlarni o’rganish va aniqlash.
Amaliy ish uchun kerak bo’ladigan anjomlar va materiallar: Paxta tolasi namunalari, paxta tolasi nuqsonlari etaloni, O’zDST-604-2016.

Topshiriq

  1. Paxta tolasi nuqsonlari bilan tanishib, ularning kelib chiqish sabablarini o’rganing.

  2. Nuqsonlarni tasvirlovchi ko’rgazmali qurol tayyorlang.

  3. HVI-900 SA tizimida paxta tolasi iflosligini aniqlash tartibini o’rganing.

  4. Paxta tolasining nuqsonlarini analizatorda aniqlash sinov tajribasi.

Uyda: Amaliy ish bo’yicha hisobot tayyorlang.

O’qituvchi talabalarni paxta tolasi nuqsonlari etaloni bilan tanishtirib, ularning kelib chiqish sabablarini va to’qimachilik mahsulotlari sifatiga salbiy ta`sirini izohlaydi.


Paxta tolasi iflosliklari paxtani dastlabki ishlash jarayonlarida hosil bo’ladi. Nuqsonlarning ba`zi turlari titish, tozalash va tarash jarayonlarida kelib chiqadi.
Kelib chiqish sabablariga ko’ra paxta tolasi iflosliklarini noorganiq va organiq guruhlarga ajratish mumkin. Noorganiq iflosliklarga tuproq, tosh, temir, shisha va chang misol bo’lib, ular chigitli paxtani ifloslantiradi. Organiq iflosliklarga g’o’zaning maydalangan shoxlari, barglari, chanoqlari va gullarining bo’lakchalari misol bo’ladi.
Paxta tolasining quyidagi nuqsonlari mavjud:
Kasallangan va zararlangan tolalar – g’o’za o’simligi kasallangan bo’lsa, tolada biologik nuqson (kasallangan tola), chigitli paxtaga va tolaga ishlov berish jarayonlarida esa zararlangan tola hosil bo’ladi.
Tolali po’stloq – paxtani dastlabki ishlashda chigitlarning maydalanishi natijasida, Shuningdek titish va tozalash mashinalarida ham hosil bo’ladi. Bu nuqson juda zararli bo’lib, yigirilgan ipda ham uchrashi mumkin.
O’ramlar'>O’ramlar – bo’shgina o’ralib qolgan tolalar guruhi. Bunday nuqsonlar tarash mashinasida taralganda yozilib ketishi mumkin.
Murakkab o’ramlar (jgutiklar) – bir-biriga o’ralishib qolgan tolalar guruhi (o’ramlar) bo’lib, ular ip yigirishda ancha qiyinchiliklar tug’diradi va ularning bir qismi chiqindiga ajraladi.
Murakkab nuqsonlar – chigallangan bir qancha tolalar, o’ramlar va murakkab o’ramlar to’plami.
Tugunaklar – chigallanib qolgan tolalarning kichik guruhi: paxtani dastlabki ishlashda va tozalash-tarash jarayonida hosil bo’ladi.
Maydalangan chigit (chigit bo’lakchalari) – paxtani dastlabki ishlashda hosil bo’ladi. Ular yana maydalanib, tolali po’stloqqa aylanishi mumkin.
O’lik tola (pishmagan chigit) – har hil kattalikdagi etilmagan tolali, pishmagan chigit.







O’ramlar

Murakkab o’ramlar

Kasallangan tolalar







O’lik tola

Maydalangan chigit

Iflosliklar







Tolali po’stloq

Tugunaklar

Ipdagi nuqson

2.1-rasm. Paxta tolasining nuqsonlari
HVI da paxta tolasining iflosligini o’lchash natijalari quyidagi uchta o’lchovning raqamli tasvirida ifodalanadi: Trash area, Trash count va Trash code yoki Leaf.
Trash area (iflos aralashmalar maydoni) – namuna yuzasidagi iflos aralashmalar maydonini namuna joylashgan o’lchash darchasi maydoniga foizlardagi nisbati;
Trash count (iflos aralashmalar soni) – namunadagi diametri 0,01 dyuym (0,254mm.) va undan katta bo’lgan, alohida iflos zarrachalar soni;
Trash code yoki Leaf (ifloslanganlik kodi) – iflos aralashmalar maydoniga bog’liq bo’lgan kod qiymati (10 area, misol uchun: Area=0,37% bo’lsa, Trash=4 bo’ladi).
Trash kodining qiymati klassyor tomonidan aniqlanadigan Leaf kodidan farq qiladi.
Klassyor tomonidan aniqlangan Leaf kodi va HVI da aniqlangan Trash ko’rsatkichi orasidagi taxmin qilingan o’zaro bog’lanish quyidagi jadvalda keltirilgan.
Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə